Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 191 (Parable of the Wicked Vinedressers)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)
5. Iso To'rtta Masallar Beradi (Matto 21:28 - 22:14)

b) Yovuz Bog'bonlar haqida masal (Matto 21:33-41)


MATTO 21:33-41
33 “Endi boshqa bir masalni eshiting: bir yer egasi bor ekan. U uzumzor yaratib, atrof-tevaragini panjara bilan o'rab, ichida iskanja va qo'riqchi minorasi quribdi-da, uzumzorni bog'bonlarga ijaraga tashlab, o'zi vaqtincha boshqa mamlakatga ketibdi. 34 Hosil mavsumi yaqinlashgach, o'zining mahsulini olish uchun bog'bonlarning oldiga xizmatkorlarini yuboribdi. 35 Bog'bonlar esa uning xizmatkorlarini tutishibdi va kimini urib, kimini o'ldirib, kimini esa toshbo'ron qilishibdi. 36 Bog' egasi bu gal avvalgidan ham ko'proq boshqa xizmatkorlarini yuboribdi. Bog'bonlar esa ular bilan ham shunday qilishibdi. 37 Oxirida bog' egasi: - O'g'limni hurmat etarlar, - deb ularning oldiga o'z o'g'lini yuboribdi. 38 Lekin bog'bonlar o'g'lini ko'rib, bir-biriga: - Bu merosxo'r-ku, qanu uni o'ldirib, merosiga ega bo'laylik, - deyishibdi. 39 Uni tutib, uzumzordan tashqariga chiqarib o'ldirishibdi. 40 Shunday qilib uzumzorning egasi qaytib kelganda, bu bog'bonlarni nima qilar ekan?” 41 Tinglayotganlar Isoga: “Bu yovuz odamlarni yovuzlarcha yo'q qilib, uzumzorini esa mavsumida hosilini terib turadigan boshqa bog'bonlarga ijaraga beradi”, - dedilar.
(Mark 12:1-12, Luqo 20:9-19, Ishayo 5:1-2, Matto 26:3-5, Yuhanno 1:11)

Masih barcha insoniy o'lchovidan buyukroq bo'lgan Xudoning sevgisi haqidagi masalning ma'nosi orqali dushmanlarini ogohlantirdi. Agar yer-yuzidagi uzumzor egasi hech qanday hosil olmasa, bu masaldagi uzumzor egasiga o'xshab balki sabirli bo'lolmaydi.

Biroq, Xudo ming yildan beri o'jar bo'lgan Yahudiylarga yaxshi bo'lgan. Bu yaxshilik Uning mehrining buyukligini va sabr-toqatini ko'rsatadi. Xudo doim xabarchilarini rad etib va o'ldirgan itoatsiz va ochko'z odamlarnin goldiga jo'natib turgan. Xudo ma'badni joylashtirib va uning o'rtasida sharob chiqarishdek qurbongohni joylashtirib, Muso Qonunining himoyalash devori bilan xalqini o'rab olgan. Lekin bu barcha qonunlar foydasiz bo'lib qoldi, chunki odamlarning yuraklari qotib ketgan edi va ular o'zgarishni xohlashmas edi.

Xudo ularga bo'lgan solihligida davom etdi. U haqoratlangan boshqa xizmatkorlarini ham jo'natdi. Xudo suvga cho'mdiruvchi Yahyoni ularning oldiga jo'natdi lekin ular uni boshidan judo qilishdi. U shogirdlarini Uning yo'lini tayyorlash uchun jo'natdi. Bu nafrat etiladigan va quvg'in etiladigan xizmatdagi Xudoning sabr bardoshi qanchalar ko'p. Bundan tashqari, ular o'zlarining yovuzliklarida turib olganlar. Bitta gunoh xuddi shu tarzda boshqasi uchun yo'l yaratadi. Azizlarning qonini ichganlar chanqash uchun ichuvchilikni qo'shib qo'yadi va hali ham “ber, ber” deb yig'laydi.

Oxiri, Xudo sevimli O'g'lini jo'natdi. Masih Xudoning oxirgi xabarchisi edi. Unda Xudoning O'zi buyuk solihligi orqali yovuzlar ustidan g'alaba qozonish uchun yer-yuziga keldi. Bu masalda, Masih uzumzorning egasidek Xudoning O'g'li va Uning Otasidek O'zini eslatib o'tdi. U Yahudiy vakiliga vakolatining manbasidek aniq javob berdi. Iso O'g'illigiga va Xudoning Otaligiga ularning itotlarini qatiyan izladi.

Bu masalga ko'ra, uzumzor bog'bonlarining hammasi Xudoning O'g'lini o'ldirish uchun qarorlarida do'zax ruhi orqali boshqarilishgan. Bu Xudoni va Uning izdoshlarini yo'q qilish uchun Shaytonning maqsadidir. Unda hech qanday mehr yo'q. Uning hosili faqat nafrat, umidsizlik, va yovuzlikdir.

Xudoning sevgisi bu ruhni va buning orqasidan yuradiganlarni yo'q qilishi kerak. U abadiy kechirimini taklif qilmaydi. Bugun siz yashaysiz, ertaga halok bo'lasiz. Xudoning O'g'lini rad etadigan kishi do'zaxga boradigan yo'lni tanlaydi, biroq Xudoning O'g'liga itoat qiladigan kishi va Unga sodiqlik bilan va sevgi bilan xizmat qiladigan kishi Otaning shohligiga kiradi. Hayotingizning qanday hosilini siz Masihning najodi va xochga mixlangani uchun minnatdorchiligingizni ifodalash uchun Unga olib kelasiz?

IBODAT: Samoviy Ota, biz Seni ulug'lab, Yoqubning o'g'lillari bilan bo'lgan sabr-toqating uchun va cheksiz sevging uchun Senga rahmat aytamiz. Biz ulardan bizga bo'lgan Sening yaxshiliging va mehribonchiligingni so'zini olamiz. Buyuk mehring uchun Senga rahmat aytamiz. Shu bilan birga biz odilliginga ko'ra Yahudiylardagi qattiq jazodan bir dars o'rganamiz. Ularga qarshi hukmingdan biz agar tavba qilib O'g'lingni qabul qilmasak, va Unga hayotimizning hosillarini taqdim etmasak bizni rad etishingni tushunamiz. Bizga mehribonchilik qil va biz Senga abadiy minnatdorchilik va hursandchilik bilan sajda qilganimizdek, Isoni hursandchilik va quvonch bilan qabul qilib, Unga sajda qilishimizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Siz yovuz bog'bonlarning masalidan nimani tushundingiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:00 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)