Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 029 (Call to Repentance)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
B - YAHYO PAYG'AMBAR MASIHNING YO'LINI TAYYOR LAYDI (Matto 3:1-4:11)

1. Tavbaga Chaqiruv (Matto 3:1-12)


MATTO 3:7-9
7 Farziy va Sadduqiy mazhablaridan ham talay kishi cho'mish uchun uning oldiga kelayotganlarini Yahyo ko'rib, ularga dedi: <<Voy ilonlar zoti! Boshingizga keladigan Xudo g'azabidan qochib qutilishingizni sizlarga kim uqdirdi? 8 Bundan buyon tavba qilganingizga yarasha hosil beringlar! 9 “Ibrohim bizning otamiz”, deb ko'nglingizdan o'tkazmanglar. Men sizlarga aytamanki, Xudo shu toshlardan Ibrohimga avlod tiklashga qodir. (Yuhanno 8:33-39; Rimliklarga 2:28-29; Rimliklarga 4:12)

Suvga cho'mdiruvchi Yahyo davrida, Farziy mazhabidagilar 6,000 a'zoni o'z ichiga olgan. Ular o'zlarini odamlardan ajiratib, qolgan nafrat etgan hamyurtlaridek harom bo'lmagan joylarda Xudoga bag'ishlanganlar deb hisoblashar edi Lekin ular hamma Eski Ahdning amrlarini aniq va qattiq tutardilar, va ota-bobolarining urf-odalariga qattiq yopishib olganlar. Ular qattiq qoida ostida hayotning holatlarini boshqarishni xohladilar. Vazifadorlar Iso vaqtida ular orqali 248 vazifalarni va 365 qatag'onlarni tashkil qilishdi. Ular Masihning shohligi yaqinda kelishi uchun o'zlaridan biror kishi butunlay gunoh qilmaslikni aytishdi. Ular inson qonunni bajarish bilan o'zini saqlab qoladi deb ishonishgan. Ular qonun insonga sevgi kuchini bermasligini tushunishmagan. Qonun insonning takabburligini hukm qilib, ko'zgudek gunohlarini ochib tashlaydi.

Sadduqiylar o'zlarini solih va xudojo'y deb o'ylashgan. Ular Yunon va Rimliklarning fikrlariga va zamonaviy yashashga ochiq bo'lgan va Muqaddas Yozuvlarga fikrlarini bog'lashdan charchagan yetuk ruhoniylarning va taniqli odamlarning guruhi bo'lishgan. Sadduqiylar farishtalar borligini rad etishgan. Ular o'limdan tirilishga ishonishdan va qalblarning o'lmasligiga ishonishdan bosh tortganlar va hayoliy bo'lgan oxirgi hukmni o'ylaganlar. Ular inson tarixida Xudoning aralashuviga shubha qilishgan va oxir oqibat ulardan ba'zilari bu shior ostida yashaganlar: “Kelinglar yeb ichaylik chunki ertaga halok bo'lamiz”. Bir tomondan ma'bad va uning qurbonliklari Xudo bilan yarashish uchun mazmun bo'lgan imonlariga ko'ra qolib ketgan. Ularda ko'plab izdoshlar va barcha ruhoniylar bor edi va Leviylar idoralarida ularga bo'ysunganlar. Ular imkon qadar ma'bad atrofidagi Yahudiy amirligini tutish uchun Rimliklar bilan muomala qilishgan.

Yahyo jasurlik bilan dindorlarni “ilonlar zoti” deb chaqirgan. Har bir Yahudiy Muqaddas Kitob Shaytonni “ilon” deb atashini bilar edi. Yahyo ularning yovuzliklari tufayli, zaharli ta'limlari tufayli va tavba qilmasdan uning suvga cho'mdirishini qabul qilish orqali kelish kerak bo'lgan g'azabdan qochish uchun yolg'onchilikka qaytishlari tufayli ularni “ilonlar zoti” deb atadi. Yahyo ulardan huddi shu g'azab Masihni ochib berilganda yovuzlar ustiga kelishini Muqaddas Yozuvdan bilib olganlarida keladigan g'azabdan qochish uchun ularni kim ogohlantirganini so'radi. Yahyo botirlik bilan qonunni bajarishlari orqali ifodalangan o'zlarini solihliklarini hukm qildi. U qonunni bajarish orqali erishilgan ozodlik hayoti haqida bahslashdi va buning o'rniga qonun gunohni ochib berish uchun deb hisobladi.

Yahyo urf-odatlarni bajarishda o'zini aldaydigan va har bir ikkiyuzlamachiga Xudoning g'azabi tushishini ham tushunib yetdi va Xudosiz yashayotganlarning hammasiga qarshi hukm haqida dalolat keltirdi, chunki Xudoning ko'z o'ngida hech qanday solih odam yo'q. “Hamma gumroh bo'ldi, barcha buzildi, yaxshilik qiluvchi yo'q, biror kishi ham yo'q” (Rimliklarga 3:12).

