Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 172 (Sin of Divorce)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 3 - ISONING QUDDUSGA BO'LGAN SAFARI MOBAYNIDA IORDAN VODIYSIDAGI XIZMATI (Matto 19:1 - 20:34)

2. Ajralish Gunoh (Matto 19:7-9)


MATTO 19:7-9
7 Ular Isoga: - Unday bo'lsa, Muso nima uchun: “Erkak xotini bilan ajralsa, taloq hatini yozib bersin”, deb amr etganlar? - deyishdi. 8 U ularga dedi: - Bag'ri tosh odamlar bo'lganingiz uchun Muso sizlarga xotinlaringiz bilan ajralishga ijozat bergan. Lekin boshdan bunday emas edi. 9 Men sizlarga shuni aytayin: kim bevofolikdan boshqa sabab tufayli xotinidan ajralib o'zgaga uylansa zino qilgan bo'ladi. Shuningdek, eridan ajralgan xotinga uylangan ham zino qilgan bo'ladi.
(Matto 5:31-32, Luqo 16:18)

Nikoh bu sevimli yoki qiziqarli mashg’ulot emas. U ilohiy buyruq va hayot himoyasi uchun buyuk javobgarlikdir. Qayda bo’lmasin haqiqiy nikoh fikri odamlar orasida buziladi, bo’yida bo’lib qolishdan saqlovchi vositalar orqali munosabatlarni buzilishiga eshiklar ochiladi va natijada uyat va gunoh kiradi. Yaratguvchining qoidasini va qonunlarini buzgan kim bo’lmasin albatta Xudo jazosiga erishishiga bu eslatma bo’lishi kerak.

Bugun biz hamma insonlarda ahloq-odobi bo’lganiday uyatli ximoya qilinmagan va ochiq kinolar, kitoblar va reklamalarni ko’ramiz. Bir necha yillar oldin ko’p odamlar uyatsiz rasmlar va pornografik kinolarni ko’rishga uyalar edilar. Bugun, rivojlanish va taraqqiyot yomon va ahloqsiz narsalar bilan bog’liq bo’lganidek u qaloq va rivojlanmay qolgan kinolarni tasvirlovchi shunday kinolarni ko’rmaydi. Shuning uchun ko’p odamlar bir piyola sovuq suv ichayotgandek shu gunohni qilyabdilar. Iso izdoshlarini shu narsalarda yiqilganini ko’rmaydi deb o’ylaysizlarmi?

Agar fahrli nikoh yo’q bo’lsa, oila shuhrati va qadri tushsa va ishonchsizlik turmush qurganlar o’rtasida tarqalsa, kim hayron bo’lmaydi. Er va xotin o’zlarini-nazorat qilish, bo’ysunish va qoniqishda mashq qilmaydilar, chunki zamonaviy hayot ularni ahloqsizlik, mag’rurlik va g’amho’rsizlikka yetaklayabdi. Aslida Masih turmushning markazi va o’rtasi emas, tartibsizlik va janjal, iflos ayblovlar, g’alayon va jarohatlar boshqaradi. Garchi Masihning qarori bunday bo’lmasa ham, ajirashish er va xotinga qaror bo’ladi.

Ajrashish qanchalik achchiq! Yurak birligini bo’lgani uchun. Ajrashish bolalarni inlarini buzadi. Bolalar o’zlaridagi yomon yoqtirmaslik sevgisi uchun ko’pincha o’ziga past baholash umidsiz va jinoyatchi bo’ladilar. Ajiralganlar faqatgina o’zi uchun gunoh qilmaydi, balki bolalari va jamiyat uchun ham zarar keltiradi. Ular o’zidan kechishni o’rganmaganlar va hayot sog’lom hayot tarzi emasligini bilmaydilar.

Eski Ahdda agar erkak va ayol zinoda ushlab olinsa toshbo’ron qilinishi buyurilgan (Qonunlar 22:22). Zino qilgani uchun toshbo’ron qilib o’ldirilganning turmush o’rtog’i yana turmushga chiqishga huquqi bor edi; zino uchun o’lganning turmush o’rtog’iga, yana qayta turmushga chiqish qonuniy sanalar edi.

Lekin Muso, Xudoning O’zi xalqining qaysarligi uchun Xudo bermagan kelishuvni berdi (Qonunlar 24:1): ‘Agar biror kishi uylansa-yu keyinchalik xotinidan birorta uyatli qiliq topib, uni yoqtirmay qolsa, uning qo’liga taloq xati yozib berib, uyidan chiqarib yuborishi mumkin’- deyilgan. Bu qoidadan, ba’zi qo’lyozmalar o’ta darajadagi hukmlar Iso davrigacha rivojlandi va erga ayolidan xohlagan sababga ko’ra ajirashish huquqini berdi.

Iso bu ajiralishga qarshi bo’ldi va har qanday nato’g’ri g’oyalardan nikohni asrab avaylashlarini buyurdi va ajiralishni taqiqladi. Iso asosiy qoida bo’lib qaytib keldi. Nikohni Xudo yaratilishning boshidan muqaddasladi va yaxshi qildi va foydali qildi. Xudoning sevgisi muqaddasdir va nikohni himoyalaydi. Shuning uchun turmush faqatgina rohat emas, balki doimiy inoyat ahdi bo’lgani uchun har bir yigit va qiz turmush qurishdan oldin turmushning mohiyatini o’rganishi kerak.

Masihiy hech qachon xotini bilan ajiralmasligi kerak, chunki u Xudo boshqaruvi ostida uylandi va xotini bilan Muqaddas Ruh kuchida yashaydi. Xudoning kechirimi nikohdagi kechirimga tayyorgarlikni yaratadi va quvonch va minnatdorchilik bilan sabr qilishni va chidashni unga taklif qiladi. Biz Xudoni nikoh qonunini bergani uchun ulug’laymiz toki Uning Ruhida oilamizni muqaddaslaydi shu asnoda Xudo buzuq dunyo o’rtasida samo muhitini shunday oilalarda yaratadi.

Davrimizdagi olimlar bizni aholini o'sishi butun insoniyatga katta falokat tahdidiga solayotgani haqida ogohlantiryabdilar. Bunday qo’rqinchli ogohlantirishga bizning javobimiz shunday: agar har bir erkak faqat bitta ayolga uylansa va o'sishga nisbatan o’zlarini nazorat qilsalar, farzandlarini Masihning sevgisida tarbiyalasalar, hamma odamlar tinchlik va bir-birlarini tushungan holda yashar edilar. Lekin agar Masihiy davlatlarida o’zini-nazorat qilishni amalda qo’llasalar va bola ko’rishni chegaralasalar dunyo ortiqcha ko’payganlar tomonidan boshqa dinlar tomonidan boshqariladi.

IBODAT: Samoviy Ota, nikoh javobgarligi va Sening sevging turmush qurishni taklif qilgani uchun Seni ulug’laymiz. Biz Sening qoidalaringga itoatsizligimiz uchun Sening kechirimingni so’raymiz, nima bo’lganda ham ikki tomonlama sevgi va butun dunyoda er va xotin o’rtasidagi xurmatda Sening kuchingni so’raymiz. Zamonaviy hayotimizdagi nopok reklamalar va yomon vasvasalar uchun kechirim so’raymiz. Biz xalqimizning tavbasini qidiramiz, toki ular Xudodan qo’rqishda va Muqaddas Ruh muqaddasligida poklik va sadoqatlikni o’rgansinlar.

SAVOL:

  1. Iso ajrashish to’g’risida nima degan?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 06, 2013, at 11:25 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)