Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 073 (Apostolic Council at Jerusalem)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)

B - QUDDUSDAGI BUYUK KENGASH (HAVORIYLAR 15:1-35)


HAVORIYLAR 15:6-12
6 Havoriylar va oqsoqollar bu masalani muhokama qilish uchun yig'ildilar. 7 Ancha munozaradan keyin Butrus o'rnidan turib, ularga xitob etdi: “Erlar, birodarlar! Sizlarga ma'lumki, majusiylar Injil Xushxabarini mendan eshitib, imon keltirsinlar deb, Xudo ancha vaqt avval orangizdan meni tanlagan edi. 8 Qalblarni bilgan Xudo bizga bergan Muqaddas Ruhini ularga ham ehson etib, shu bilan ularni ma'qul topganini tasdiq etdi. 9 Ular bilan bizning oramizni hech qanday farq bilan ajratmasdan, imon keltirishlari orqali ularning ham dillarini tozaladi. 10 U holda, sizlar nima uchun Xudoni sinab, na otalarimiz, na bizlar ko'tarib borolmagan bo'yinturuqni Iso shogirdlarining bo'yniga yuklamoqchisizlar? 11 O'zimiz birgina Rabbimiz Isoning inoyati bilan najot topishga ishonganimiz kabi, ular ham xuddi shunga ishonishadi”. 12 Shunda butun jamoat jim bo'lib, Barnabo bilan Pavlusga quloq solib turdi. Ular esa Xudoning o'zlari orqali majusiylar orasida bajargan barcha ajoyib va mo'jizakor ishlarini ayta boshladilar.

Hamma a'zolarning huzurida bo'lgan umumiy uchrashuvdan keyin, jamoat oqsoqollari yopilgan o'tirishda yana bir bor uchrashishdi. Ularning maqsadlari ibodat orqali va Payg'ambarlar va Qonunga chuqur kirib borish orqali xushxabarni va qonunning masalasi haqida aniqlikni topish edi. Bu o'tirish uzoq edi va Yangi Ahddagi inoyat in'omlari va Eski Ahdning talablari o'rtasidagi buyuk farqni so'rab-surishtirish bilan qizidi.

Bu farqning haqiqatini tushunmagan kishi Injilni yuzaki o'qiydi. Biroq, Butrus, munozaraning oxirida Muqaddas Ruhning boshqaruvi ostidagi najotimizning negizlari haqidagi o'zining e'lonida jasurlik bilan o'rnidan turdi. U Xudo G'ayriyahudiylarning oldiga borish uchun Pavlusdan so'ramaganini ta'kidladi. Balki, Uning irodasi bajo bo'lib, G'ayriyahudiylarga xushxabarni e'lon qilish uchun undan to'g'ridan-to'g'ri talab qilgan. Natijada ko'pchilik ishondi. Ularning imonlari faqat mavhum qabul orqali isbotlanmadi. Bu Iso xochda sotib olgan najotni qabul qilib, va Unga ular to'la yuraklaridan voz kechganlari orqali o'zini ko'rsatdi.

Xudo Muqaddas Ruhning muhrlashining shahodati orqali Isodagi imonni tasdiqlaydigan va yuraklarni qidiradigan Jabbor Xudodir. Masihdagi har bir haqiqiy imonli yo'q bo'lib ketadigan qog'ozda yozilgan shahodatni emas balki Isoni sevadiganlarning yuragida yashaydigan Muqaddas Ruh bilan muhrlangan, Xudodan bo'lgan aniq shahodatni qabul qiladilar. Pavlus Efesliklarga yozgan: “Siz ishonib, va'da qilingan Muqaddas Ruh bilan muhrlangansizlar.”

