Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 076 (The Secret of Paul’s Ministry)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

3. QISMGA QO'SHIMCHA - RIMDAGI JAMOATNING NOZIRLARIGA PAVLUSN-ING HISLATIDAGI MUHIM XABARLAR (Rimliklarga 15:14 – 16:27)

2. Pavlusning xizmatining siri (Rimliklarga 15:17-21)


RIMLIKLARGA 15:17-21
17 Shunday qilib, Iso Masihga tashakkur, Men Xudo yo'lida qilgan ishlarim bilan maqtansam bo'ladi. 18 Lekin men orqali amal qilgan Masihdan boshqa narsa haqida gapirishga jur'at etmayman. Masihning O'zi majusiylarni imonga bo'ysundirish yo'lida menga yor bo'lib, so'zimu ishimga ilhom berib, 19 Muqaddas Ruhni yuborib, men orqali qudratli va ajoyib mo'jizalar sodir qildi. Shunday qilib, men Quddusdan boshlab, to Iliriya sohillariga qadar Masihning Xushxabarini tamoman yoyib chiqdim. 20 Shu bilan birga, men boshqalarning poydevori ustiga bino qurmayin, deb Masihning ismi hali tilga olinmagan yerlarda Xushxabarni targ'ib qilish uchun jon kuydirdim. 21 Tavrotda yozilgandek: “Undan xabarsiz bo'lganlar ko'rgaylar, U haqda eshitmaganlar anglagaylar”.

Pavlus xizmatlarini va g'alabalarini ulug'lab, bulardan quvondi. Biroq, u ishlari va so'zlari o'zidan emas, balki u orqali gapirgan va ishlagan va unda yashagan Iso Masihdan kelganligini o'sha ondayoq e'lon qildi. G'ayriyahudiylarning havoriysida Masihning O'zi orqali hosil etmagan balki boshqaruviga itoatkor bo'lgan, Najodkorning quli deb o'zini hisoblagan natijalar va ta'sirlar haqida gapirishga jasorati yo'q edi. Bu havoriyning hayotidagi sirdir; u “Masihda” edi. U Masihning fikrlarini fikrlagan, Masih unda ruhlantirgan narsani gapirgan va Masih unga nimani qilishga buyurgan bo'lsa shuni bajargan. Bu Havoriylar Maktubini yozishdagi qizil chiziqdir va bugunlik kunda jamoatlardagi har bir voizlikdagi sirdir. O'zini Xudoning quli qilgan Pavlusning hayotidagi tirik Rabbiy Iso Masihning maqsadi yovuz insonlarni imon orqali Masihga itoat etishlari uchun boshlash edi.

Pavlusning nutqlari va yozuvlari bu xizmat uchun yetarli emas edi; shuning uchun, u horg'in safarlarda azoblanishiga, o'zgacha ovqatlarni yeyishiga, qo'llanma ishlarni qilishiga va mo'jizalarni qilishiga to'g'ri kelgan. U uning barcha nutqlari, ishlari va mo'jizalari o'zi orqali emas, balki Ota, Og'il va Muqaddas Ruhning kuchi orqali bajo bo'lganligiga aniq dalolat bergan. Uning ta'sirli xizmatining siri uning to'liq o'zidan kechishlik va Najodkor Masihning kengayishi edi.

Pavlus Quddusdan Anatoliyaga va G'arbiy Yunonistonga xizmatining tarqashini e'lon qildi. Viloyatlarning hammasi Rim davlatiga bo'ysundirilgan va Pavlus o'zining horg'in va hatarli safarini otda yoki ot aravada emas balki piyoda bosib o'tgan. U o'zining xizmatlarida Isoga imonsiz, nodon va xudosizlarni olib kelish uchun o'zini holdan toydirgan. U xizmatining e'tibori Masihning xushxabari Isoning nomini bilmagan shaharlarga, mamlakatlarga va viloyatlarga e'lon qilinishi kerakligini tasdiqlagan. Pavlus boshqalarning poydevoriga qurishni istamagan, balki u azoblangan havf-hatar va qiyinchiliklarda hech kim uning oldiga kelmagan joylarda xizmat qilish uchun birinchi bo'lgan. Xizmati orqali, Pavlus payg'ambar Ishayoga qilingan ilohiy va'dani bajardi; “Shunda u ko'p xalqlarni tarqatib yuboradi. Shohlar U tufayli ularning og'izlarini yopadilar; ularga aytilmagan narsalarni ular ko'radilar, va eshitmagan narsalarini fikrlaydilar” (Ishayo 52:15).

Yahudiylar o'zlarini faqat Xudoning xalqidek hisoblab, bu ilohiy rejaga ishontirilmadilar. Lekin Pavlus G'ayriyahudiylar orasida xizmatining haqiqatini tushuntirib, kitobiy isbotlarda va G'ayriyahudiylarga bo'lgan Xudoning va'dalariga asos soldi.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, Iso Masih orqali Senga tashakkur aytamiz, chunki Uning sodiq xizmatkorlari o'zlarining nomlaridan gapirmasdan yoki o'zlarining kuchlari bilan ish qilmasdan, balki Masihning nomi bilan gapirib, ishladilar va Uning kuchiga erishdilar. Xizmatkorlaringni o'zlarining irodalari bilan keltirib chiqaradigan barcha so'zlar va xatti-harakatlardan ularni saqla, va ularni abadiy Masihning ruhiy tanasiga o'rnat. Omin.

SAVOL 94: Havoriy Pavlusning xizmatlaridagi sir nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:24 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)