Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 109 (Paul’s defense)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
E - PAVLUSNING QUDDUSDA VA KESARIYADAGI ZINDONBANDLIGI (Havoriylar 21:15 - 26:32)

4. Pavlusning yurtdoshlari oldidagi himoyasi (Havoriylar 22:1-29)


HAVORIYLAR 22:17-21
17 Men Quddusga qaytib kelgandan so'ng, ma'badda ibodat qilayotganimda o'zimni yo'qotib, 18 Rabbim Isoni ko'rdim. U menga: - qani, tezroq Quddusdan chiqib ket, chunki bu yerda Men uchun bergan guvohligingni qabul etmaydilar! - dedi. 19 Men: - Yo Rabbiy! - dedim. - Senga inonganlarni zindonga tashlab ibodatxonalarda urgan odam men ekanimni ular bilishadi-ku. 20 Sening shahiding Stefanning qonini to'kkanlarida men ham u yerda hozir edim. Hatto uning o'ldirilishiga rozi bo'lib, qotillarining kiyimlarini saqlab turardim, - dedim. 21 Rabbim Iso esa: - Sen keta qol! Chunki Men seni olisdagi elu xalqlarning oldiga yuboraman, - dedi”.

Pavlus inoyat Xushxabarini yoki cho'mish ramzini yaratmadi. Iso unga Uning ulug'vor shahsiga va U Xudoga bo'lgan yagona yo'lligini dalolat berish uchun unga amr berdi. Pavlus Masih unga zohir bo'lganini ma'bad hovlisida buyuk olomonning oldida dalolat berdi. Xalqlar orqali rad etilgan va xochga mixlangan Iso endi Pavlusning guvohligi orqali Muqaddas Xudoning yashash joyining o'rtasida nomoyon bo'ldi. Uning so'zlari har bir Yahudiylarning yuragiga qadaldi. Birinchi, pavlus Iso va ma'badda yashaganMuqaddas Xudo bilan birlashgan haqiqiy Xudoligiga da'vo qildi. Ikkinchi, Pavlusning guvohligi yahudiylar Uning qotillari ekanligini aniqlab berdi. Xudoning ulug'vorligini bilish uchun emas Uning O'g'lini o'ldirish uchun Yahudiylarning hammasi buzilishga hukm etilgan. Ma'baddagilarning hech biri Pavlusdan boshqasi Isoni ko'rmadilar.

Endi uning Rabbiysi Damashqda unga yaqin bo'lganidek shaxsan u bilan uchrashmadi, balki ma'badda uchrashuvda uchrashadi. Bu Masihning tirilishining ikkinchi vahiysi ham haqiqat edi. Iso shahsining ulug'vorligi haqidagi Pavlusning guvohligi uning tinglovchilarining oldida haqiqatda tug'ilgan. U hech qachon qonun masalalarini ular bilan muhokama qilmagan balki tirik Rabbiyning shahsiga guvohlik keltirgan.

Iso O'zining ruhiy quvonchi uchun xizmatkoriga O'zini ko'rsatmadi, balki barcha dunyo bo'ylab Xudoning jamoatini qurish uchun ko'rsatdi. Iso unga shunday deb buyurdi: “Shoshil! O'tirma! Quddus va azizlarning davrasini tark et. Biroq Pavlus o'jar bo'lib uzoqqa ketmadi. U Iso unga namoyon bo'lgan Xudoning yashaydigan joyiga yaqin qolishni afzal ko'rdi. Pavlus Yahudiylarga Iso tirikligini aytish uchun turib oldi va u ular uning guvohligiga ishonishlariga umid qildi. Axir Pavlus Stefanni tosh bo'ron qilish uchun hurmatli guvoh edi va u Masihiylarning qotili bo'lib tanilgan.

Pavlusning tanasi va irodasi harakatlanish uchun sekin edi. G'ayriyahudiylarga voizlik qilishni rejalashtirmagan, yoki Xudoning ahdiga butparastlarni olib kelishni xohlamagan. Lekin uning tirik Rabbiysi unga aniq G'ayriyahudiylarning oldiga borishini buyurdi. U o'zining qulay bo'lgan joyidan ko'chdi, chunki Yangi Ahd xabari barcha insonlar uchundir va bu faqat yahudiylar uchun emas. Rabbiy Isoning O'zi Eski Ahdning chegaralarini kengaytirdi va barcha insonlar uchun Xudoga boshlaydigan eshikni ochdi. G'ayriyahudiylarning asri boshlandi va inoyat Xudoning sodiq izlovchilarining hammasiga quyilishni boshladi.

