Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 075 (Paul’s Worthiness to write this Epistle)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

3. QISMGA QO'SHIMCHA - RIMDAGI JAMOATNING NOZIRLARIGA PAVLUSN-ING HISLATIDAGI MUHIM XABARLAR (Rimliklarga 15:14 – 16:27)

1. Bu maktubni yozish uchun Pavlusning qadr-qimmati (Rimliklarga 15:14-16)


RIMLIKLARGA 15:14-16
14 Ey birodarlarim, sizga kelsak, siz yaxshilikka va har hil bilimga boy hamda bir-biringizga pand-nasihat qilishga qodir ekaningizga o'zim aminman. 15 Birodarlarim, Xudoning menga bergan inoyati tufayli sizlarga eslatib qo'yish uchun bir qadar botinish bilan yozdim. 16 Men Xudo inoyati tufayli Iso Masihning barcha xalqlarga yuborgan elchisi bo'lib, Xudoning Xushxabarini targ'ib qi-lishda muqaddas xizmat ko'rsatmoqdaman. Bu xalqlar Mu-qaddas Ruh orqali muqaddaslashtirilib, Xudoga baxshida etilgan va Unga maqbul bo'lgan bir hadyadir.

Pavlus amaliy fikrlarini qo'shish bilan birga, ilohiy asosda o'qishini tomomlab, bu maktubni yozish uchun qadir-qimmatini va rejasini jamladi. U kitobxonlar tanqid va shubhalarning o'ljasi bo'lmasliklari uchun shunday qildi.

Pavlus Rimdagi Masihiylarga ular mavhum va diniy falsafalarga ergashmasdan, balki xushxabarning hosillari ularda sezilganligini takidladi. Pavlus ularni ruh va haqiqatga ko'ra Xudoning bolalari bo'lgan Xudoning oilasidagi ruhda o'zining birodarlari deb ularni chaqirdi. Ularda bu imtiyoz bor edi chunki ular o'zlaridan bo'lmagan balki Xudo tomonidan ularga berilgan yaxshilik bilan to'lgan edilar. Ular faqat Rabbiy haqida va U bilan bo'lgan aloqalari haqida gapirmasdan, balki jamoatdan tashqarida bo'lganlar ularning yaxshi ishlarida hayron bo'lishlari uchun sevgi, kamtarlik va hurmat bilan bu javobgarlikda ham yashadilar.

Havoriy Pavlus shunday ruhiy imtiyozlar va ilohiy hislat O'g'lidagi imon orqali Ota Xudoning bilimidan kelishini tasdiqladi. Pavlus ular barcha bilim bilan to'lganliklarini ba'zi mubolag'a bilan aytdi. Ular muqaddas Xudo Otaligini, Iso Masih sevikli O'g'il ekanini va ular Muqaddas Ruhning kuchini olishganini bilishar edi. Shuning uchun, ular boshqa darajada umumiylikda G'ayriyahudiy va boshqa Yahudiylardek yashashdi.

Bu javobgarlik mag'rurlik va takabburlik bilan emas, balki haqiqat Ruhining boshqaruvi va Masihning kamtarligi bilan bir-birlarini o'zgartirish uchun berildi. To'g'ri sevgi adashib ketayotganlarga yumshoqlik va sevgi bilan haqiqatni tushuntirganida seziladi. Biroq, to'g'ri so'z hurmat va to'g'rilik bilan amalni, bilimni va ijroni talab qiladi. Havoriy Pavlus Masihiylik imonining va hayot tarzining asosidagi ruhiy yetukligidan qat'iy nazar bu maktubni yozgan edi, va u o'zining to'liq maktubini faqat bir “qism” deb nomladi.

Pavlus maktubining 1Qismida solihligicha qoladigan, hatto Iso Masihning qoni orqali gunohkorlarni oqlab, ularni Muqaddas Ruhi va abadiy sevgi bilan to'ldirgan Xudoning solihligini tushuntirib berdi.

2 Qismida, Pavlus butun dunyo imon qahramonlariga va'da qilingan inoyatining to'liqligida qatnashishi uchun tanlangan xalqining diydasi qotganligidan qat'iy nazar, Xudoning solihligining davomiyligini takidlab o'tgan.

Havoriy 3 Qismda shikoyat qilmasdan bir-birlariga sabr toqat qiladigan va hatto ulardan ba'zilari boshqalardan o'zgacha yo'lda yashagan bo'lsa ham, Masihning izdoshlarining hayotida Xudoning solihligining amaliy tushunchasini tushuntirib bergan.

Pavlus qisqa maktubida quydagi asos haqida yozgan: “Imonning asosi”, “ta'limot”, va Masihiy xatt-harakatining asoslari”. Pavlus imonlilarga berilgan Xudoning umumiy to'liqligi bilan Xudoning Ruhi orqali hadya etilgan jamoatga eslatish uchun yozgan. Unda Masihiylikdagi negizli qoidalarni takidlash uchun jasorat bor edi chunki u jamoatdan quvg'in bo'lishidan qat'iy nazar hayotida Xudoning kechirimini boshidan kechirdi.

Ayniqsa, Muqaddas Xudo uni Masihning quli bo'lishga va mutlaqo nopok G'ayriyahudiylar orasida xushxabarni targ'ib etishga chaqirdi. Bu xizmat zo'ravonlik bilan, qilich yoki qon to'kish bilan, yoki ajoyib gapdonlik bilan emas, balki Xudoning taxdi oldida ibodat, imon va minnatdorchilik bilan ijro etilgan. Pavlus Yahudiy bo'lmagan xalqni Xudo bilan yarashtirgan ruhiy ruhoniy bo'ldi.

Ular Masihning ruhiy badaniga a'zolardek ulanishlari uchun imon e'tiqodidagi minnatdorchilik yo'li orqali Masihga o'zlarini topshirish uchun yo'qolgan va nodon bo'lganlarni tayyorlashda uning qattiq so'zlari maqsad qilingan edi. Uning xizmati Masihning irodasiga ko'ra xizmatini bajarish uchun havoriyni yetaklagan Muqaddas Ruhning kuchi orqali ijro etilgan. Xudoning halovati u bilan edi chunki Pavlus Uning ruhining maqsadlariga itoatkor bo'lgan.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen itoatsiz dindor mutahassis bo'lgan Shoulni Damashqqa yaqin unga Masihning ko'rinishi orqali uni kamtar va yuvosh qilib qo'yding. Sen O'rta Yer Dengizining havzasining xalqi orasida Masihning najodini xushxabarlash uchun Muqaddas Ruhing bilan uni saqlab, uni chaqirib va kuchli qilding. Biz asosan Rimdagi jamoatgan bo'lgan bu mashxur maktub uchun Senga rahmat aytamiz, chunki bu dunyodagi barcha jamoatlarga ularning imonlarining asosini eslatib turadi. Omin.

SAVOL 93: Pavlus faqat qism deb hisoblagan maktubida nimani yozgan?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:21 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)