Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 074 (Christ Overcame all the Differences)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)

11. Masih Yahudiylarning va G'ayriyahudiylarning imonlilari o'rtasidagi hamma farqlarni yengib chiqdi (Rimliklarga 15:6-13)


RIMLIKLARGA 15:6-13
6 Toki sizlar yakdillik bilan bir og'izdan Rabbimiz Iso Ma-sihning Otasi bo'lgan Xudoni ulug'langlar. 7 Xudoni ulug'lash uchun Masih sizlarni qabul qilganidek, sizlar ham bir-biringizni qabul qilinglar. 8 Mening so'zimni tinglanglar: Iso Masih ota-bobolarimizga berilgan ilohiy va'dalarni ro'yobga chiqaray deb, Xudo haqiqatiga sodiq qoldi va sunnat ahli bo'lgan yahudiylarning xizmatkori bo'ldi. 9 Ayni zamonda U Xudoning marhamati haqi uchun boshqa xalqlarga ham yuborildi, toki ular Xudoni ulug'lasinlar. Zaburda yozilishicha: “Xalqlar ichra Senga hamdlar ayturman, Sening ismingni kuylab sano ayturman”. 10 Yana boshqa joyda shunday yozilgan: “Ey barcha elu-xalqlar, Xudoning xalqi bilan birga sevininglar!” 11 Va yana: “Ey barcha millatlar, Xudovandga hamd aytinglar! Ey butun xalqlar, Uni madh etinglar!” 12 Isha'yo payg'ambar esa shunday degan: “Xalqlarga hukmronlik qilish uchun Ishay urug'idan bir zod chiqib kelajak. Xalqlar Unga umid bog'lagaylar”. 13 Umid man'bai bo'lgan Xudo esa Muqaddas Ruh kuchi ila sizlarni umidga boy qilsin, imoningizga yarasha sizlarni har-hil sevinch va tinchlik bilan shod qilsin.

Rimliklarga bo'lgan Maktubning 9 bobidan 15 gacha boblarni o'qiydigan kishi Yahudiy va G'ayriyahudiylarning Masihiylarining o'rtasini oddiy hayot birga bo'lganligini, va nohaqlik farqni yaratganligini tushunishingiz mumkin. Bu farqning negizi Musoning Qonuniga, va Yahudiy va Masihiy oyatlarga ko'ra ovqatlar va sunnat edi. Pavlusning Rimliklarga yozilgan yaxshi so'zlarining maqsadi G'ayriyahudiylarning imonlilari bilan Yahudiy imonlilarini birlashtirish va ular o'rtasidagi ochiqlik ustidan ko'prik qurish edi, chunki Masihning O'zi ularni birlashtirdi. Shuning uchun, Pavlus maktubining oxirida shunday yozgan: “Iso Masih sizlarni qabul qilib qutqargani kabi, sizlar ham turli hil urf-odatlardan qat'iy nazar bir-biringizni qabul qiling. Va kimki bu najodning sirini tushunib yetsa, hech qanday farqsiz, tarafkashliksiz yoki nafratsiz boshqalar bilan Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhni ulug'laydi.

Sevgi turli hil imonlilarning birligini talab qiladi va Masihning sevgisi hayoliy farqlardan ko'ra kuchliroqdir. Pavlus asl Yahudiylarning imonlilariga bu qoidani asoslab berib, ularga kutilgan Masih Xudoning haqiqatini va solihligini ochib berish uchun va O'zining va'dalarini so'z va hatti-xarakat bilan bajarish uchun Yahudiylarga xizmatkor bo'lganligini e'lon qildi. Shuning uchun Masih ko'p va'dalarni bajarib, imon ota-bobolari haqiqat o'zgartirib bo'lmasligini tushunishlari uchun Iso haqida ochib berdi.

Havoriy nopok G'ayriyahudiylarning imonlilariga Xudoning ulug'vorligiga loyiq bo'lishlarini, chunki Xudo ularga mehribonlik ko'rsatib, ularni O'zi bilan yarashtirganligini va ularni asrab olib, yangi ijod qilganligini ularga tushuntirdi.

Bu ham Eski Ahdning va'dasining bajarilishidir, chunki Masih G'ayriyahudiylarning ham nuridir va G'ayriyahudiylarning Masihiylari Xudoning hursandchiligida qatnashish uchun ruhsat etiladilar, chunki Masih hursandchiligi ularda bajo bo'lishini istaganini tushuntirib bergan (Yuhanno 15:11; 17:13). Biroq, G'ayriyahudiy imonlilari Yahudiy imonlilarini unutmasdan, balki ular bir ovozda butun yuraklari bilan Ota va O'g'ilni ulug'lashlari kerak. (Iklamchi Qonunlar 32:43).

Eski Ahddagi bu va'dalar barcha qit'alarning kichkina tanlovigacha chegaralanmaydi, balki va'da etilgan xalqlar Rabbiy Isoda Otani ulug'lashlari uchun, ular va'da etilgan hamma xalqlarga tegishlidirlar (Zabur 116:1). Biz bu qimmatli va'dalarda inson uchun ruhiy hokimyatni va buyuk najodni topamiz. Masihga ishonadigan kishi Uning mehrining boyliklarida ishtirok etadi.

Ishayo payg'ambar bashorat qilgan: “Keyin bir nihol Ishaydan kelib chiqadi... Bu kunda Ishayning Negizi xalq uchun bayrog'dek turadi; xalqlar unga suyanadi va umidlarini unga qo'yadilar”. Isoda bu bashoratning bajo bo'lishi bo'lgan, chunki Iso Otaning o'ng tomonida o'tiradi va Unga osmonda ham yerda ham butun hokimyat berilgan. Iso havoriylariga borib barcha xalqlardan shogird ortirib, ular Ruhi bilan to'lib boshqarilishlariga va Xudoning shohligi ularda o'sishiga buyrug' bergan.

G'ayriyahudiy havoriysining ibodati imonlilarning birligidan keladigan umidni yoyishga maqsad qiladi. Bu havoriy osmon hursandchiligi bilan tanalarning to'liqligini va ularing hammalari Muqaddas Ruhning kuchi va umidida boy bo'lishlari uchun Muqaddas Uch Birlikning birligidagi to'g'ri haqiqatni o'rnatish uchun Tinchlik Shahzodasining tinchligini qidirgan.

IBODAT: Ey osmondagi Otamiz, biz O'g'ling Iso orqali asl Yahudiylarning im-onlilari asl G'ayriyahudiylarning imonlilaridan nafratlanmasliklariga boshqari-shingni so'raymiz; balki barcha imonlilar Iso Masihning to'lovi bilan bir bo'lgan-liklarini bilishlarini so'raymiz. Ularga Masihdagi hamma huquqlarni hadya etgin va ular Muqaddas Ruhning kuchida bir bo'lib qolishlari uchun imonda o'zaro bo'lgan tarzni bergin. Omin.

SAVOL 92: Pavlus Rim jamoatlaridagi muhim farqlarni yengib chiqishni qanday kutgan?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:16 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)