Previous Lesson -- Next Lesson
c) Rabbiyning Ibodati (Matto 6:9-13)
MATTO 6:10
10 Sening Shohliging kelsin. ... (Matto 25:34)
Bu ibodat Masih voizlik qilayotgan, Yahyo voizlik qilgan va Iso “Osmon shohligi yaqin” degan voizlik qilishni davom ettirish uchun O'zining havoriylarini jo'natgan xabariga yaqin ulanadi. Osmondagi Otamizning shohligi, “Masih' ning shohligi – bu bo'sag'adadir va bu yaqinda kelishiga ibodat qilish uchun bizga ruhsat beriladi.
Xudo butun dunyoni yaratdi, shuning uchun bu Unikidir. U bizning Egamiz biroq odamlar Rabbiylariga itoat qilmasdan, o'zlarini o'zlari Uning qo'lidan o'g'irlagandek, Uni tark etishdi. Bu itoatkorsizlikdan qat'iy nazar, ular Uniki bo'lib qoladilar. Siz ham, aziz birodar va singil, aniq va ravshan qilib aytganda Xudoga tegishlisizlar.
Xudo O'zinikilardan uzoqda qolishni xohlamadi, shunda U Masihini shohlikda Shoh bo'lish uchun yubordi. U kasallarga shifo berdi, kambag'allarga mehr ko'rsatdi, tavba qilganlarga voizlik qildi, itoatsizlar uchun yig'ladi va bizning o'rnimizga o'ldi. Otamizning shohligi ishonadigan gunohkorlar Uning shohligiga kirishlari uchun ularni sifatlagan O'g'lining to'loviga asoslangan. Biroq, Muqaddas Ruh kuchi orqali va Masihdagi imonlilarni muqaddaslash bilan bu dunyoda ruhiy shohlikni o'rnatadi.
Bu ilohiy shohlik bugun Xudoning farzandlarida davom etmoqda. Uning abadiy shohligi bu dunyodan bo'lmagandek, biz ham bu dunyomizda begonalarmiz. Biz agar Otaning nomi ulug'lansin deb ibodat qilsak, bu dunyodan ruhan ajralamiz.
Bu ikkinchi ibodatda, biz yer-yuzida Xudoning osmon shohligi tarqalishini va Uning mehrini barcha xalqlar qabul qilishini ham istaymiz. Samoviy Ota farzandalriga va jamoatlariga shohligining xushxabarini voizlik qilish uchun imtiyoz beradi. Bu dunyomizda bu bajo bo'lishi uchun ibodat qilamiz. Xudo sevgidir, va U bu dunyoni huzuri bilan to'ldirishni istaydi. U “barcha insonlar qutqarilib, haqiqatning tushunchasiga olib kelinishlarini istaydi”. Siz “Sening shohliging kelsin” deb ibodat qilganingizda bu bepayon ma'nolarni tushunasizmi? Osmondagi Otamizning maqsadi siz bu xabarni mahallangizda va butun dunyo bo'ylab tarqatishingiz uchun yuragingizni qimirlatishdir.
Otamizning shohligi oxiri shohlarning Shohi shohligini boshqarish uchun kuch-qudratida qayta kelganda ulug'vorlikda namoyon bo'ladi. Keyin hamma qarshiliklar buziladi va Shayton uloqtiriladi. Biz Samoviy Otamizni ko'rish uchun Uning oldiga qaytishga va U bilan birga bo'lishga shohilamiz. Siz Rabbiyning Ibodatining ikkinchi so'rovining maqsadini va tub ma'nosini tushunib yetdingizmi? Kelayotgan Shoh sizga sevgisining shohligi yer-yuzida zafar qozonishi uchun ibodatlar va qurbonliklar orqali so'zda va hatti-xarakatda Uning yo'lini tayyorlash uchun imtiyozni taklif etadi.
IBODAT: Ey Samoviy Ota, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen shohlar Shohi bo'lgan O'g'lingni bizga jo'natding. Biz Uni rad etdik va gunohlarimiz bilan Uni xochga mixladik. Biroq, U bizni qutqarib, Sening shohligingda a'zolar bo'lishimiz uchun bizni tanladi. Biz Sendan ruhiy shohliging shahrimizda, mamlakatimizda va qarindoshlarimiz orasida yoyilishini so'raymiz. Rabbiy Iso kelgin, biz Sening shohliging tarqalishi ushun azob chekayotganlar bilan birga Seni kutyapmiz. Biz Sendan minnatdormiz chunki Sen Samoviy Otamizning oldiga uyga bizlarni olish uchun kelding. Omin.
SAVOL:
- Siz “Sening shohliging kelsin” deb ibodat qilganingizda nima o'ylaysiz?