Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 028 (Call to Repentance)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
B - YAHYO PAYG'AMBAR MASIHNING YO'LINI TAYYOR LAYDI (Matto 3:1-4:11)

1. Tavbaga Chaqiruv (Matto 3:1-12)


MATTO 3:3-6
3 Bu voqea esa Isha'yo payg'ambarga vahiy qilingan shu oyatga to'g'ri keladi: “Mana, cho'lda nido yangramoqda: Xudovand yo'lini tayyorlangiz, ravon aylangiz so'qmoqlarin! - deya”. 4 Yahyoning o'zi tuya junidan kiyim kiyib, beliga teridan kamar taqar edi. Uning yeguligi esa chigirtka bilan yovvoyi asal edi. 5 Quddusda, Yahudiya yurti bo'ylab va O'rdun daryosi atrofida yashovchilarning hammasi Yahyo payg'ambarning oldiga chiqar edi. 6 Ular gunohlarini e'tirof etib, Yahyoning buyrug'i bilan O'rdun suviga cho'mib, imon keltirar edilar. (Ishayo 40:3; Yuhanno 1:23)

Yahyo “Qishlog'imizga tashrif buyurish uchun Shohlik kelyapdi. Yo'lni tozalang, uylarni bezating, va kiyimni kiying” deb barcha odamlarni chaqirib o'zining hilvat shahriga shoshilgan xabarchiga o'xshaydi. Shahar oqsoqollari uchrashishganda, ular shoh kiradigan umumiy yo'l notekis va yaxshi emasligini ko'rishdi. Shunda ular chaqiruvchidan shohining oldiga qaytib borib, Uning oldidagi yo'lni tayyorlash uchun Uning kelishiga halal beradigan toshlarni va to'siqlarni olib tashlash uchun ishchilarni jo'natishi uchun undan o'tinishini so'radilar. Ular shohdan ularga yo'lni tayyorlarsh uchun o'zidan so'rashlariga to'g'ri keldi chunki ular buni qilisha olmasdi.

Yahyo suvga Cho'mdiruvchi “sahroda xitob qilayotganning sadosi” edi (Yuhanno 1:23) lekin bu so'zlarni bergan Xudo edi. Yozuv Xudoning so'zi haqiqiyligi uchun qabul qilinishi kerak (1 Salonikaliklarga 2:13). Yahyo “sado” deb nomlanadi, bu cho'chitib uyg’otyotgan baland ovozda xotob qilayotganning ovozidir. Aniq va gapdon ko'proq foydali bo'lib, Masih “Kalom” deb ataladi. Yahyo “sado” dek insonlarni o'yg'otdi, va Masih ularni “Kalom” dek o'qitdi.

Eski Ahdda Shimshon, Shimshonning onasining hikoyasi homilador bo'lish haqida va Xudoning farishtalari unga “kuchli ichimlik” ichmasligiga tayinlangan edi, holbuki uning o'g'li Shimshon “kuchli inson” bo'lishi uchun buyurilgan edi. Bu tarzda Yahyoning otasi soqov bo'lib qolib, bir muncha gapira olmagan, biroq uning o'g'li “xitob qilayotganning sadosi” bo'lishga tayinlangan edi. Xitob qiluvchining ovozi gapirolmaydigan otadan kelib chiqqanda, bu “ insondan emas, balki Xudodan bo'lish uchun kuchning sifatini” ko'rsatadi.

Yahyoning nidosi Xudoning ulug'vorligi ularga yetib borishi uchun jamiyatda yo'llarini to'g'irlab, hayot kasiblarini va havotirda bog'lanib qolish emas, balki Xudo haqida o'ylab, gunohdan qaytish uchun hamma odamlarga ruhiy chaqiruv edi.

Uning so'zi faqat sado berayotgan so'z va iboralar emas edi. Yahyo aytgan va voizlik qilgan so'zlari bilan muvofiqlikda yashagan. U boshqa payg'ambarlarga o'xshab kiyingan va tavbaga chaqirib, Xudo uchun ular muhtoj ekanliklariga dalolat berib, odamlardan ajralib cho'lda yashagan. Yahyo cho'lda Musoning Qonuniga ko'ra pokdek ruhsat etilgan chigirtkalarni yegan (Levitlar 11:22). Yahyo saroy ahlidek yumshoq kiyimlar kiymagan, balki qumli qog'ozdek notekis bo'lgan tuya junidan bo'lgan kiyimni kiyib ko'chmanchilardek bo'lgan.