Yahudiylar uchun va G'ayriyahudiylar uchun boshqa-boshqa Muqaddas Ruh yo'q. Barhayot Isoni qabul qilgan Yahudiy G'ayriyahudiy imonlidek bir hil kuch bilan yashaydi. Imonlilarning o'rtasida hech qanday irq, jins, yosh, madaniyat va mol-mulkning farqi yo'q. Biz hammamiz tabiatdan gunohkor bo'lganimizdek, Masihda hamma bir. Har bir imonli Masihning qoni orqali oqlanib poklangan. Muqaddas Ruh to'liq poklanishsiz hech kimda yashamaydi, chunki Xudoning Ruhi va gunoh yurakda birga bo'la olmaydi. Sizning yuragingizda qaysi biri yashaydi, Masihmi yoki yovuz gunohmi?

Putrus Xudoning erkin ishi haqidagi shahodatini davom ettirdi. U barcha huquqshunostlar Xudoning rejasiga qarshi bo'layotgan Uning tergovchilari bo'lishini e'lon qildi. Agar bu qounnsiz G'ayriyahudiylarni qutqarish uchun Muqaddas Ruhning maqsadi bo'lganida, birorta jonzod Xudoning irodasini bajarishdan Unga halal bera oladimi? Xudoning sevgisi bizning fikrlarimizdan buyukroqdir, va bu bizning tushunchamiz naridan yuradi.

Butrus bu himoya bilan qonunni “og'ir yuk” deb nomlagan, Iso bizni qutqarib, shunday deganidek: “Ey og'ir yuk ostida horib tolgan hammalaringiz, Mening oldimga keling, Men sizga orom beraman.” O'zining kuchi bilan Musoning Qonunini bajarishni istagan kishi Xudoning: “Muqaddas bo'linglar, zero Men muqaddasman” degan amrining imkonsizligi orqali pachaqlanadi. Hech kim Xudodek muqaddas bo'la olmaydi, chunki qonun xizmatida muqaddaslikni qidirganni to'la chulg'ab oladi.

Masih Eski Ahdning bo'yintrug'idan butunlay bizni qutqarib oldi, va O'zining yengil bo'yintrug'ini bizning bo'ynimizga soldi (Matto 11:30). Masihning O'zi buni biz bilan tortadi. Biz ilohiy bo'yintruqsiz yashay olmaymiz, chunki bu bo'yintrug' Xudo va Masih bilan bizning birligimizning ramzini bildiradi. Biz yengil bo'yintrug' bo'lgan Yangi Ahdda U bilan birlashganmiz. Biz U qayerga borsa boramiz, va qayerda to'xtasa to'xtaymiz. U biz bilan birlikda O'zining kamtarligi va yuvoshligi orqali bizni o'zgartiradi.

Butrus Quddusda huquqshunostlarga na ular na xudojoy otalari amalda qonunni bajara olmaganlarini aniqlab berdi, chunki hamma kuchsiz, yovuz va Xudo bilan birlik uchun noloyiqdir. U shunday deb, o'zi ham o'zi haqida yovuz va yaxshilikdan uzoqda ekanligiga dalolat berdi. Bu asosni farqiga bormagan kishi, hanuz Masihning farqiga bormagan. U boshqa oyog'i bilan Yangi Ahdga kirish uchun harakat qilyotgan payitda, bitta oyog'i hali ham Eski Ahdda turibdi.

Butrus bu tan olishdan keyin barcha Yangi Ahd bayonlarining misolini gapirdi. U Ruhning aniqligida Masihiy jamoatning belgisiga guvohlik berdi. Najot ishlar, ibodatlar, tug'ri hulq, xayr-sadaqa, ziyorat qilish, sunnat qilish yoki udumlar orqali emas, balki Iso Masihning qonining inoyati orqalidir. Biz Uning qoni va sodiq homiylik orqali Xudoning oldida oqlanamiz. Biz imkonsiz bo'lgan dushmanlarimizni sevishga va Xudoning xizmati uchun muqaddas bo'lib buni amalda qilishimiz uchun bizni jadallashtiradigan kuchni olamiz. Ayniqsa, biz Qiyomat Kunida qilgan ishlarimizga ko'ra hukm bo'lishimizga va barbod bo'lishimizga ishonmaymiz. Biz umidimizni Uning inoyatiga to'la qo'yamiz. Bizning o'tmishimiz, hozirgi va kelajagimiz faqat komil inoyat, kuch bag'ishlayotgan inoyat bo'lgan kechirim inoyatiga ta'luqlidir. Mana, biz hursandchilik bilan shunday deb dalolat beramiz: “Uning kamolotidan biz hammamiz marhamat ustiga marhamat oldik.” (Yuhanno 1:16)

