Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 049 (First Meeting Between Paul and the Apostles)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

7. Quddusdagi Pavlus va Havoriylar O'rtasidagi Birinchi Uchrashuv (Havoriylar 9:26-30)


HAVORIYLAR 9:26-30
26 Shoul Quddus shahriga yetib borgach, u yerdagi Iso shogirdlariga qo'shilib, inoqlashishga urindi. Lekin uning Iso shogirdi bo'lganiga hech kim ishonmay, undan qo'rqishardi. 27 O'shanda Barnabo Shoulni havoriylarning huzuriga boshlab keldi va uning yo'lda Isoni qanday ko'rib, Iso unga nima deb so'zlaganini, Damashqda Isoning nomi bilan qanday dovyuraklik bilan va'z aytganini ularga aytib berdi. 28 Bundan keyin Shoul endi ular bilan birga yuradigan bo'lib, Quddusda Rabbimiz Isoning nomi bilan qo'rqmasdan targ'ibot qilar edi. 29 Yunon tilida so'zlashuvchi yahudiylar bilan ham suhbatlashib bahslashardi. Ular esa Shoulni o'ldirish payiga tushdilar. 30 Imonli birodarlari buni eshitgach, Shoulni Kesariyagacha kuzatib, tarsga jo'natishdi.

Luqo havoriylarning hayot tarixini va barcha narsalarni to'liq yozmagan, biroq uning yozuvining umumiy mavzulariga hissa qo'shgan odamlarning tajribalarini yozgan. Uning tarixiga qaraganda ko'proq yozilgan belgi havoriylar harakatlarining tartibi emas edi, lekin Quddusdan Rimga bo'lgan xushxabarning rivojlanishining ta'rifi edi.

Doktor Luqo Pavlus Damashqdan uchib o'tganidan keyin nima qilgani haqida bir so'z ham yozmagan. Uning Gallatiyaliklarga (1:17-24) maktubida havoriy u Arabistonda bundan keyin uch yil qolganligini yozgan. U u yerda qo'llari bilan mehnat qilib, xushxabarni voizlik qilib, Arab tilini o'rgangan bo'lishi mumkin. Biz uch yil mobaynida nima sodir bo'lgan va qayerda bilmaymiz. Pavlus u yerda jamoatlar topkanmi? U Yahudiylar Oliy Kengashining josuslaridan o'zini yashirganmi? Yoki u Arab mamlakatlarida Eski Ahdning a'zolariga voizlik qilganmi?

Biz u uch yildan keyin Quddusga borganligini va u yerda havoriylar bilan aloqa qilishga harakat qilganligini bilamiz. Afsuski, kech kim uni ko'rishni xohlamagan, chunki ular haligacha hukm qilingan Masihiylarni o'ldirishga yordam berganligini eslashar edi. Ba'zilar uning Damashqqa yaqin uning o'rinsiz suhbati jamoatning markaziga kirishi yolg'on, havoriylarni qo'lga oladi va ularning Isolarining harakatini to'xtatib qo'yadi deb o'ylashgan bo'lishi mumkin. Mana Masihga qaytib kelgan aziz birodarlar, agar Shoulning boshidan o'tganidan boshqacha biror narsa sizning boshingizdan o'tmasa hayron bo'lmang. Masihiylar sizni qabul qilmasligi mumkin yoki sizga ishonmasligi mumkin. Ular hatto sizdan qo'rqishlari mumkin. Xuddi o'sha vaqtda sizni oilangizdagilar va sobiq do'stlaringiz quvg'in qilishadi. Bu o'zgarish vaqt mobaynida, Rabbingizdan imon imtihonidek bo'lgan bu qiyinchiliklarni qabul qilishingizga to'g'ri keladi. Siz shunday qilishda Unga to'la ishonishni o'rganasiz, chunki Muqaddas Bitikda bizlarga aytganidek, o'zini kuchiga va insonga ishongan kishi la'natidir. Iso O'zining xizmatchisini tark etmadi, balki unga yordam berish uchun Kipritlik imonli Barnobaning yuragiga buni soldi. U jamoatning sobiq quvg'in qiluvchisi bilan aloqa qilib, uning shahodatini eshitdi va bu sobiq dushmanga ishondi. U Damashqqa yaqin tirilgan Iso unga ko'ringaniga ishondi va uning o'zgarganligiga ishonch hosil qildi. Bundan keyin u Shoul va havoriylar o'rtasida fikr yuritish uchun qadam bosishga jur'at etdi. U Shoulning yonida turib imondagi boshqa birodarlar bilan birlik eshigini unga ochdi. Barnoba jamoat va yangi imonlining o'rtasida ko'prik bo'ldi. Xudo ham sizning oldingizda birodarlarni turg'izadi va sizga ishonchni joylashtiradi va sodiqlik bilan sizni hursand qiladi. Biroq ogoh bo'ling, ular sizning qutqaruvchingiz emas. Faqat Masih Najodkor, Rabbiy va sizni himoya qiladigan Masihdir. Siz faqat Unga ishonishingiz kerak.

