Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 190 (Parable of the Two Sons)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
A - MA'BADDAGI TORTISHUV (Matto 21:1 - 22:46)
5. Iso To'rtta Masallar Beradi (Matto 21:28 - 22:14)

a) Ikki O'g'il haqida Masal (Matto 21:28-32)


MATTO 21:28-32
28 “Sizlarning fikringiz qanday? Bir odamning ikki o'g'li bor ekan. U birinchisiga kelib: - O'g'lim, bugun borib uzumzorimizda ishla, - debdi. 29 Ammo u: - Istamayman! - deb so'z qaytaribdi. Keyin pushaymon bo'lib, boribdi. 30 U odam ikkinchi o'g'liga kelib, yana shunday debdi. Bunisi javob berib: - Xo'p xo'jayin, boraman, - debdi-yu, lekin bormabdi. 31 Ikkovidan qaysi biri otasining xohishini bajo keltirgan bo'ladi?” Isoga: “Birinchisi”, - dedilar. U ularga: “Sizlarga chinini aytayin, - dedi. - Sayoqlaru fohishalar Xudoning Shohligiga sizlardan oldin erishmoqdalar. 32 Chunki Yahyo payg'ambar sizning oldingizga to'g'ri yo'lni o'rgatib keldi va sizlar unga ishonmadingizlar, sayoqlar va fohishalar esa ishondi. Sizlar-chi, buni ko'rgandan keyin ham pushaymon qilmadingiz, ishonmadingiz”.
(Matto 7:21, Luqo 7:29, 18:9-14)

Xudo va insonzod o'rtasidagi farqlardan qat'iy nazar, ota o'g'lini sevgani kabi U ularni sevadi. Samoviy Ota yaxshi farzand va yomon farzandni o'rtasidan ajratmaydi, balki U ikkalasiga ham sevisining shohligiga kirish uchun imkoniyatni taqdim etadi. Xudo sizni Unga qaytishingizga va qutqaradigan O'g'liga ishonishingizga chaqiradi. Siz nima qilasiz? Agar Galgotada hech narsa sodir bo'lmagan bo'lsa yuzaki Masihdagi najodni qabul qilib gunoh qilishda davom etasizmi? “Ha!” deb aytgan lekin buni qilmagan mataldagi ikkinchi o'g'ilga o'xshab harakat qilasizmi?

Matalning birinchi maqsadi qanday qilib gunohkorlar va fohishalar chaqiriqqa javob berib, suvga cho'mdiruvchi Yahyoning qoidalariga bo'ysunganlarini ko'rsatishdir. Masihni kutgan va Uni qabul qilishga tayyor bo'lib tuyilgan ruhoniylar va oqsoqollar Yahyoni haqoratlab, uning xizmatiga qarshi chiqdilar. Lekin bu masalda bir talab bor. G'ayriyahudiylar hatto Titus 3:3-4 da katta o'g'ilga o'xshab uzoq vaqt itoatkorsiz farzandlar bo'lganlari bilan, ularga xushxabar voizlik qilinganda ular imonga bo'ysundilar. Bir tomondan, Yahudiylar degan, “Ho'jayin, boraman” deb juda ko'p va'da berishgan (Chiqish 24:7, Yoshua 24:24); lekin borishmagan. Ular faqat og'izlarida Xudoga tilyog'lamalik qilishgan (Zabur 78:36).

Siz Xudoning inoyatini rad etgan birinchi o'g'ilga o'xshaysizmi? Chunki u Xudoning xizmatida mehnat qilishdan va ishni sevuvchidan ko'ra qiynalmaslikni sevuvchi va dangasa edi. U balki Xudoning sevgisining chaqiruviga qarshi yuragini tosh qilib olganidan achingandir va ortiga qaytib, tavba qilib, Xudoning otaligiga minnatdorchilikda amaliy xizmatni boshlagan bo'lishi mumkin. Ulardan qaysi biri yaxshiroq? Biri “ha” deb aytdi lekin bormadi, yoki boshqasi “yo'q” deb aytdi lekin yuragida bo'ysundi? Masihni yuzaki qabul qilib Uning sevgi amrini bajarmaydigan ikkiyuzlamachilarning holiga voy. Ular taqiqlash va majburyatlar haqida ko'p gapirishadi va xudojo'ylikning hosillarini yetishtirishmaydi. Fohisha va o'g'irilar tavba qilishi xudojo'ylikni va solihlikni da'vo qiladigan kishidan ko'ra yaxshiroqdir chunki haqiqatdan ham bu gunohkolarga mag'rurlik va nafratdir; uning gunohi bahtsizligining ko'z yoshlar bilan to'lgan ko'zlar bilan Injilni o'qiydigan mahbus bo'lgan jinoyatchidan ko'ra buyukroqdir.

Masih Yahudiylarni rad etmadi. Chunki U ularni sevadi, ularga Uning oldiga qaytib kelishlari uchun imkoniyat berdi. Ular kengashlarida Isoni o'limga hukm qilmadilar, Iso ularni fikrlarini o'zgartirishga, ishonishga va najodni qabul qilishga taklif qildi. Masihning sevgisi hech qachon tugamaydi. Yovuzlik bilan birga solih bo'lib tuyulganlarga bu taqdim etiladi. Qanday ajoyib! Solih bo'lib tuyulganlar tavba qilmaydi, biroq yovuzlar Xudoga qaytadi.

IBODAT: Ota, men Senga rahmat aytaman chunki Sen mening Otamsan, chunki Sen farzandingdek meni qabul qilding. Mening itoatsizligimni, dangasaligimni va ikkiyuzlamachiligimni kechirgin va hayotim davomida Senga xizmat qilishim uchun va hursandchilik bilan haqiqatdan ham Senga sajda qilishim va xizmatim uchun meni moylagin. Shohligingga chaqirganlar bilan birga pulimni va kuchimni qurbon qilib, Sen uchun qattiq ishlashni istayman. Sevging uchun minnatdorchiligimni izxor etishni xohlayman.

SAVOL:

  1. Isoning masalidagi birinchi o'g'il nima uchun ukasidan yaxshiroq edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 07:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)