Yahyo boshqalarga “Tavba qilinglar, chunki osmon shohligi yaqindir” deb aytishi yetarli deb o'yladi. Lekin u o'zlaricha solih bo'lgan Farziy va Sadduqiylar kelayotganini ko'rganida, u batafsil Xudoning maqsadlarini ularga tushuntirib, ularga tanbeh berish kerakligini topdi. Yahyo tezda ularni “Uztoz” deb chaqirib yoki ular o'rgangan olqishlarni ularga bermasdan, ularga “ilonlar zoti” deb murojat qildi. Masih ularga xuddi shunday nom bergan (Matto 12:34; 23:33). Ular hatto solih va haq bo'lib ko'ringan bo'lsalar ham, ular yaxshi bo'lgan hamma narsaga dushmanlikka va yovuzlikka to'la zaxarli ilonlar va zararkunandalar bo'lganlar.

Endi, tavbaning hosillari nimalar? Inson buzilgan, hatto maqsadlarida ham va u yaxshilik qila olmaydi. Shuning uchun talab qilingan hosillar:

Birinchi: Miskinligimizning haqiqiy tushunchasi.

Ikkinchi: Xudo oldida gunohlarimizni tan olish orqali mag'rur ligimizning sinishi.

Uchinchi: Xudoning kuchi bizda yashashi uchun va muqaddas hayotga bizni boshlashi uchun doimiy ibodat.

To'rtinchi: Doim Xudo bilan yashash uchun qat'iyatlik va og'ishmaslik.

Gunohlari uchun afsus qiladiganlar va hanuz bularda qattiq turib oladiganlar tavba bilan keladigan yorliqlarga loyiq emaslar. Tavba qiladiganlar va suvga cho'mdiriladiganlar tavba qilgan gunohkor bo'lmasdan hech qachon hech narsa qilmaslikka da'vo qilib, gunohlari uchun va tavba harakati uchun haqiqatdan tavba qilgan bo'lishlari kerak. Tavba yuragi boshqalarni hukm qilishda mehribon bo'lish uchun va har bir yaxshi ishda faol bo'lib, gunohning barcha ko'rinishlarini chetlatish uchun ehtiyotkorlik, eng buyuk qayg'u ostida sabr, eng kichik mehr uchun minnatdor va kamtar bo'lish uchun bir inson bo'lishga sabab bo'ladi.

Yahudiylar Ibrohim ularni otasi bo'lganiga va Xudoning va'dalarini va ahdlarini ularga kafolotlab berganiga va Xudo va'dalaridan qaytmasligiga ishonishdi. Yahyo bu imonga tanbex berdi va Ibrohim bolalarini Shayton bolalari deb atadi. U cho'lda atrofidagi bir necha toshlarni ko'rsatib, ularning tosh yuraklari sinmaganini va ular yangi ruhiy va shavqatli yurak uchun Xudodan so'ramaganliklarini ularga aytdi “Xudo bu toshlardan Ibrohim uchun avlod yaratishga qodirdir.”

“Xudo bu toshlardan Ibrohim uchun avlod yaratishga qodirdir” degan bu bayon bugunlik kunda dunyomizdagi masala haqidadir. Shuncha ko'p odamlarning yuraklari qotib ketgan va ular Masihga qarshi ta'limotlarning yuzlab yillari tufayli ular orasidagi Xudoning ovozini eshitishmaydi. Lekin biz Xudo bu tosh bo'lib qolgan yuraklardan Ibrohim uchun avlod yaratishga qodir ekaniga Yahyo bilan hursandchilikda ishonib tan olamiz.

Atrofimizdagi odamlar bilan yaxshi aloqalar bizni saqlab qoladi deb o'ylash behuda tahmindir. Hatto bizda diniy ta'limot bilan marhamatlangan, xudojo'y ajdodlardan kelgan bo'lsak ham, bizda Xudodan bo'lgan qo'rquv eng yuqori bo'lgan joyda oila bor yoki bizga maslahat berish uchun va ibodat qilish uchun yaxshi do'stlar bor, agar biz tavba qilmasak va tavba hayotini surmasak, bularning hammasi bizga nima yordam beradi? Aziz birodar sizchi – biz bilan ishonasizmi va Rabbiyning qutqarish kuchini tan olasizmi?

IBODAT: Ey Muqaddas Xudo, Sen har bir zolimlikdan va ifloslikdan g'azablanasan; va har bir ikkiyuzlamachilikni va yolg'onni rad etasan. Iltimos men Farziy va Sadduqiy bo'lmasdan, gunohlarimdan tavba qilib Sening oldingda siniq bo'lishim uchun menga yordam ber. Sening kuching kuchsizligimda pok ruhingning hosillarini yaratishi uchun men har doim mehringni so'rayman. Sen mening Hukmdorim va Najodkorimsan, iltimos meni tark etma. Omin.

SAVOL:

  1. Farziylar kim va Sadduqiylar kim?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:45 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)