Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 100 (Risks of Preaching)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

b) Voizlikning Havf-hatarlari (Matto 10:16-25)


MATTO 10:16
16 “Mana, Men sizlarni bo'rilarning orasiga qo'ylar kabi yuboryapman. Siz ilonday ziyrak, kaptarday sodda bo'linglar.
(Mark 13:9-13; Luqo 10:3; 21:12-17; Rimliklarga 16:19; Efesliklarga 5:15)

Agar Masihning och bo'rilar o'rtasiga qo'yni yoborishi haqidagi masali haqiqat bo'lib kelganida nima bo'lgan bo'lar edi? Nima sodir bo'lgan bo'lar edi? Va qo'ylar qanchagacha tirik qolgan bo'lar edilar? Bo'rilar darhol ularni yeb bitirib, ular haqida eslatib turishga loyiq bo'lgan hech narsani qoldirishmagan bo'lar edilar.

Bu Isoga ergashish uchun hamma narsani qoldirgan shunday hatarni xizmatkorlarini ochib berishi Masihning mehrsizligiga o'xshagan. Lekin Iso buyuk kunda qo'ylari uchun olib qo'yilgan ulug'vorlik xizmat bilan birga azoblar uchun yetarli mukofot bo'lishini bilar edi. Biroq Masih ularni tashqariga yuboradi, va bu dalda beryapdi. Ularni tashqariga yuboradigan Iso ularni himoya qiladi va ular vazifalarini tugatgunlaricha ularga g'amho'rlik qiladi. Lekin ular eng yomonini bilishlari mumkin, Iso ularga aniq ular kutishlari kerak bo'lgan narsani aytadi.

Shuning uchun, Masih bizni kunimizning dunyosiga jo'natadi. Lekin biz yashasak yoki o'lsak, Masih biz uchun javobgar bo'lib qoladi. Biz yolg'iz emasmiz, U biz bilandir, Uning ismi bizning ustimizda, va Uning kuchi bizning atrofimizdadir. Isoga itoat qilganingizda va qarindoshlaringizga voizlik qilganingizda, U sizni himoya qiladi, xizmatingizga diqqat qaratadi va O'zining ilohiy donoligi bilan sizga g'amho'rlik qiladi. Havf-hatar bor, lekin Xudo ham bor, va biz Unga ishonamiz. Ularni yolg'iz tashlamaslik uchun, Masih izdoshlariga bo'rilar bilan to'lgan bu yalong'och dunyoning o'rtasida qimmatbaho maslahatini beradi.

Masih shogirdlaridan ilondek ziyrak va kaptardek sodda bo'lishlarini so'raydi. Lekin Isoning yo'lini tushunish kerak bo'lgan ehtiyotkorlik donolikni bizga tavsiya etib, bu qoida kabi olinishi har vaqt foydalidir, lekin asosan tushkunlik, qiyinchilik va azob vaqtlaridadir. Shuning uchun bo'rilar orasidagi qo'y kabi sizga havf-hatarlar oshkor qilinadi, “Ilondek ziyrak bo'ling.” Boshqalarni aldaydigan ayyor tulkilar kabi dono emas, balki faqat o'zlarini himoya qiladigan va o'zlarining havfsizligini qidiradigan ilonlar kabi bo'ling.

Masihning himoyasida, biz hayotni va uning hamma yupanchlarini saqlashimiz kerak, lekin bular isrof bo'lmasligi kerak. Bu ilon o'z boshi sinib ketmasdan, balki saqlanib qolish uchun donodir. Keling dono bo'laylik, o'zimizga va boshqalarga qiyinchiliklar olib kelmaylik va yovuz vaqtda jimlikni saqlaylik va agar biz bunga yordam berolsak, arazlamaylik.

Masih qaytib kelganida, izdoshlaridan kaptardek zararsiz bo'lishni so'raydi. Yuvosh va ehtirozsiz bo'linglar, faqat hech kimga zarar yetkazish emas balki hech kimga dushmanlik keltirmanglar. Kaptarlar kabi sodda bo'linglar. Bu har doim ilgarigiga qo'shilishi kerak. Ular bo'rilar orasiga yuborilganlar, shuning uchun ilondek ziyrak bo'lishlari kerak.

Bu ilon Shaytonni bildiradi, lekin kaptar Muqaddas Ruhni bildiradi. Shuning uchun Masihiy iblislarga qaraganda donoroq va ehtiyotkorroq bo'lishi kerak, lekin u kishi Muqaddas Ruhning muqaddasligida yovuz yoki ayibsiz bo'lishi kerak. Biz Shayton kabi aqilli bo'lmasligimiz uchun va o'zimizning uning ruhida yeb bitirmasligimiz uchun bu eslatmaga ibodat va imon kerak bo'ladi. Lekin Muqaddas Ruh biz Isoga yaqin bo'lib ergashishimiz uchun eng buyuklikkacha bizni poklasin.

MATTO 10:17-18
17 Insonlardan ehtiyot bo'linglar; chunki sizlarni adlyaga topshirib, ibodatxonlarda kaltaklaydilar. 18 Mening nomim uchun sizlarni hokimlar va podshohlar qoshiga olib boradilar, siz esa ular va turli xalqlar oldida Mening guvohlarim bo'lasizlar.
(Havoriylarga 5:40; 25:23; 27:24; 2 Korinfliklarga 11:24)

Iso shogirdlarini yuzaki qiziqish bilan voizlik qilmaslikka ogohlantirgan, chunki dunyodagi eng buyuk hatar o'rgamchak yoki yo'lbarslardan kelmaydi, balki insonning o'zidan keladi. Iso bizni yo'qolganlar oldiga mehrli sevgisida jo'natdi. U insoniylik fikri bilan aldanmadi chunki U har bir kishida imkoniyat uchun kutib turgan hayvon borligini bilar edi. Bu bizdan bizga harakatlanishi va hujum qilishi uchun sabab bo'lmasligimiz uchun ruhiy ogohlikni va donolikni talab qiladi.