Shoul Rabbiy unga ko'ringanini va u ko'zlari bilan Uning ulug'vorligini ko'rganini Butrus va Yoqubning oldida dalolat berdi. Shoul ichki borlig'ini teshib o'tgan Isoning ovozini eshitdi. Bundan keyin u Damashq yo'lida jasurlik bilan uni chaqirib unga topshiriq bergan kishidek Isoning ismini voiz qilib ketdi. Yahudiylar shu ish tufayli uni quvg'in qilib, uni o'ldirish uchun do'q-po'pisa qildilar. Bu dovyurak shahodat va uzoq suhbatlar orqali ishonch aloqasi G'ayriyahudiylarning birinchi havoriylari va yangi havoriylari o'rtasida o'rnatildi.

Ular jamoat a'zolariga qilgan uning uqubatlarini, ko'z yosh to'kkanligini va orqada qolgan qotillik gunohlarini kechirib yuborishdi. Ular Shoulni Rabbiy ularni kechirgani kabi uni ham kechirishdi. O'sha kunlarda Masihning kishilarining o'rtasida o'rnatilgan aloqa mustahkam bo'lib qoldi, hatto solihlik, qonun va najod haqidagi asosli savollar inoyat orqali jamoatning poydevorini qimirlatib yuborgan bo'lsa ham. Shoul havoriylar bilan uchrashgan vaqt mobaynidagi bu qisqa o'n besh kun Masihiylarning rivojlanishi uchun buyuk muhimlik haqida edi. Aks holda, u yerda G'ayriyahudiy Masihiylar va Yahudiylarning bo'linishi bo'ldi. Havoriylar Masihda, bir ruhda va bir kuchda bir bo'lib birga yashashdi.

Xuddi o'sha vaqtda qonunda gapirilgan Pavlus Stefanni qo'lga tushirgan ziyoli Yunon Yahudiylari bilan suhbatlashishni boshladi. U ularning yolg'on e'tirozlarini isbotlab, Qonundan ularga Iso va'da qilingan Masih va Xudoning O'g'li ekanligini ko'rsatdi. Natijada ular Pavlusni o'ldirishni maqsad qilib g'azablandilar. Ular uni shavqqatsizlik bilan yo'q qilishdan boshqa hech narsaga loyiq bo'lmagan hoindek hisobladilar.

Havoriylar va jamoat a'zolari jamoat yana bir bor qattiq quvg'inga tushmasligi uchun Pavlus jo'nab qolishiga turib oldilar. Ular janubiysharq Osiyo Minorining viloyati bo'lgan Tars shahriga uyiga qayiqda suzib keldilar va Kasarya shahar dengiz portiga u bilan hamroh bo'ldilar. Pavlus ahamyatli vaqt uchun u yerda yashashni davom ettirdi. U Suriyada atrofidagilarga xushxabarni voizlik qilishni boshlagan bo'lishi mumkin, hatto u yerda bu xizmatning hisobi bo'lmasa ham (Gallatiyaliklar 1:21).(Galatians 1:21).

IBODAT: Ey Rabbim Iso, Sen sof imonlilarning poydevori, himoyachisi, va umidi bo'lganingdan minnatdormiz. Imonda yoshlarni o'zlarining imonlarining bitiruvchidek va muallifidek faqat Senga qarashlarini o'rgat. Omin.

SAVOL 49: Shoulning sobiq do'stlari quvg'in qilganda, jamoatga uni tan olishmagan payitda, Iso unga qanday qilib dalda berdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)