Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 027 (Call to Repentance)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
B - YAHYO PAYG'AMBAR MASIHNING YO'LINI TAYYOR LAYDI (Matto 3:1-4:11)

1. Tavbaga Chaqiruv (Matto 3:1-12)


MATTO 3:1-2
1 O'sha kunlarda Yahyo payg'ambar paydo bo'lib, Yahudiya cho'lida voizlik qila boshladi. 2 U: “Tavba qilinglar, chunki Osmon Shohligi yaqinlashdi!” - deb hitob qilar edi. (Matto 4:17; Mark 1:1-8; Luqo 3:1-18)

Zakaryoning o'g'li Yahyo Xudo shohligi uchun ajoyib rejalarni Xudo unga ochib bergan cho'lda mulohaza qilib vaqt o'tkazar edi. Xudo uni Yahudiylarning oldiga ularning yuraklarini yaxshilash uchun, fikrlarini o'zgartirish uchun va Masihning kelayotgan yo'lini tayyorlash uchun yubordi.

Yahudiy qonuniga ko'ra Yahudiy bo'lishni xohlagan har bir G'ayriyahudiy uchun cho'mishni talab qilingan. Daryoda o'zini botirib va suvdan chiqish o'lim ramzi va Xudo bilan yarashish xudojo'ylikning yangi hayotining ramzi bo'lgan.

Yahyo suvga cho'mdiruvchi haqidagi qiziqarli narsa shundaki, u buni nopok G'ayriyahudiylarda qilmagan, balki xudojo'y Yahudiylarga buni ko'rsatgan. U cho'lda gunohlarni tashiyotgan qayiqni Shayton hududi hisoblangan yerdan jo'natilgan joyda voizlik qilgan (Levitlar 16:22). Xudojo'y Yahudiylar o'zlarini aldashga qarshi qo'riqlashga to'g'ri kelgan, chunki har bir kishi yoshligidanoq buziqdir (Ibtido 8:21) va samimiy tavbaga muhtojdir. Xudo barcha insoniyatni tavba qilishga va Xudoning irodasiga ko'ra fikrlarini yangilashga ularni olib kelish uchun O'zining so'zi va Muqaddas Ruhi orqali hanuz ishlayapdi. Xudoning bu ishi tavba qilish uchun insonning javobgarligini bekor qilmaydi. Xudo hech kimni halok bo'lishini xohlamaydi, balki hamma tavbaga kelishini istaydi, biroq har bir kishi Uning rejasiga javob berishi kerak.

Yahyoning suvga cho'mish uchun chaqiruvi takabburlikni bir chetga surib qo'yib, yaxshi hosil olib kelish uchun talablariga qaraganda ko'proq ma'noni o'z ichiga olgan. Haqiqiy tavba inson ishlaridan ko'ra uzoqroqdir; bu qalbning tozalanishidagi natijalar bu Rabbiyga samimiy yig'lash, yurakning tubidan o'zgarish va maqsadlarining yangilanishidir. Tavba ishi haqida o'ylaydigan kishi Xudoning butun rejasidir, chunki inson o'zi Xudoning ulug'vorligiga harakatlarini o'zgartirolaman deb o'ylab hato qiladi. Yahyo Xudoni ulug'laydigan yaxshi harakatlarni qilish uchun insonlarni tortib, ularga ruhsat berib yangilaydigan Xudoning najodi uchun yo'lni tayyorlayotgan edi.

Yahyo insonlarda ular gunohkor ekanini bilish uchun bilimni ekdi. Yahyo ularni gunohlaridan tavba qilishga, ulardan tiyilishga va ulardan nafratlanishga – yashayotgan eski yo'llaridan voz kechishga va insoniy xudojo'ylikka ishonmasdan, oqlanish uchun o'zlarining ishlariga ishonmasdan o'zlaridan kechishga ularni taklif qildi. Yahyo harakatlaringizni o'zgartirish uchun sizni chaqirishdan ko'ra ko'proq ish qiladi; u sizni suvga cho'mishga chaqiradi. Agar inson gunoh uchun o'lmasa, unda umid yo'q. U Xudoning sevgisi va muqaddasligining daryolariga o'zini otmaguncha va uni yangilab tozalash uchun Xudoga ruhsat bermaguncha buzuq va nopokligicha qoladi.

U nopok yuraklarga Muqaddas Ruhning kelishi orqali ularni yangilash uchun Xudoning O'zi Masihida kelishni xohlaganini ko'rgan. Shu yerdan u osmon shohligi yaqin deb va'z qilgan. Osmon shohligining kelishini kutilgani tavba qilishga chaqiruvi uchun sabab bo'lgan.

Yahyo xabarining yuragi tavbaga chaqirish emas. Bu Xudoning kelishi haqidagi xushxabar va yer yuzida shohligining o'rnashidir. Bu maqsad uchun, suvga Cho'mdiruvchi har bir kishidan Xudoni qabul qilishga tayyor bo'lishini so'radi.

IBODAT: Ey Rabbiy, Sen mening tomim ostiga kelishingga loyiq emasman, chunki fikrlarim nopok, so'zlarim yolg'on va ishlarim yovuzdir. Xuzuringdan meni olib tashlama; Muqaddas Ruhingni mendan olib qo'yma. Men ulug'vorligingni ko'rishim uchun va nuringda yurayotganimni bilishim uchun maqbul tavbani menda yaratgin. Sen mening o'lchamimsan va men Senga solishtirib ko'rdim va men gunohkor ekanimni aniq ko'rdim. Sening mehringa ishonaman va inoyating uchun umid qilaman. Omin.

SAVOL:

  1. Ma'qul keladigan tavba qanday?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:44 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)