Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 170 (Parable of the Unforgiving Servant)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
D - IMONSIZ YAHUDIYLAR VA ULARNING ISOGA BO'LGAN HASISLIGI (Matto 11:2 - 18:35)
4. XUDO SHOHLIGINING AMALIY QOIDALARI (Matto 18:1-35) -- MASIH SO'ZINING TO'RTINCHI YIG'INDISI

e) Kechirimsiz Xizmatkor haqida Masal (Matto 18:23-35)


MATTO 18:28-35
28 U banda esa tashqariga chiqib, o'zidan yuz kumush tanga qarzdor bo'lgan bir sherigini uchratib, uni ushlab olibdi-da: - Mendan olgan qarzingni qaytar! - deb bo'g'a boshlabdi. 29 Sherigi esa uning oyoqlariga yiqilib: - Sabr qil, men senga hammasini to'layman, - deb yolvoribdi. 30 Biroq u bunga ko'nmabdi, borib, qarzini to'lamagunicha sherigini zindonga qamatib qo'yibdi. 31 Uning sheriklari bu voqeani ko'rib, juda hafa bo'lishibdi. 32 Shunda podshoh bandasini oldiga chaqirib: - Ey yovuz banda! - debdi. - Menga yolvorganing uchun, men sening barcha qarzingdan kechdim. 33 Men senga rahm qilganimday, sen ham sherigingga rahm qilsang bo'lmasmidi? 34 G'azablangan podshoh hamma qarzini to'lamagunicha bandasini azob beruvchilarning qo'liga topshiribdi. 35 Shuningdek, agar sizlarning har biringiz o'z birodaringizning gunohini chin ko'ngildan kechirmasangiz, Mening samoviy Otam ham sizlarga xuddi shu yo'lni tutadi”.
(Matto 5:26; 6:14-15, Luqo 6:36, Yoqub 2:13, 1 Yuhanno 4:11)

Bir marta Muqaddas Ruhdan ikkinchi bor tug’ilganingizdek Xudo sizni hamma gunohlaringizni kechirishga imkon berdi. Bu kechirim hayotingizni har bir daqiqasida Rabbiyning mehrida yashashga imkon beradi. Isoning qoni siz uchun shahodat qiladi va ichingizdan tozalaydi. Galgo’ta xochidan inoyat, poklanish va oqlanish dengizi oqadi. Uning inoyat daryosisiz xech bir odam Xudo xuzurida ximoya ostida yasholmaydi.

Siz boshqa odamlarga bo’lgan munosabatingizda qanchalik Xudoning buyuk sevgisiga xurmat bilan javob berasiz? Siz hamma odamlarni Xudo sizni sevganidek sevasizmi? Xudo sizni gunohlaringizni kechirganidek va eslatmasidan o’chirvorganidek siz ham dushmaningizni kechirasizmi va gunohini esingizdan chiqarasizmi? Yoki dushmaningizdan shavqatsizlarcha va majburan o’z huquqqingizni kuchli tarzda talab qilasizmi?

Dushmaningiz sizni so’z bilan yoki harakatlar bilan yoki sizga xurmatsizlik qilib, haqoratlab, shavqatsizlik qilib va ezib jarohatlagandir. Agar siz qasd qilmoqchi bo’lsangiz do’zahga yuqilasiz. Agar sizni Xudo Uning ilohiy huquqiga asoslanib hukm qilganda sizga muammo qilgan bir yoki ikki odamning gunohidan million marta ko’proq aybdor bo’lar edingiz. Agar siz uni o’zingizning huquqingiz bo’yicha hukm qilsangiz, siz qulaysiz va halok bo’lasiz chunki siz rahm-shafqatni rad qildingiz.

Bizning Xudo sevgidir. Bu Yangi Ahdning siridir. Kim bu ilohiy sevgini rad qilsa Xudoning adolatli jazosiga va Uning gazabli hukmiga yiqiladi. Agar siz qattiq yuragingizni o’zgarishi uchun Xudoning sevgisiga imkon bermasangiz, dushmaningizni sevmay, aksincha yanada qattiq turib olib va o’z huquqingiz uchun uni hukm qilsangiz, siz o’zingizni Xudoga kelish imtiyozidan mahrum qilasiz. Uni hafa qilganlarni kechirmaydiganlarni holiga voy, chunki Xudo uni kichirimsizligini kechirmaydi. Har bir kechirim qadirsiz bo’lishdan oldin hisobga olinadi va kechirim bermaganga u, do’zah jazosiga sabab bo’ladi.

Xudo sizning tosh va yovuz yuragingizni o’zgartirishni xohlaydi. Siz birodaringiz bilan yarashishga tayyor bo’lishingizni taklif qiladi. Dushmaningiz oldiga tez qayting va u bilan yarashing. U uchun va oilasi uchun ibodat qiling, uni yaqin do’stingizdek seving, xizmat qiling va Xudoning sevgisi yomonlikka yo’l qo’ymasligi uchun uni ibodatlaringizda marhamatlang. Dushmaningiz hatto sizni masxaralasa ham siz uni seving. Balki u Xudoni bilmasdir. Lekin sizga Xudoning sevgisi tekkan va siz qasdni unitib, yuragingizdagi achchiqlanishdan g’alaba qozona olishingiz uchun siznio’zgartirgan. Rabbingizning kuchi bilan siz eng yomon dushmaningizni ham seva olasiz va uni faqatgina bir yoki ikki yoki etti marta emas, balki Xudo sizni cheksiz kechirganidek kechirasiz.

Agar biz birodarimizni samimiy kechirmasak, bizning kechirimimiz kuchsiz bo’lib qoniqarsiz bo’ladi. Xudo yurakka qaraydi. Birorta odam yuragida na yomonlik, na hasad, na jahl qolmasligi kerak. Qasd uchun qasos tinchlik saqlash uchun undan keyin qidirilmasligi yoki rejalashtirilmasligi kerak. Nima bo’lishidan qat’iy nazar sizga yomonlik qilganlar uchun samimiy ibodat qiling va ularni foydasini o’ylang.

IBODAT: O Qudratli Ota, mening shoshilmasdan xarakat qiladigan yuragimni va sekin ishlaydigan ongimni kechir. Mening xohishimdagi qattiqlikni eritib yubor va dushmanlarimni ayblarini kechirishim uchun va ularni ikkiyuzlamachiliksiz sevishim uchun fikirlarimni o’zgartir. Bizga yomonlik qilganlarni hammasini marhamatla va asra. Ularni Muqaddas Ruhing bilan to’ldir, bizning davlatda yarashish ruhini yarat va Sening kuching va donoligingda seva olishimiz mumkin bo’lgan har bir odamning ongini o’zgartir.

SAVOL:

  1. Nimaga biz dushmanlarimizni sevishimiz kerak?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on June 24, 2023, at 03:52 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)