Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 268 (The Appearance of Christ)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 6 - RABBIMIZ ISO MASIHNING TIRILISHI (Matto 28:1-20)

3. Masihning Zoxir bo'lishi (Matto 28:8-10)


MATTO 28:8-10
8 Ayollar qabirdan shoshib pishib chiqib, katta sevinch va qo'rquv ila yugura-yugura Isoning shogirdlariga xabar bergani ketishdi. 9 Shogirdlariga bu xabarni yetkazaylik, deb ular yo'lda ketayotganlarida, birdaniga Isoning O'zi ularning qarshisidan chiqib: - Salom! - dedi. Ular esa ro'baro' kelib, oyoqlariga yopishganicha Unga topina boshladilar. 10 Shunda Iso ularga: - Qo'rqmanglar! Borib birodarlarimga Jalilaga borishlarini, Meni o'sha yerda ko'rishlarini xabar beringlar, - dedi.
(Ibroniylarga 2:11)

Ikki ayollar qabirdan darhol yugurib kelishdi. Ularning ikkovlari ham qo'rqib hursandchilikdan qadamlari tezlashdi. Ular farishtaning so'zlariga bo'ysunib, shogirdlarning oldiga barhayot Isoning ulug'vorligi haqida ularga aytish uchun yugurdilar. Hursandchilik ularning harakatlariga qanot qo'shdi.

To'satdan ularning oldiga Isoning kelayotganini ko'rdilar. Ular to'xtab, barhayot Rabbiyning oldida U yurib kelayotgandek tikilib qaradilar. Ularning oldida turgan Zod na ruh edi, va na sharpa edi. Iso Uni xochga mixlaganlarni, va Undan qochib ketgan shogirdlarini haqorat qilgan dushmanlarini la'natlamasdan, balki tushunarli so'zlarni gapirdi. Buning o'rniga, Iso O'zining yangi tinchligini bu ayollarga berdi. “Tinchlik” hursandchilik so'zi bu Tirilish bayramining nishonlash yuragidir.

Bu ilohiy salomlashishning olamini tushunishni istaydigan kishi Xudo va inson o'rtasidagi ajralish muqaddas Xudoga qarshi gunoh bo'lgan bizning gunohlarimizning oqibati ekanini yodda tutishi kerak. Muqaddas Xudo bizning o'rtamizda turgan edi, va Uning hukmi insoniyatning tarixini bo'yadi. Biroq Iso, bizning o'rnimizga gunohlarimizning jazosini olib, xochda o'lib, bizni Yaratguvchi bilan yarashtirdi. Rabbimiz Iso Masih orqali bizda Xudo bilan tinchlik bor. “Quvonch to'la tinchlik bo'lsin” degan bu nomlanish biz har qanday kishi bilan a'loqa qilishimiz uchun eng buyuk xabardir. O'limdan tirilgan Rabbiy Xudo bilan bizning tinchligimizning garovi va isbotidir. Agar Masih qabrida qolganida edi, biz Xudo bilan haqiqatdan ham yarashganimizni bilmas edik. Biroq, Masih tirildi, va bu dalil bizga Isoning qurbonligini biz uchun to'lov kabi qabul qilganini tasdiqlaydi. U bizning o'rnimizga muqaddas o'rinbosar kabi o'lgan gunohsiz Qo'zi edi.

Masihda hech qanday nato'g'ri narsa bo'lmagan. U Otasi bilan to'la birlikda solihlikning barcha talablarini bajardi. Shunday qilib, Xudo hatto gunohkorlarni oqlasa ham, solihligicha qoldi, chunki U bizning jazolarimizni O'z O'g'lida tamomladi. Aziz do'stim, siz tirik, tirilgan Masihdagi imon orqali Xudo bilan tinchlikni qabul qildingizmi?

Masih “Sizlarga tinchlik bo'lsin” deb aytib ayollar bilan salomlashmadi. U hech kimning ustiga tinchligini majbur qilmaydi, balki U bizga tekinga taqdim qiladigan tinchligini rad etishga yoki qabul qilishga javobgar qiladi. Uning sevgisi tinchligini qabul qilish uchun bizni majbur qilmaydi, balki ozod odam kabi qabul qilish uchun bizga taqdim etadi.

Ayollar bu oralarida turgan Iso ekanini bilishganda, ular o'zlarini Uning oyoqlari ostiga otib, Unga sig'inishdi va Uni ushlashga harakat qilishdi. Iso ularni Uni ushlashdan to'xtatmadi shunda ular Iso ruh yoki sharpa emasligini balki tegib bo'ladigan jismoniy tana bilan bo'lib tirik ekanini bilishdi. Isoning ilohiyligining tushunchasi ayollarni cho'chitib yubordi. Shuning uchun, Rabbiy farishta ularga qabirda “Qo'rqmanglar!” deb allaqachon aytgan gapiga diqqatlarini tortdi. Bu buyrug' orqali, Iso bizga o'limdan qo'rqamaslikni va o'limdan keyin keladigan narsadan qo'rqmaslikni aytadi, chunki U umidimizning isbotidir.

Bundan keyin Iso “Birodarlarim” deb O'z tuyg'usini shogirdlariga eslatdi. Bu chiroyli ibora tushunchamiz ustidan ular uchun bo'lgan sevgisini ko'rsatgan. Iso azoblarida, o'limida va tirilishida bizga O'zining O'g'illigidan qatnashish uchun imtiyoz ato etdi. Uning O'g'illigiga bo'lgan imonimiz orqali, biz Xudoning bolalari bo'ldik. Barhayot Xudo bizning gunohlarimiz uchun endi biz bilan g'azablanmaydi balki O'zini Muqaddas Otamiz deb e'lon qildi. Barhayot Hukmdor bizni hukm qilmaydi balki O'zining aziz birodaridek qabul qiladi. Biz gunohkor bo'lgan va Masihning og'zidan “birodarlarim” deb hukmni eshitadigan ishonuvchilar uchun Uning inoyati qanday ulug'dir.

Iso shunda birodarlarining oldiga Jalilaga borib, ular bilan u yerda ko'rishishni istaganini farishtaning xabarini tasdiqlash uchun shogirdlarining oldiga ayollarni jo'natish bilan ularni xizmatga chaqirdi.

Shunday qilib, tirik Rabbiy bugun sizga oddiy hursandchilikni berish uchun emas, balki sizni qarindoshlaringiz va do'stlaringiz Rabbiy bilan uchrashish uchun va Uning inoyatidan tatib ko'rishlari uchun ularning oldiga sizni yuborish uchun ham siz bilan uchrashadi.

IBODAT: Biz Seni ulug'laymiz o'limdan tirilgan barhayot Rabbimiz, chunki Sen o'lik tanangni izlab yurgan ayollar bilan uchrashding va bo'sh qabringda farishtani ko'rding. Biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen Xudo va insonlar o'rtasidagi yarashuvni yaratib, tinchligingni ularga berding. Sen bizning tinchligimizsan. Sen bizlarni Samoviy Otamizning o'g'il va qizlari etib, birodarlaring qilding. Biz Seni ulug'laymiz, chunki Sen tirilishing orqali muqaddasligingni, aniq najodimizni va o'lim ustidan g'alabangni isbotlab berding. Sen bizlarni hayotning xabarchilari qilding. Biz Senda yashashni istaydigan kishiga tinchligingni aytishimiz uchun bizga hayot berding.

SAVOL:

  1. Ayollar bo'sh qabirdan qochib ketganlarida Masihning ular bilan uchrashuvidan nimani o'rgandingiz?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:50 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)