Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 171 (Order of True Marriage)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 3 - ISONING QUDDUSGA BO'LGAN SAFARI MOBAYNIDA IORDAN VODIYSIDAGI XIZMATI (Matto 19:1 - 20:34)

1. Haqiqiy Turmushning Buyrug'i (Matto 19:1-6)


MATTO 19:1-6
1 Iso bu so'zlarni aytib bo'lgach, Jalilani tark etib, Yahudiya hududiga, O'rdun daryosining nargi tomoniga keldi. 2 Tumonat xaloyiq Uning ketidan ergashib yurdi. Iso u yerda hastalarga shifo berdi. 3 Isoni sinash niyyatidagi ba'zi farziylar Uning oldiga kelib: - Erkak har qanday sababga ko'ra o'z xotinidan ajralish mumkinmi? - degan savolni berdilar. 4 Iso ularga javoban: - Tavrotda o'qimagansizlarmi? - dedi. - Parvardigor boshdanoq odamlarni erkak va ayol qilib yaratdi 5 va dedi: “Er kishi ota-onasini qoldirib, o'z xotiniga yopishib qoladi va ikkovi bir tan bo'ladi”. 6 Shunga ko'ra ular endi ikki emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo'shganini bandasi ajratmasin.
(Ibtido 1:27, Mark 10:1-12, 1 Korinfiliklarga 7:10-11)

Jamoatdagi mag’rurlik va dushmanlikni masalasidan keyin Iso nikoh tartibini muhokama qildi. Biz Masihiylar uchun agar ikkalasi ham Masihda bo’lsa, nikoh doimiy marhamat man’basidir. Masihiy erkak va ayol na pulga, na obro’ga, yoki go’zallikka, yoki xavfsizlikka, yoki qarindoshlarning roziligiga qarab emas, Xudoning ko’rsatmasiga binoan turmush quradilar. Ular Muqaddas Ruhda boshqaruvida birlashib shakllanadilar va birgalikda ibodat qiloladilar. Ular samodagidek birgalikda baxtli yashaydilar, chunki Xudoning sevgisi ko’p marhamatlar bilan ularga javob bergan.

Xudo ko’p nikohlilikni maqsad qilmagan, aksincha bir erkakka bitta ayolni yaratgan. Bir nikohlilik yurak birligini bildiradi. Sevgini qismlarga bo’lish mumkin emas. Agar erkak bir necha ayolni sevsa va uylansa u yerda na birlik, na tinchlik bo’lmaydi.

Biz Xudoning do’sti Ibrohimni birinchi xotinga qo’shimcha qilib uylanganda baxtsiz bo’lib yashagani misolini bilamiz. Buning natijasida xafagarchilik, yolg’on, qiyinchilik va ko’z yosh ko’payadi.

Garchi Musoning Qonuni to’g’ri sababga ko’ra ajirashishga ruxsat berishi to’g’risida farziylar orasida tortushuv bo’ldi. Ular Masih bu to’g’rida nima deyishini bilmoqchi bo’ldilar. Nikoh shartlari ko’p, ba’zida chalkash va qiyin bo’lgan. Ular Xudo qonunidan emas, balki insonlarlarning shaxvoniy xirs va axmoqligidan tashkil topgan. Ko’pincha odamlar nima qilishlari kerak bo’lishini so’rashdan oldin bu sabablarda qaror qiladilar.

“Erkak har qanday sababga kora o’z xotinidan ajiralishi mumkinmi?” – deyilgan savol bo’ldi. Zinoda ajiralish kafolatlangan. U har qanday sababga ko’ra o’zini tutaolmaydigan odamlar orqali bajarilsa ham maylimi? Har qanday sababga ko’ra inson o’ylagan, hatto sevgisiz yoki rohatsizlikka asoslangan yengiltaklik uchun kechirim bo’ladimi? Bu, qachon: “kishi uylansa-yu keyinchalik xotinidan birorta uyatli qiliq topib, uni yoqtirmay qolsa” (Qonunlar 24:1) – sababda ruxsat berilgan. Bu ular ajirashish uchun har qanday hato garchi sababsiz, asoslarni keng topib sharxlaganlar.

Savol Masihni sinash uchun berilgan edi, lekin U vijdon sababiga va jiddiylik bilan bu savolga to’liq javob berdi. Ularga bergan Uning javobida Iso ular o’sha paytda ishlatyotgan, qonunniylikni bildirmayotgan tasodifiy, erkin ajirashishlarni tasdiqlovchi qoidani tuzdi.

Erkak va ayol orasidagi kuchli rishta isbotlash uchun Masih uch xohishni aytadi:

Muqaddas Yozuvda Odam Ato va Momo Havoning yaralishiga tegishli bilim. “O’qimaganmisizlar?” O’qigansizlar (lekin anglamagansizlar) “Azalda Yaratguvchi odamlarni ‘erkagu ayol’ qilib yaratdi”(Ibtido 1:27; 5:2). Xudo ularni erka va ayol qilib yaratdi; bitta ayolga bitta erkakni yaratdi, shunday qilib u yerda uylanish uchun boshqasi yo’q bo’lgani uchun Odam Ato xotini bilan ajirashib boshqasiga uylana olmas edi. Bu ular orasidagi ajiratib bo’lmaydigan birlik yaqinligidaydir. Momo Havo Odam Atoning qovurg’asidan bo’lgani uchun uni tashlab ketmasdi. Momo Havo yaralganida Odam Atoning qismi, “uning tanasining tanasi” edi.

