Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 066 (Preaching in Antioch)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 2 - G'AYRIYAHUDIYLAR ORASIDA VA'Z HAQIDAGI MA'LUMOTLAR VA ANTIOXIYADAN RIMGA BO'LGAN JAMOATLARNING NEGIZI.Havoriy Pavlusning Xizmati Orqali Muqaddas Ruh bilan Yuklatildi (HAVORIYLAR 13 - 28)
A - Pavlusning Birinchi Targ'ibot Safari (Havoriylar 13:1-14:28)

3. Anatoliyaning Antioxiya shahrida Voizlik qilish (Havoriylar 13:13-52)


HAVORIYLAR 13:26-43
26 Ey erlar, birodarlar, ey Ibrohim naslidan bo'lganlar va orangizdagi barcha Xudodan qo'rqqanlar! Bu Najotkor haqidagi xabar endi sizlargacha yetib keldi. 27 Quddusda yashovchilar bilan ularning rahnamolari Isoni tan olmadilar. Uni o'limga mahkum qilib, har shanba kuni tilovat qilinadigan payg'ambar so'zlarini o'zlari bajo keltirdilar. 28 Unda o'limga loyiq hech bir ayib topolmagan holda, Pilatdan Uni o'ldirishni so'radilar. 29 U haqida yozilgan butun oyatlarni shunday bajo keltirishgandan keyin, Uni yog'ochdan tushurib qabrga qo'ydilar. 30 Lekin Xudo Isoni tiriltirdi. 31 Iso O'zi bilan birga Jaliladan Quddusga borganlarga ancha kunlar davomida ko'rinish berib turdi. Endi ular xalq oldida Uning guvohlari bo'lib qolganlar. 32 Bizning sizlarga yetkazayotgan Xushxabar ham shu: Xudo otalarimizga bergan va'dasini 33 ularning bolalari bo'lmish bizlar uchun Isoni tiriltirish orqali amalga oshirdi. Zabur kitobining ikkinchi sanosida yozilganidek: “Sen Mening O'g'limsan, Seni bugun tavallud ettirdim”. 34 Isoni tiriltirish va aslo chirishiga yo'l qo'ymaslik haqida esa Xudo zaburda yana shunday degan: “Men Dovudga va'da qilgan duolarimni Sizlarga muqarrar etib bergayman” 35 Shuningdek, boshqa bir oyatda ham: “O'z Azizingning chirishini ko'rishga yo'l qo'ymaysan”, - degan. 36 Dovud Xudoning amri bilan o'z nasliga xizmat qilganidan keyin vafot etdi va ota-bobolari singari ko'milib, uning tanasi chirib ketdi. 37 Biroq Xudo tiriltirgan Isoning tanasi chirishni ko'rmadi. 38 Endi ey birodarlar, mana shu sizlarga ma'lum bo'lsinki, ushbu Iso nomidan gunohlaringiz kechirilishi e'lon qilinmoqda. 39 Sizlar Musoning Qonuniga amal qilib, oqlanishingiz mumkin emas edi. Endi esa Iso Masihga ishongan kishining har qanday gunohidan Xudo o'tadi. 40 Faqat ehtiyot bo'linglar, yana payg'ambarlar kitobida aytilgan bu so'zlar sizlarning boshingizga tushmasin: 41 “Ey xor qiluvchilar, qaranglar, Hayratda qolib halok bo'linglar! Siz yashayotgan kunlarda Men bir ish qilamanki, Uni sizlarga biron kishi aytib berganda edi, Unga hech inonmas edingizlar”. 42 Bundan so'ng Pavlus bilan Barnabo yahudiylarning ibodatxonasidan chiqib ketishdi. Xaloyiq ulardan bu haqda kelgusi shanba kuni yana so'zlashni iltimos qildi. 43 Jamoat tarqalgandan keyin, yahudiylardan va Xudodan qo'rqib yahudiy diniga kirganlardan ko'pginasi Pavlus va Barnaboning orqasidan ergashdilar. Ular bu kishilar bilan suhbat qurib, Xudoning inoyatiga tayanib, imonda mahkam bo'lishga ishontirishardi.

Pavlus Ibrohimning bolalari va Xudoning qidiruvchilariga murojat qilib va to'g'ridan-to'g'ri jo'natilgan najot xabari haqida dalolat berib samimiylik bilan o'zining suhbatining asosiy qismini boshladi. Suvga cho'mdiruvchi Yuhannogacha bo'lgan barcha payg'ambarlar Xudoning va'dalarining bajo bo'lishini kutishgan. Hozir esa najot to'la amalga oshdi va buni eshitganlar tushunishlari uchun toyyordir.

Pavlus xalqining Isodan yuz o'girishi haqida tilini tiyib turmadi, va Quddusdagi Yahudiylarning Oliy Kengashining nohaq hukmini yashirmadi. U ularning g'alayonini, itoatsizligini va insofsizligini ayib, jinoyat va buyuk gunoh deb atadi. Ular Muqaddas Ruhning ovoziga bo'ysunishmadi. Ularning Rim hokimiga Isoni topshirishlari va Uni xochga mixlashni talab qilish uchun odamlarni gijgijlashlari orqali payg'ambarlar orqali aytilgan Oliy Kengashning yovuz hukmi amalga oshdi. Pavlus tinglovchilariga Iso Yahudiylar xohlagani uchun o'lmaganligini balki bashoratga ko'ra hamma narsa aniq sodir bo'lganligini isbotlab berishga qiziqqan edi. So'zda hech narsa sodir bo'lmaydi balki Xudoning irodasiga ko'ra bo'ladi. Xoch bizga insonlar Xudoning irodasini bajarishni istaganidan qat'iy nazar ular gunohkor ekanligini ko'rsatib beradi. Har doim Xudoning sevgisiga qarshi bo'ladi.