Havoriylar biz Havoriylar kitobida o'qiganimizda Isoning payg'omlarining bajarilishini ko'rishgan. Har bir kichkina shaharda qonunni bajarmaydigan, ro'za tutishni buzadigan va har bir zinokorni hukm qilgan yigirma uchta odamlardan tuzilgan huquqiy sud tomonidan ergashilgan kengash bo'lgan. Ularda qonunbuzarlarni savalash uchun hukm qilishga huquqlari bo'lgan. Qamchilanishga hukmqilingan kishilar ko'ksilariga va yolong'och bo'lgan orqalariga to'rt charimli shunurdan iborat bo'lgan qamchi bilan bir kam qiriq qamchilar bilan qamchilanganlar. Shoulning o'zi Masihiylar bilan bu yo'lni qo'llaganida, ularni Masihdan tonishga majbur qilgan, lekin u imonli bo'lganidan keyin,o'zining yalang'och tanasida bu yo'l bilan qamchilanilgan. Sizning guvohligingiz tinglovchilaringizga yo oqlanish va hayotni olib keladi, yoki hukm va barbod bo'lishni olib keladi. O'zingizning fikrlaringiz haqida gapirmang, balki har doim Muqaddas Ruhning boshqaruvini ibodatingiz orqali so'rang.

Ba'zi havoriylar Iso Masihning nomiga guvohlar bo'lish uchun Rim hukmdorlari va shohlari oldida namoyon bo'lganlar. Ular Hukm Kunida ularga qarshi guvohlar bo'lishlarini rad etgan najodni ularga taqdim etganlar.

MATTO 10:19-20
19 Sizni tutib berishyotganda esa nimani aytamiz, qanday gapiramiz, deb o'ylab qayg'urmanglar. Nima aytishingiz kerakligi o'sha onda sizlarga uqtiriladi. 20 Chunki o'zlaringiz emas ichingizdagi Otangizning Ruhi gapiradi.
(Chiqish 4:12; Luqo 12:11-12; Havoriylarga 4:8; 1 Korinfliklarga 2:4)

Siz Masihning dushmanlaridan qo'rqasizmi? Ha, ular yolg'on bilan to'lganlar, boshidan qotil bo'lgan, yolg'onchilarning otasi orqali majbur qilinganlar. Lekin hayot agasi Rabbiy Masih siz uchun turib beradi. U sizning qo'rquvingizni aniq yengib chiqadigan, vasvasada sizga dalda beradigan, sizga imonni tasdiqlaydigan va siz orqali Isoning ismini ulug'laydigan Haqiqat Ruhini sizga beradi va sizga yordam beradi. Siz o'zingizni himoya qilishingiz shart emas. Yuragingizda Rabingizning ovozini tinglang. Hukmdorlaringiz yoki dushmanlaringizga qarshi g'azablanmang; samoviy Otangizning Ruhi ularga donolik bilan javob berish uchun sizni boshqaradi.

Siz Muqaddas Ruh orqali Ota va O'g'ilning guvohi etib tayinlanasiz. Ota sizni yangiladi, O'g'il sizni qutqardi, va sizdagi Muqaddas Ruh abadiy kuchdir. Butun yuragingiz bilan Qudratliga ishoning. O'zingizning fikringizga ishonmang. Sizni himoya qiladigan va tanqidiy soatlarda sizni ruhlantiradigan Otangizdir.

Masih izdoshlariga ular shunday havf-hatarda o'zlarini qoldirib qo'ymasligini, balki Xudo ular va'da etilgan ehtiyotkorligidek, ularda gapirish uchun donolik Ruhini yuborishini tasdiqlagan. Osmondagi Otamiz ularga faqat aniq nuqtagacha gapirishni emas, balki muqaddas ilhom bilan gapirish qobilyatini ham beradi. Voizlikda ularga yordam bergan xuddi shu Ruh to'siqlarda ham ularga yordam bergan. Ular Musoga, “bor, Men senga nima deyishingni o'rgataman va sening og'zing bo'laman” (Chiqish 4:12) deb aytgani kabi, shunday oqlovchisi bo'lib keladilar.

IBODAT: Yagona Xudo bo'lgan Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh biz Seni ulug'laymiz, chunki Sen bizni aniq bir shahodatga chaqirding. Iltimos bizning gapirishdagi shashqaloqligimiz uchun va to'liqsiz donoligimiz uchun bizni kechir. Biz Muqaddas Ruhingning ovozini tinglash orqali va U bizga gapirganlari haqida gapirishimiz orqali Seni ulug'lashimiz uchun namunanga bizning onglarimizni ochgin. Gunohlarimizdan bizni poklagin va hayotimizda Sening qutqaruving bizni poklashi uchun kamtarlik va yumshoqlik ruhi bilan bizlarni to'ldir. Bizdagi qo'rquvni yengib, sevgi mehring bilan bizlarni to'ldir.

SAVOL:

  1. Bizning dushmanlarimiz kimlar va Iso bular haqida bizga qanday va'da beradi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 09:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)