Suvga cho'mdiruvchi Yahyo bu ovqatni isbotlash uchun dabdabali ovqatsiz bu ishni qildi, ichish va qulaylik muhim emas edi, balki u Xudo bilan munosabatimiz juda muhimligi haqida botirlik bilan gapirdi. Shunday qilib sizning Rabbingiz bilan a'loqangiz qanday? Uning sizga javob berishiga halal beradigan gunohlaringiz qaysilar? Siz yolg'onlaringizni, yovlaringizga bo'lgan qasoslaringizni va nopokliklaringizni eslaysizmi? Gunohlaringiz sizni Xudodan ajiratgan. Sizning ta'lim darajalaringiz va yaxshi ma'lumotlaringiz sizni Uning hukmidan saqlab qolmaydi. Vijdoningiz qanaqa? O'g'lining o'limi orqali Xudo bilan yarashing.

Suvga Cho'mdiruvchining so'zlari Yahudiy xalqini titratib yubordi. Ular Yahyoni ko'rish uchun va uning va'zini eshitish uchun shoshildilar. U yerda tavba qilganlar muk tushib, boshlarini egib, O'rdun Daryosida Yahyo orqali suvga cho'mdilar. Ular gunohlaridan uyaldilar, va Xudoning kechirimini va poklanishini qidirib ommada yomon hatti-xarakatlarini tan oldilar. Hatto ular yomon hatti-xarakatlaridan qaytdilar, ular yaxshi va xudojo'yliklari haqida o'ylamasdan, balki o'zlarini Xudoning muqaddas hukmiga loyiq gunohkorlar deb tushunishdi. Ular qonun ularni oqlamaganini bilib Xudoning inoyati va mehri uchun nola qildilar, chunki ularning vijdonlari ularga qarshi dalolat keltirgan edi.

Yahyoning ovqati asal va chigirdkadan tashkil topgan edi. Bu Yahyo “tavba” va tavbaning loyiq hosillari” haqida voizlik qilgan imon bilan kelishgan. Gunoh uchun boshqalarni yig'lashga va buni uyaltirish uchun chaqirishi kerak bo'lganlarning ishlari kamtarlik, o'zidan kechish hayoti, dunyoning nafrati va o'zlarini jiddiy hayot kechirish uchundir.

Yahyo rayondan Quddus atrofidagi boshqa rayonlarga ketdi. Yahyoning xizmatining hosili bo'ladiganlar uning tanbehida bo'lishib, cho'lda uning oldiga “borishi” kerak.

Xudoning xabari olib keladigan hayotni haqiqatdan xohlaydiganlar buni izlaydilar; va tavba ta'limotini o'rganadiganlar bu dunyoning shoshilinchidan “chiqish” kerak va sokin bo'lishlari kerak.

Aziz birodar, vijdoningizni tekshiring va yuragingizni, fikrlaringizni va xatti-harakatlaringizni oching. Rabbingizni oldiga kelib, berilib ketgan hamma ayiblaringizni Uning oldida tan oling. Siz Xudoning muqaddasligi va pokligi oldida solih emas, balki gunohkor va nopok ekaningizni biling. O'zingizdan kechib, takabburligingizni unuting va Rabbingizni va Uning irodasini qidiring. Agar siz gunohlaringizni tan olmasangiz, Uni qondira olmaysiz. Siz ayiblaringiz haqida jim bo'lib turganingizda miyyangiz dalda va tinchlik topmaydi. Xudoga yuragingizni oching. U sodiq va har bir ayiblaringizni kechirish uchun odildir. Ikkilanmang – shoshiling va o'zingizni Xudoning sevgi daryosiga oting, shunda Masih sizni saqlaydi va siz Xudoga va insonlarga maqbul, imonning yangi kishisi bo'lasiz.

IBODAT: Ey Xudoyim va Rabbim, men gunohkor va hukmga loyiq bo'lgan o'tmishim haqida juda yaxshi bilasan. Iltimos mehribonchiliginga ko'ra gunohlarimni kechirgin; huzuringdan meni chetlatib tashlama, va mendan Muqaddas Ruhingni olib qo'yma. Omin.

SAVOL:

  1. Suvga cho'mdiruvchi Yahyoning hayoti va va'zining qoidalari nimalar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:45 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)