Odamlar dunyoning Najotkorini o'ldirishganda Xudoning kuch-qudrati tugab qolmadi. Taolo O'g'lining o'limi orqali jahongirdan ham kuchliroq bo'lib ko'rsatilgan, chunki U Isoni qabirdan tiriltirgan. Pavlus o'zining suhbatida to'rt marta Isoning tirilishi Xudoning buyuk ishi ekanligini eslatib o'tgan. Xochga mixlangan Iso jinoyatchi bo'lib o'lmadi balki U hardoim Xudoning rejasi bilan birgalikda qolgan. Masihning o'limdan tirilishi Pavlusning xabarining mustahkam burchak toshi edi. U Iso O'zining xochga mixlanib o'limidan keyin O'zining tanadan tirilgan ruhiy haqiqatiga tirik guvoh bo'lgan shogirdlariga ko'p marta ko'ringaniga dalolat berdi.

Pavlus tirilish asosida Xudoning abadiy, muqaddas va ulug'vor O'g'li bor degannini Eski Ahddan aniqlab berdi. Mana Xudo Isoning Otasi edi. Xudo Uni tamug'dan chiqarib O'zining ulug'vorligiga ko'tarib Unga sodiq qolishda davom etdi. Payg'ambar va buyuk shoh bo'lgan Dovud bu hamma ulug' payg'omlarni eshitgan. Lekin o'zi uchun bularni qabul qilmagan. Uning tanasi qabrda qolib ketgan. Bu tana chirib, o'zining tuprog'iga qaytgan. Butrus Elliginchi kunda Zabur 17:10 va Havoriylar 2:27 dagi payg'omlar Iso Masihda ularning bajarilishini tasdiqladi. Pavlus Antioxiyada Muqaddas Xudoning O'g'li uchun buzuqlikni ko'rish mumkinligiga dalolat berdi.

Xudoning muqaddasligi va hayoti Inson O'g'lidagi hayot edi. Shuning uchun o'limdan tirilgan Iso bir tarafdan boshqa hamma Xudoning in'omlari oqib chiqadigan favvora edi. Bu havoriy tirik Iso bizning gunohlarimizni kechirishiga dalolat berdi. Hech kim qonunni bajarish bilan oqlanmaydi, balki Zafarli Isoga ishonishni davom ettiradigan kishi oqlanadi. Bu ishonishni davom ettirish imonni, to'g'rilikni va oddiylikni anglatadi. Masihga ishongan kishi oqlanadi, muqaddaslanadi va abadiy yashaydi. Siz haqiqatdan ham Unga ishonishni davom ettiryapsizmi?

Xushxabar uni qabul qilish yoki rad etish qarorini talab qiladi. Shunday qaror najotga yoki bag'ritoshlikka, abadiy hayotga yoki abadiy o'limga boshlaydi. Pavlus allaqachon o'zining ko'p tinglovchilariga ularni uning so'zlariga ishonmasliklarini chunki bular imkonsiz bo'lib ularga ko'rinishini aytgan edi. (Habakkuk 1:5) payg'ambar Habakkuk bashorat qilib aytgani to'g'ridir. Xudo inson yuragining hayoli va fikridan tashqari buyuk ish qiladi, shunda ko'plar haqiqatdan Xudo qilgan ishiga ishonishmaydi.

Uchrashuv yakunida taklif qilingan Pavlus va Barnaboni ularga najot xabari haqida ko'proq gapirib berishlari uchun kelgusi Shanba kuni kelishlarini haloyiq so'raydi. Pavlus va Barnaboning so'zlari ularning miyyalarini qimirlatib ularni ruhiy xohish bilan to'ldirdi. Yahudiylarning ba'zilari va Xudodan qo'rqqanlar inoyat orqali najot haqida ko'p soatdan beri ular bilan suhbatlashgan joydan uylarigacha ular bilan birga borishdi. Bu havoriy inson o'zi kuchi bilan hech narsaga qodir emasligini aytib, inoyat najot poydevori ekanligini va xushxabar huquqshunost qonun emasligini namayon qilib berdi. Xushxabar bizga kechirimni taklif qiladigan Xudoning ishi haqida dalolat beradi. Masihning hayoti va kuchi butun yuragi bilan Isoga ishonganlarga tekin beriladi.

IBODAT: Bizning osmondagi Otamiz, Sen O'g'ling Isoni o'limdan tiriltirib, bizning barcha gunohlarimizni kechirganing uchun Senga shukur aytamiz. Biz Sening kuchinga, ishinga va zafaringa dalolat berishimiz uchun najot xabaring bilan miyyalarimizni to'ldirib bizni O'g'ling bilan birlashtir. Omin.

SAVOL 66: Pavlus Isoning tirilishi haqida nimani voizlik qildi? Uninig Isoning tirilishiga asosan aytgan xushxabari nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:28 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)