Muqaddas Ruh orqali yetaklangan Butrusning bu shahodatidan keyin, farziy birodarlarning hech biri bir so'z aytishga jur'at etmadi. Ularning hech birlari Xudoni sinashni xohlamadi va hech birlari najot poydevori kelishiga o'xshab qonun marhamatidagi inoyatni qoldirishga jur'at etmadilar.

Barnabo Pavlusga ergashib, u Asiya Minoridagi Masihning zafarli yurushining tafsilotlarni va Iso qanday qilib O'zining ajoyib mo'jizalar va ajoybotlar bilan qutqarish irodasini tasdiqlaganiga yana bir bor dalolat berdi. Butrus bu uchrashuvda xizmat safarlari haqida gapirib berish uchun hurmatli Barnaboga yo'l berib, kamgap edi. Bu guvohlik bilan Barnabo Pavlus va jamoat tomon oxirgi sevgi xizmatini e'lon qildi. U Yahudiy Masihiylari va boshqa G'ayriyahudiylar ajralgan jamoat bo'lmasliklari uchun bu ikki guruhni birga qo'shib qo'ydi.

Tirilgan Masih Muqaddas Ruh orqali jasoratlilik bilan davom etishi uchun havoriylarni boshqardi. U yerdagi hammalarining fikrlari qunun haqida to'la tushunchani tushunishga qobilyatsiz bo'lib, kelishmovchilikka sho'ng'ishdi. Shuning uchun Masih ularning tushunishlarning darajasini emas, ularning qarori uchun Muqaddas Ruhdagi ularning vijdonlari va tajribalarini yaratish orqali bu ikki kelishmayotgan guruhni birga olib keldi. Bu havoriylar ularning yuraklarini Muqaddas Ruhning ovoziga qattiq qilib qo'ymadi. Ular Yangi Ahdning talabiga bo'ysunishdi va umidlarini faqat inoyatga bog'lashdi.

IBODAT: Ey Rabbimiz Iso Masih, Sen jamoating uchun shamdondek xushxabar belgisini o'rnatib, bu tanqidiy kengashda havoriylarning yuraklarini boshqarganing uchun minnatdormiz. Biz o'zimizni oqlashimiz uchun Yahudiy qonuniga chekinmasdan balki Sening qoninga ishonishimiz orqali Qiyomat Kunida inoyat taxtiga harakat qilishimiz uchun bizga yordam ber. Muqaddas Ruhing biz Sening bolalaringmiz deb bizning ruhimizga shahodat bergani uchun minnatdormiz.Omin.

SAVOL 73: Butrusning va'zining mavzusi bo'lgan bayoni nima edi? Masihiy jamoat nima uchun buni najotning negizidek hisoblashdi?

ESLATMA: Bu Havoriy Butrusning bayoni Havoriylar Kitobining yuksalishidagi cho'qqilarning biri deb hisoblanishi kerak. Haqiqatdan ham bu uning ruhiy markazidir. Ayniqsa, bu bir hil bo'lishidan oldin va keyin jami so'zlarning soni bilan bu muhim kitobning o'rtasidadir. Holbuki, bu oyat Havoriylar Kitobidagi Butrusning oxirgi e'lonidir. Bu uning va'zining yig'indisini va tojini belgilaydi. Endilikda Luqo Butrusning hayoti haqida hech narsa eslatib o'tmaydi. U haqiqiy najotning negizidek yakunlovchi inoyat xushxabarni tushuntirib, jamoat xizmatidek o'zining lavozimini to'la bajardi.

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:27 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)