Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba
Previous Lesson -- Next Lesson MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)
5. Iso To'rtta Masallar Beradi (Matto 21:28 - 22:14)
b) Yovuz Bog'bonlar haqida masal (Matto 21:33-41)MATTO 21:33-41 Masih barcha insoniy o'lchovidan buyukroq bo'lgan Xudoning sevgisi haqidagi masalning ma'nosi orqali dushmanlarini ogohlantirdi. Agar yer-yuzidagi uzumzor egasi hech qanday hosil olmasa, bu masaldagi uzumzor egasiga o'xshab balki sabirli bo'lolmaydi. Biroq, Xudo ming yildan beri o'jar bo'lgan Yahudiylarga yaxshi bo'lgan. Bu yaxshilik Uning mehrining buyukligini va sabr-toqatini ko'rsatadi. Xudo doim xabarchilarini rad etib va o'ldirgan itoatsiz va ochko'z odamlarnin goldiga jo'natib turgan. Xudo ma'badni joylashtirib va uning o'rtasida sharob chiqarishdek qurbongohni joylashtirib, Muso Qonunining himoyalash devori bilan xalqini o'rab olgan. Lekin bu barcha qonunlar foydasiz bo'lib qoldi, chunki odamlarning yuraklari qotib ketgan edi va ular o'zgarishni xohlashmas edi. Xudo ularga bo'lgan solihligida davom etdi. U haqoratlangan boshqa xizmatkorlarini ham jo'natdi. Xudo suvga cho'mdiruvchi Yahyoni ularning oldiga jo'natdi lekin ular uni boshidan judo qilishdi. U shogirdlarini Uning yo'lini tayyorlash uchun jo'natdi. Bu nafrat etiladigan va quvg'in etiladigan xizmatdagi Xudoning sabr bardoshi qanchalar ko'p. Bundan tashqari, ular o'zlarining yovuzliklarida turib olganlar. Bitta gunoh xuddi shu tarzda boshqasi uchun yo'l yaratadi. Azizlarning qonini ichganlar chanqash uchun ichuvchilikni qo'shib qo'yadi va hali ham “ber, ber” deb yig'laydi. Oxiri, Xudo sevimli O'g'lini jo'natdi. Masih Xudoning oxirgi xabarchisi edi. Unda Xudoning O'zi buyuk solihligi orqali yovuzlar ustidan g'alaba qozonish uchun yer-yuziga keldi. Bu masalda, Masih uzumzorning egasidek Xudoning O'g'li va Uning Otasidek O'zini eslatib o'tdi. U Yahudiy vakiliga vakolatining manbasidek aniq javob berdi. Iso O'g'illigiga va Xudoning Otaligiga ularning itotlarini qatiyan izladi. Bu masalga ko'ra, uzumzor bog'bonlarining hammasi Xudoning O'g'lini o'ldirish uchun qarorlarida do'zax ruhi orqali boshqarilishgan. Bu Xudoni va Uning izdoshlarini yo'q qilish uchun Shaytonning maqsadidir. Unda hech qanday mehr yo'q. Uning hosili faqat nafrat, umidsizlik, va yovuzlikdir. Xudoning sevgisi bu ruhni va buning orqasidan yuradiganlarni yo'q qilishi kerak. U abadiy kechirimini taklif qilmaydi. Bugun siz yashaysiz, ertaga halok bo'lasiz. Xudoning O'g'lini rad etadigan kishi do'zaxga boradigan yo'lni tanlaydi, biroq Xudoning O'g'liga itoat qiladigan kishi va Unga sodiqlik bilan va sevgi bilan xizmat qiladigan kishi Otaning shohligiga kiradi. Hayotingizning qanday hosilini siz Masihning najodi va xochga mixlangani uchun minnatdorchiligingizni ifodalash uchun Unga olib kelasiz? IBODAT: Samoviy Ota, biz Seni ulug'lab, Yoqubning o'g'lillari bilan bo'lgan sabr-toqating uchun va cheksiz sevging uchun Senga rahmat aytamiz. Biz ulardan bizga bo'lgan Sening yaxshiliging va mehribonchiligingni so'zini olamiz. Buyuk mehring uchun Senga rahmat aytamiz. Shu bilan birga biz odilliginga ko'ra Yahudiylardagi qattiq jazodan bir dars o'rganamiz. Ularga qarshi hukmingdan biz agar tavba qilib O'g'lingni qabul qilmasak, va Unga hayotimizning hosillarini taqdim etmasak bizni rad etishingni tushunamiz. Bizga mehribonchilik qil va biz Senga abadiy minnatdorchilik va hursandchilik bilan sajda qilganimizdek, Isoni hursandchilik va quvonch bilan qabul qilib, Unga sajda qilishimizga yordam ber. SAVOL:
|