HAVORIYLAR 22:22-29
22 Bu vaqtgacha Pavlusni tinglab turganlar boyagi so'zini eshitishlari bilanoq shovqin ko'tarishdi. “Bunday odamni yer yuzidan yo'q qil! U yashashga munosib emas!” - deb baqira ketishdi. 23 Ular shunday qichqirishib, ustilaridan kiyimlarini qoqib, havoga tuproq sochib turisharkan. 24 Ming boshi Pavlusga qarshi bunday baqirayotganlarining sababini bilmoqchi bo'lib, qal'aga olib borib qamchilashni buyurdi. 25 Uni tasma bilan bog'lashayotgan vaqtda, Pavlus yonida turgan yuz boshiga: - Rim fuqorosini hukm qilmay qamchilash, sizningcha, qonunga mos keladimi? - deb so'radi. 26 Yuz boshi buni eshitgach, borib ming boshiga xabar berdi: - Qarang, siz nima qilmoqchisiz o'zi? Bu odam Rim fuqorosi ekan-ku, - dedi. 27 Shunda ming boshi Pavlusning yoniga kelib: - Menga aytgin -chi, sen Rim fuqorosimisan? - deb so'radi. - Ha, - dedi Pavlus. 28 Ming boshi: - Men bu fuqorolikka ko'p pul bilan ega bo'lganman, - dedi. Pavlus:- Men hatto bu fuqorolikda tug'ilganman, - deb javob berdi. 29 Shunda Pavlusni so'roq qilmoqchi bo'lganlar darhol undan qo'l tortishdi. Ming boshi ham uning Rim fuqorosi ekanini bilgach, uni bog'lab qo'ygani uchun qo'rqib ketdi.

Yahudiylar Ibrohimning va uning urug'-avlodining Qudratlining tanloviga suyanadilar va Muso bilan Uning ahdidagi Xudoning va'dalariga qadaladi. Bu ular uchun Xudo O'zining birligiga nopok G'ayriyahudiylarni to'satdan kiritganiga ishonish imkonsiz edi. Ular qonunni, sunnatni, Dam olish Kunini va ma'bad ular bilan Xudoning huzurining kafoloti bo'lishi deb hisoblar edilar. Oxir oqibadda ular g'azabdan yonib, qimmatbaho hazinalarning hammasi foydasiz ekanligini tasavvur qilishdan va G'ayriyahudiylar qonunni saqlash uchun berilgan hech qanday ishsiz yagona imon orqali bu hamma inoyatlarni oldilar.

Bu ishonib bo'lmaydigan tasdiq Yahudiylarning tushunchasidan ketdi. Natijada ular portladilar va ular Pavlusda Xudoning dushmanini, nonko'r shakkokni va haqiqatning nomaqbul kishisini ko'rdilar. Ular uni darhol yo'q qilishni talab qildilar. Olomonning kuchayyotgan g'azabi do'zaxlarcha to'polonoga aylandi, shunda ular o'zlarining kiyimlarini yirtib, havoda tuproqqa otdilar. Biroq Pavlus turib olomonning o'rtasida himoyalanib qoldi. Yahudiylar tavba qilish uchun Masihning oxirgi chaqiruvini tushunmadilar. Iso Pavlusni odamlarning oldiga jo'natgan. Pavlus o'zini o'zi jo'natmagan. Biroq Yahudiylarning o'jar fikri Xudoning Ruhi tomon butunlay toshligicha qoldi.

Luqo o'zining yozganida, u qanday qilib Rim hukumat xizmatchilari Pavlusni Rimlik ekanini o'rganganlarida unga oqilona bo'lishganini bu kitobning qabul qiluvchisi eng zo'r Teofilga aytdi. Ular qiynoq orqali uni tan olishiga majbur qilishni maqsad qildilar. Qo'mondon Ibroniy tilidagi Pavlusning gapini tushunmadi. Biroq, u Pavlusning murojatining oqibatidek Yahudiylarning tartibsiz va yovvoyi ta'sirini ko'rdi.

Hatto Pavlusni o'lish uchun tayyorlangan bo'lsa ham, u hali ham Masihga guvoh bo'lib qolish uchun kurashdi. Pavlus huquqlaridan foydalanish uchun, va ozodligini himoya qilish uchun Rim fuqorosidek tayyorlandi. Pavlus agar u Rim fuqorosini qamchilagan bo'lsa, uni kutgan havfdan azoblanish uchun buyrug' bergan hukumat xizmatchisiga aytdi. Kimki Rim fuqorosini haqiqat jarayonisiz qamchilasa darhol o'lish uchun hukm qilingan. Shunda 1000 lab askarlarning qo'mondoni qo'rquvdan Pavlusning oldiga shoshildi, chunki u ozod Rim fuqorosini zanjirlar bilan bog'lagan edi. Biz Antoniy Qaysar to'ylaridan keyin Kleopatra bilan Tarsga tashrif buyurganida Pavlusning ota-onasi balki Rimlik bo'lganlarini havoriyning himoyasidan bilib olamiz. O'sha vaqtda u shaharning barcha yeriga Rim fuqoroligini bergan edi. Bu yorliqdan tashqari, o'tkirlangan tillar Pavlusga sanchilar edi va yer haydovchilar Isoga qilishganidek pavlusning orqasida yer haydar edilar.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Masih, biz Sendan minnatdormiz, chunki Sen qonunni saqlashsiz va faqat inoyat orqali tanlangan xalqing bo'lishimiz uchun hamma odamlarning orasidan noloyiq bo'lgan bizni tanlab olding. Bizning yetarli bo'lmagan minnatdorchiligimiz uchun bizlarni kechir va sevgida Sening oldingda ayibsiz va muqaddas bo'lishimiz uchun va barcha insonlar bilan O'zingning najotingni bog'lash uchun bizga yordam ber. Biz jim turmasdan gapirishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 109: Pavlus o'zini Iso G'ayriyahudiylarga jo'natganini aytganida nima uchun Yahudiylar g'azabdan portladilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:19 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)