Nikoh qonunini asosi “Er kishi ota-onasini qoldirib, o’z xotiniga yopishib qoladi va ikkovi bir tan bo’ladi”. Er va xotin orasidagi munosabat ota-ona va bolalar munosabatidan yaqinroq turadi. Endi, agar ota-ona va farzand munosabati oson buzilganda, ko’p nikoh saqlanib qolgan bo’lar edi. Har bir farzand ota-onasini qoldirsin yoki ota-onalar bolalarini har qanday sababga ko’ra qoldirsinmi? Yo’q also. Er xotinini olib chiqib ketsin, chunki ular orasidagi munosabat ota-ona va bolalar munosabatidan yaqinroq va kuchliroqdir. Ota-ona va farzand munosabati erkak ota-onasini qoldirib xotiniga yopishib qolganda nikoh munosabatiga aylanadi.

Nikohning tabiati ikki odamning bir bo’lishidir, “ikkovi bir tan bo’ladi”. Erkakning bolalari uning qismidir, lekin xotini uning o’zidir. Er-xotinlik birligi ota-ona va farzandlar birligidan yaqinroqdir, shu asnoda bir a’zo va ikkinchisi orasidagi tabiiy tanada tenglashishidir. Mana nimaga shu sababga ko’ra erlar xotinlarini sevishlari kerak, “Hech kim hech vaqt o’z tanasini yomon ko’rmagan” yoki kesmaydi, “aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi”. (Efisliklarga 5:29). U qo’lidan keladigan hamm narsani qiladi. “Xudo sizlarni bir tan bir jon qilganku!”, shuning uchun Xudo bitta Odam Ato uchun yaratgan bitta Momo Havo bo’lishi kerak (Malaki 2:15). Bundan kelib chiqib U shunday hulosa qiladi, “Xudo qo’shganini bandasi ajiratmasin”.

Agar siz hali oila qurmagan bo’lsangiz, Xudodan Masihga ishongan, sizni ikkilanmay va uzoq sabrliligi bilan olib yuradigan kunlik kuchini Muqaddas Kitobdan topuvchi, Xudoni ulug’lovchi bosiq va kamtar, insonga ko’rsatishini so’rang. Masihga imonda birlashish hayotdagi muammolardan g’alaba qozonuvchi mustaxkam oila deganidir.

Qiz o’zini vasvasalar va jinsiy aloqalar bilan shug’ullansam erga tegishni tezlashtiraman deb o’ylamasligi kerak. Bu nato’g’ri fikr. Biz shunday holatlarni Masihiylar orasida ham uchratishimiz achinarlidir. Qiz Masih jamoatni sevganidek uni sevadigan erni Xudodan so’rashi kerak. Agar bu holatlar amalga oshsa, Xudo nigohda tana munosabatlaridan yuqoriroq va yaxshiroq birlikni beradi.

Biz o’z shaxvoniy xirslarimizni qondirish uchun emas, balka bir-birimizga xizmat qilish uchun turmush quramiz. Nikoh ahdida er-xotinda Xudo sevgisini yaratadigan ikki tomonlama kichirim bo’lishi kerak. Bu baxtli oilaning siridir. Birinchi o’zini achchig’ini engan, boshqasidan qovog’ini solib emas, mehr bilan kechirim so’ragani nikohning eng kuchli a’zosidir.

Sevgi kuchsizlikni bildirmaydi. Agar bir tomon adashsa, dangasalik qilsa, ko’p sarflasa, bolalarga yomon munosabatda bo’lib qo’pollik qilsa, boshqasi u uchun sabr bilan ibodat qilsin va hato qilayotganning oldida haqiqatni kamtarlik bilan ko’rsatsin. Maihning: “Sizlar avvalo Xudoning Shohligi va Uning solihligi payida bo’linglar, shunda bularning hammasi sizga beriladi” (Matto 6:33) – deb aytgan so’zlari er-xotinga va ularning maqsadlariga eslatma bo’ladi.

IBODAT: Samoviy Otamiz, biz Muqaddas Ruhing boshqaruvidagi nikoh sobg’asiga minnatdormiz. Sen nopoklikdan haqiqatdagi ruhiy va tanaviy birlik darajasiga ko’tarding, toki biz muqaddaslikda bir-birimizni sodiqlik bilan sevib, xizmat qilib va bir-birimizga ishonib yashaymiz. Iltimos Masihiy oilalari Sening sevging va dunyo qorong’uligida porlab turadigan nur bo’la olishi uchun guvohlik bergin.

SAVOL:

  1. Masihiy nikohida muhim qoida qaysi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:25 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)