Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 119 (Moving to Sidon and Then to Crete)
This page in: -- Albanian? -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
F - KESARIYADAN RIMGA SUZISH (Havoriylar 27:1 - 28:31)

1. Sidonga va Keyin Kretga Ko'shish (Havoriylar 27:1-13)


HAVORIYLAR 27:1-13
1 Italiyaga suzib borishga qaror qilinganda, Pavlus va boshqa ba'zi mahbuslarni Avgust polkidan Yuli ismli bir yuz boshiga topshirdilar. 2 Biz Asiya sohillari bo'ylab suzadigan Adramit kemasiga o'tirib jo'nadik. Biz bilan birga Salonikadan kelgan makedoniyalik Aristarx ham bor edi. 3 Ertasi kuni Sidon shahriga kelib to'xtadik. Yuli Pavlusga insoniy muomila qilib, do'stlarining yoniga borib tirikchilik ehtiyojlarini qondirishga ruhsat berdi. 4 U yerdan yana jo'nab, shamol ro'paradan esgani uchun Kipr orolini panalab suzib o'tdik. 5 Kilikiya va Pamfiliya qarshisidagi dengizdan o'tib, Likiyadagi Mira shahriga keldik. 6 Yuz boshi u yerda Italiyaga ketadigan iskandariya kemasini topib, bizni unga o'tqizdi. 7 Ancha kun juda qiynalib suzib, Kinido'st shahrining Qirg'og'iga zo'rg'a yetib bordik. Shamol qirg'oqqa yaqinlashishimizga imkon bermadi. Shunda Salmon burnini aylanib, Krit orolini panalab suzib o'tdik. 8 Krit qirg'og'i bo'ylab mashaqqat ila suzib, Go'zal bandargohlar degan joyga keldik. Laseya shahri bu yerga yaqindir. 9 Endi oradan ko'p vaqt o'tib, hatto Ro'za kuni ham kechgan, suzib borish esa yanada havfli bo'lib qolgan edi. Shuning uchun Pavlus yo'ldoshlariga maslahat berib: 10 “Erlar, ko'rayapmanki, suzishni davom ettirish yuk va kema uchungina emas, o'z jonimiz uchun ham havf – hatarli bo'ladi”, - dedi. 11 Lekin yuz boshi Pavlusning so'zlaridan ko'ra kema haydovchisiga va darg'aga ko'proq ishonar edi. 12 Pristan qishni o'tkazishni moslashtirilmagani uchun, ko'pchilik yo'lovchilar u yerdan jo'nab ketishga va iloji bo'lsa, Kritning Finik portiga borib, qishlashga qaror berishdi. Finik janubi – g'arb va shimoliy tomonlardan esadigan shamollardan panada edi. 13 Hafif janub shabadasi esa boshlaganda ular o'zlarini maqsadimizga erishdik deb hisoblab, langar ko'tarib jo'nadilar va Krit sohili bo'ylab suzib ketdilar.

Uzoq ikki yil o'tdi, Pavlus hali ham zindonband edi. Pavlus bu yilni ibodatlar bilan, fikrlashlar, maktublar va odamlar bilan yuzma-yuz gapirishlar bilan to'ldi. Oxirida hokim Pavlusni Rimga jo'natdi. Uni dabdabali kemada hurmat bilan jo'natishmadi, balki o'zlarini och sherlardan va yirtqich hayvonlardan himoya qilishlari kerak bo'lgan ot o'yiniga otilishi uchun Rimga bog'langan qullarni, mahbuslarni jo'natilgan Rimlik bo'lmagan boshqa bilan birga bir mahbusdek jo'natishdi.

Pavlus yolg'iz emas edi. U Luqo va sodiq Aristaxr bilan edi. Endi biz birinchi shaxsda ko'plikda “biz” degan xabarlarni yana bir bor Havoriylar Kitobida o'qiymiz. Azizlarning birligi azoblarda va qiyinchiliklarda tugamadi, balki o'lim havflarida chuqur tomir otdi. Pavlusning zindonbandligining ikki yili mobaynida Luqo tirik guvohlardan o'zining Xushxabari va Havoriylar Kitobi uchun tafsilotlar to'pladi. U Masihning tuzilgan so'zlaridan matinlarni nusxa qildi va o'zining havfli va uzoq safari mobaynida o'zi bilan bu qimmatbaho, yagona hazinani olib yurdi. U namlanib ketishdan saqlash uchun ichida saqlagan Xushxabarida, so'zlarida yoki xabarlarida o'zi haqida eslatib o'tmagan. Bu Rimga borishdan ularga halal bergan barcha to'siqlarni ibodatlari orqali yengib o'tib, sevgi birligida birga uch kishi qanday to'plaganini ko'rish dalda edi.

