Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 192 (Parable about the Stumbling Block)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)
5. Iso To'rtta Masallar Beradi (Matto 21:28 - 22:14)

c) Qoqilish to'g'risidagi Masal (Matto 21:42-46)


MATTO 21:42-46
42 Iso ularga dedi: “Nahotki siz Zaburdagi bu so'zni hech o'qimagan bo'lsangiz? 'Binokorlar keraksiz deb tashlagan tosh naq binoning peshtoqidan joy oldi. Bu Xudovand irodasi tufaylidir, bizga esa ajoyibot timsolidir'. 43 Shuning uchun sizlarga aytamanki, Xudoning Shohligi sizdan olinib, tegishli hosilini yetishtiruvchi xalqqa beriladi. 44 Kimki bu toshga yiqilsa, parchalanib ketadi. Tosh kimning ustiga tushsa uni ezib yuboradi.” 45 Oliy ruhoniylar va farziylar Isoning masallarini tinglagan sayin, ular o'zlari haqida aytilganini payqadilar. 46 Ular Isoni qo'lga tushurishga intilayotgan bo'lsalarda, xalqdan qo'rqar edilar. Chunki xalq Isoni payg'ambar deb hisoblar edi.
(Havoriylar 4:11, 1 Butrus 2:4-8)

Uzumzor va yovuz uzumzor egalari haqidagi masalni aytib bo'lgandan keyin, Iso qoqilish haqidagi masal orqali oqsoqollarning tavba qilishi uchun chaqiruvini chuqurroq qildi. Bu qoqilish toshida uchda turli hil ma'nolar bor: bu ushlab turadigan poydevor, qattiq burchak va boshqa hamma toshlarni birga ushlab turadigan arkaning uchidagi oxirgi tosh. Ba'zan quruvchi bu butun binoning mustahkamligiga muhim deb bilib, keyinroq faqat kashf etish uchun qayta-qayta bir toshni rad etadi.'''

Shunga o'xshab, xalq oqsoqollari Masihni rad etishda davom etishdi. Lekin U haqiqatdan ham Yangi Ahdning poydevori va kuchi bilan barcha tirik toshlarni birga ushlab turadigan Xudoning ma'badidagi toj edi.

Yangi Ahdning ma'badidagi tirik tosh bo'lishdan bosh tortadigan kishi Masihga qoqiladi. Tarixning yo'lida ko'plar Masihga qoqilib qulab tushganlar. Ular sinib pachaqlanib ketganlar. Masihni qabul qilmaydigan har bir odam U orqali majaqlanib ketadi. Iso qorong'uda bo'lganlarning ustiga uyning uchidan to'satdan qulaydigan hukm toshi hamdir.

Iso Yahudiylardan Xudoning va'da etilgan shohligini olib qo'yib, buni G'ayriyahudiylarga berishini ko'rsatdi. Xalq oqsoqollari bu po'pisani eshitishganda, ular g'azablanib Isoni qo'lga olishga harakat qilishdi. Biroq, xalq Uni himoya qildi, chunki ular Uning sevgisining kuchini his qilishgandi va o'zlarini tavba qilish va ishonish uchun tayyorladilar.

Bosh ruhoniylar va Farziylar Iso ular haqida gapirganidan xabardor bo'lishdi va dedilar (41 oyat) ular o'zlarining hukmlarini o'qidilar. Ayibdor vijdonga ayiblovchi kerak emas, va ba'zan “Siz insonlar” deb aytib boshliq ishchini qutqaradi. Lotin hikmati deydi, “o'zgaring lekin nom va hikoya siz haqingizda gapiradi.” Xudoning So'zi jonli va ta'sirli, har qanday dudama qilichdan o'tkirroqdir (Ibroniylarga 4:12). Bu tufayli, gunohkor vijdoni o'zi haqida gapiradigan narsani o'ylash uchun butunlay og'rimasligi u uchun ossondir.

IBODAT: Samoviy Ota, bizning itoatsizligimizni va doimiy ravishdagi g'alayonlarimizni kechirgin, chunki biz yovuz ajdoddan tug'ilganmiz va Sening pok sevgingning hosilini taqdim etmaganmiz. Biz hasad va nafratdan yiroq bo'lib, sevgingni rad etish bilan va kutilmaganda qaytib kelganingda majag'lanib ketmasligimiz uchun doimo hursandchilik bilan Senga xizmat qilish uchun Sevgingning Ruhiga to'lishimiz uchun bizni yengib o'zgartirgin.

SAVOL:

  1. Siz peshtoq toshi haqidagi mataldan qanday idroklarga yoki talablarga erishdingiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:01 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)