Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 063 (The Lord’s Prayer)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
A - TOG'DAGI VA'Z: OSMON SHOHLIGINING QOIDALARI (MATTO 5:1 – 7:27) -- Iso So'zlarining Birinchi To'plami
2. XUDO OLDIDAGI BURCHLARIMIZ (Matto 6:1-18)

c) Rabbiyning Ibodati (Matto 6:9-13)


Shogirdlar qanday qilib Xudoga ibodat qilishni bilmasliklarini tan oldilar. Muqaddas Ruh hali ularning yuraklariga tushmagan edi, shuning uchun ular to'g'ri ibodatning asosiy shaklini qidirib Isoning oldiga yaqinlashdilar. Iso ularga mehr ko'rsatib, ular bilan buyuk ibodatini bo'lishdi.

MATTO 6:9
9 Sizlar esa bunday ibodat qilinglar: Bizning osmondagi Otamiz! Sening muqaddas isming ulug'lansin.
(Hizqiyo 36:23; Luqo 11:2-4)

Masih bizga Xudoga Xudodek murojat qilishni o'rgatmadi yoki Uni Olamning Uztozi, Qudratli Rabbiy, yoki Qudratli Mehribon deb atamadi. Hamma bu nomlar boshqa dinlarda topiladi. U bizga “Bizning Otamiz” degan bir so'zda Yangi Ahdning boyligini jamlaydigan yagona Xudo ismini o'rgatgan. Biz Xudoni “bizning Otamiz” deb chaqirishga noloyiqmiz va biz Unga to'g'ri yaqinlasholmaymiz. Lekin Masih osmondan tushib, Muqaddas Ruhdan tug'ildi. U bizni O'zining mahsus imtiyozida sheriklar qildi, va O'zining shaxsiy huquqlariga bizni kirgizdi va biz asranish orqali va ruhan tug'ilish orqali Xudoning qonuniy bolalari bo'lishga loyiq bo'lishimiz uchun gunohlarimizni olib tashladi.

Xushxabardagi eslatib o'tilgan Rabbiy Isoning so'zlari haqida ehtiyotkorlik bilan fikrlaydigan kishi Uning ibodatlarida va shogirdlari bilan suhbatida buni hayrat bilan tushunadi, U ko'p Xudo haqidagi nutqida “Abba,” “Ota,” “Mening Otam” yoki “Bizning Otamiz” yoki “Sizning Otangiz” so'zini 200 marotaba ishlatgan. Lekin dushmanlariga murojat qilganida yoki jinga chalingan odamlardan jinlarni quvib chiqarganda, U faqat Xudoning nomini eslatib o'tgan. Biroq Otasining yuzi xochda Undan yashiringanda, U “Xudoyim, Xudoyim, nega Meni tashlab qo'yding?” deb baqirgan. O'sha vaqtda, U O'zining tanasida dunyoning gunohlarini olayotgan edi va Otasining mehri alangalanyotgan g'azabga burilgan chunki Xudo Unga barhayot Hukmdor kabi ko'ringan. Xudo bizning o'rnimizga O'g'lida gunohlarimizni hukm qildi.

Hatto Ota Isodan yuzini yashirdi, va Iso imon bilan kurashdi. U Xudoning otaligiga yopishib oldi va oxirida “Ota, ruhimni qo'llaringa topshiraman” deb ibodat qildi. Bundan keyin, Xudo “Samodagi Otamiz”, deb bizda hursandchilik bilan baqiradigan Muqaddas ruhini bizga tushurdi. Bu Ruh imonlilarga Xudoning otaligining sirini e'lon qiladi. Bu biz nima uchun Uni ulug'lab, Unga hursandchilik bilan rahmat aytishimizdir, chunki Samoviy Ota bizni kechirib, bizga abadiy hayotini berdi va oilasiga bizni olib keldi, bizni seviklilarim deb chaqirib, O'zining sevgi shohligidagi xizmatkorlardek qabul qildi. Shuning uchun, biz xudosizlardek Xudoning jazosidan qo'rqmasligimiz kerak, chunki biz hamma vaqt va har minut Muqaddas Ruhning kuchi bilan Masihning qoni orqali Muqaddas Xudoga yaqinlashish uchun huquqni oldik.

Masihning birinchi va eng muhim talabi Otaning nomini ulug'lashdir. Shubhasiz Samoviy ota Muqaddasdir va biz orqali muqaddasligini barkamol qilishi kerak emas lekin U bizga bu yorliqda qatnashishimizga ruhsat berdi, va biz shuning uchun Unga hamdu-sano aytamiz, Uni ulug'laymiz va minnatdorchilik va hursandchilik bilan Unga xizmat qilamiz.

Bu Otamiz ulug'lanishi uchun hamma ibodatlarimizda asosiy maqsad va boshimiz bo'lishi kerak. Bizning boshqa hamma talablarimiz bunga itoatkorlikda va buni bajarishda bo'lish kerak. “Ota, ulug'lan va kundalik rizq-ro'zimizni bergin va gunohlarimizni kechirgin.” Chunki hammasi Undandir va U orqalidir, hamma Unga va U uchun ham bo'lishi kerak. Ibodatda, fikrlarimiz va sevgimiz osmondagi Otamizning muqaddasligiga qaratilishi kerak. Farziylar o'zlarini ibodatlarining oxirgi boshi qildilar, lekin biz qarshimiz. Biz Otamiz Xudoning ismini oxirgi boshi qilishga yo'naltirilamiz. Bizning barcha ibodatlarimiz bu maqsadda bo'lsin va bu orqali yo'nalsin.

Bu dunyodagi har bir ota bolalari hurmat bilan yashashini va jamoatga sodiq xizmatlar qilishini va narxni ko'tarib, bu oilani ko'tarishni istashadi. Shunday qilib, Masih biz Samoviy Otamizni muqaddas harakatlarimiz bilan ulug'lashimizga va Ruhidan hosillar keltirishimizga umid qiladi. Hatto imonsizlar ham samoviy Otamizni O'zining hurmat qozongan o'gil va qizlari tufayli ulug'laydilar. Agar dunyo “Ularga qaranglar, ular Unga Otalaridek ishonadilar!” deb aytsa, bu Otamiz uchun qanday sharaf bo'ladi.

Chunki har bir kishi ham ota emas, agar u kishida bola bo'lmasa, biz ruhiy bolalarning ko'pi quyosh nuridagi shudringa o'xshab Samoviy Otadan tug'iladi va ular muqaddaslikda, solihlikda va sevgida yashaydilar.

IBODAT: Ey Ota, og'zimizdagi Sening isming toza asaldan ko'ra shirinroqdir. Biz gunohkor edik va endi Sening bolalaringmiz. Sevging uchun, O'g'lingning inoyati uchun va Muqaddas Ruhingning meribonchiligi uchun Senga rahmat. Biz Sendan minnatdormiz, chunki qutqarishing orqali, biz haqiqat va mohiyatda Sening o'g'illaring va qizlaring bo'ldik. Iltimos shahar va mamlakatlarimizga Otalik ismingni ochib tashla, bugun ko'p farzandlar Sendan tug'ilsin va Muqaddas Isming hayotimizda ulug'lansiz. Omin.

SAVOL:

  1. Biz qanday qilib Otaning ismini ulug'laymiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 11:22 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)