Ular Masihiy jamoat yashagan Sidonga dengiz bo'ylab ketishdi. Kesariyada kishanband etilgan payitda, Pavlusni bilib unga ishongan mehribon Qaysar Pavlusga kemani boshatishyotgan payitda, qirg'oq bo'ylab borib, do'stlarinikiga tashrif buyurishiga erkinlik berdi. Pavlus o'sha vaqtda Rim tuzumiga ko'ra bir askar bilan qo'li zanjirband etilgan bo'lishi mumkin. Biroq bu zanjir Pavlusga to'liq Xushxabarni voizlik qilish uchun halal bera olmadi.

Ular Anatoliya tomon suzishganda, shamol kemaga qarshi esishni boshladi. Yelkan qimirlay olmas edi va buklanib qoldi, kema shamolga qarshi yurolmadi. Ular berkilgan va o'ralgan yelkandan yordam olmasdan oqim bilan suzishlariga to'g'ri keldi. Ular olis Rim tomon ularni yo'naltirish uchun shamolsiz Kipr Tog'lari ostida suzib bordilar. Oxiri ular mahbuslarni saqlagan, bug'doyni Rimga jo'natyotgan katta suzish kemasini topgan Anatoliyadagi Miraga yetib kelishdi.

Bu kemaning taxtasida odatdagidek yuklar to'la bo'ldi, chunki bu poytaxt non va o'yinlar, mustamlakalardan orzon non, va qon daryosi to'kilgan ot o'yinida qullar o'ynashini talab qilgan. Bu tarzda, Qaysarlar o'zlarining qoidalarida ularga yordam bergan Rimdagi dangasa olomonni qondirdilar. Bugun biz ba'zi mamlakatlarda odatlanib qolgan shunday asosni topamiz: olomon uchun ko'p non, hordiqni yengish uchun ajoyib o'yinlar.

Yovuz ruhlar Rimga Xushxabarning yoyilishiga qarshi bo'layotgandek, shamol ham yo'lda Pavlusning oxirgi safariga qarshi edi. Do'zahning nafrati Pavlusga va uning sheriklariga hujum qilishga tayyor edi. Havoriy unga qarshi bo'lgan zulmatning to'planishini sezdi. U qiyinchilik kelishi haqida oldindan aytdi va hukumat xizmatchisini, ustozni va kemaning egasini safarni davom ettirish haqida ogohlantirdi, ular “Haqqoniy Osmonlar” deb nomlangan Krit orolidagi oddiy portga yetib kelishdi.

Saqlash Portlari o'zining haqiqatiga hammasi zidma-zidlikda edi. Kemaning himoyasidagilar bu qish bo'ronlari tomon ketishni anglatganmi yo'qmi Rimga suzib ketish rejalarisiz ketdilar. Lekin ular qishlashni yolong'och qishloqda emas, balki qulay shahrda xohladilar. Shunda ularga yoqimli bo'lib ko'ringan mayin shamol esishni boshlaganida suzib ketdilar. Haqiqatdan ham bu yovuz shaytonning ruhlari orqali inson yuklari va kemaning yuklarini yo'q qilib, dengiz ostiga ularni tortish uchun undan bo'lgan vasvasa edi. Iblis faqat Xushxabarga halal berishni xohlamaydi, balki mehr-shavqatsiz Masihning hamma xabarchilarini yurib, yo'q qilishni xohlaydi.

IBODAT: Ey Rabbiy, bizning qalblarimiz va do'stlarimizning qalblari barbod bo'lmasligi uchun har doim Sening ovozingni eshitishimiz uchun bizga yordam ber. Omin.

SAVOL 119: Rimga borish uchun bu safarda birga borgan Xudoning uchta kishisi kimlar edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 09:27 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)