Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 042 (First Persecution of the Christian Church at Jerusalem)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

1. Quddusda Masihiy Jamoatning Birinchi Quvg'in bo'lishi va Imonlilarning Samariya bo'ylab tarqalishi (Havoriylar 8:1-8)


HAVORIYLAR 8:1-3
Stefanning o'ldirilishini Shoul ma'qullagan edi. O'sha kunning o'zida Quddusdagi imonlilar jamoatiga qarshi keskin quvg'in davri boshlandi. Havoriylardan boshqa hamma Yahudiya va Samariyaning har hil joylariga tarqab ketdilar. Ba'zi dindor odamlar Stefanni ko'mib, u uchun katta yig'i qildilar. 3 Shoul esa imonlilar jamoatini talon-taroj qilar edi. Uyma-uy yurib, erkakmi, xotinmi, hammani sudrab qamoqxonaga berar edi.

Tinglovchilar Stefan gapirgan kufrlikni ochiq bo'lishini hisoblaganlari tufayli g'azabga to'lgandilar. Ular uning homiylik ibodatini eshitib, yana battar g'azablandilar, chunki bu kufr qiluvchi inoyat va shavqat uchun yalinmadi. Jahli chiqqan qonunchilar Masihiy bo'lgan Yunon Yahudiylarining uylariga shoshildilar. Ularning maqsadlari Masihiylar ham Stefanga o'xshab Quddus xalqiga mexribonlik bilan, mantiqan va tartib bilan voizlik qilishni boshlamasliklari uchun ularni barbod qilish edi.

Bosh ruhoniylar odamlar orasida nafrat uyg'otishdi va juda g'azab o'tini sochishdi. Urf odat sinib borgani tufayli g'azab kuchayib ketdi. Sezilgan barakalar tufayli eski g'araz ginalar va rashklar yana qo'zg'alyotgandi. Ota-onalar bolalaridan ketishdi, erlar xotinlaridan ajirashdi, va yosh kishlar o'zlarining tul qolgan onalaridan olindilar.

Shoul rashkchi va aqidaparast edi. Unga Isoning nomunosib bida'tini yo'q qilish uchun Yahudiy oliy kengashidan obro'li hujjat berilgan. Gamaliyelning maslahatida endi izohning narhi yo'q edi. Har bir qonunni va sajda marosimlarini bilmagan Yahudiy ta'qib qilingandi.

Shoul erkaklarni ham ayollarni ham agar Masihni tark etishmasa qamoqqa, qamchilatishga va o'limga ham topshirish uchun tashidi. Butrus keyinroq ko'z yosh bilan sodiq qolgan imonlilarni o'limdan tirilgan Isoga qarshi kufrlik qilishga majbur etib Masihiy jamoatni quvg'in qilganini tan oladi. U shavqatsizlarcha qonunni tutib, o'jarlik uni ko'r va sevgisiz qildi. Bu, u sevgi qonunning bajarilishi ekanini sezmasdan xuddi jinga chalingandek edi. Buning o'rniga u qilich bilan Xudoga xizmat qildi va u shunday qilishi bilan yovuz bo'lganiligidan xabari yo'q edi.

Masihiylarning ko'plari qo'shni o'lkaga qochib o'tdilar. Ular g'orlarda yashashdi, uzoq qishloqlarga qochib ketishdi va hatto o'ldiradigan dovuldan panoh topish uchun nafratlanilgan Samariyaga qochib o'tishdi. Odamlar ulardan shunday deb so'rashdi: Nima uchun sizlar jonsarak bo'lib kiyimsiz va oziq-ovqatsiz qochib ketyapsizlar? Ular javob berishdi: Biz Masihni sevamiz va dushmanlarimizni sevamiz shuning uchun bizni quvg'in qilishyapdi. Mana ular o'limdan tirilgan Iso haqidagi xushxabarni odamlarga aytishdi. Masih Quddusda O'zining jamoati qulab, buzilishiga ruhsat berdi.

Yovuz dushman qo'rqib yoyilib ketgan jo'jalarning ustiga ko'k osmondan burgutga o'xshab pasga tushdi. Mana xushxabar Masihning talabiga asosan Quddusdan har bir Yahudiya qishlig'iga, va Samariya va boshqa xalqlarga ma'lum bo'ldi. Masihning zafarli jarayoni hech qachon to'xtamaydi. Bu Masih qayta kelgunicha har bir tilga, qabilaga va dunyoning oxirigacha davom etaveradi.

Hamma Masihiylar ham Quddusga qochib ketishmadi, chunki u yerda qolgan havoriylar Najodkorlari uchun o'lishga tayorgarlik ko'rgandilar. Ular qarilar va tullar bilan qolishdi va yiqilganlarga dalda berib, yetim va g'ariblarga qarashdi. Havoriylar sodiq cho'ponlarga o'xshab namoyon bo'ldilar. Ular o'zlarining najot topishlarini qidirishmadi, biroq ayniqsa yovuz kunlarda o'zlarining podalariga qarashdi. Balki havoriylar ular qo'llari bilan shifo topgan ko'p do'stlarining orasida o'zlarini yashirishgandur. Bu havoriylarni quvg'in qilishmagan bo'lishi mumkin chunki ular qonunni va marosimlarni bajaradigan, o'zlarining ibodatlari orqali ma'badni e'zozlab yahudiylarga sodiq qolganlar va Stefandek boshqa qutilgan Masihiy birodarlarga o'xshamaganlar.

Quddusning hamma odamlari Masihiylarga qarshi g'azablanishmagan. Balki bu Muqaddas Ruhi bor kishilarning oxirgi izlarini qirishni maqsad qilib barcha ko'chalarni qidirgan oliy kengash ning qattiqqo'l sheriklar bilan emasdi. Ular Iso Masihning ismini endi eslamasdan ko'rishga qattiq turib oldilar. Bu baqir-chaqirdan qat'iy nazar Stefanni toshbo'ron qilishni ma'qullamagan ko'p sodiq Yahudiylar birga uchrashishdi. Ular mexribonlik bilan Stefanning tanasini olib borib, u uchun qattiq yig'lab ko'mishdi. Ular bu nohaqliklar tufayli Xudoning g'azabi ularning va shaxarlarining ustiga tushishini ko'rishni xohlamadilar. Ular yer yuzida Xudoning farishtasidek ularga xizmat qilgan sevgi kishisi va haqiqat tarafdori bo'lgan kamtar xizmatkorni sevishdi. Bu sodiq kishilar xushxabar ruhiga yaqin edilar, hanuz ular ommaviy Masihiylikka qo'shilishga jur'at etmadilar.

Aziz birodar, siz quvg'in soati kelganda azob chekishga tayyormisiz? Yoki siz qochib ketishni afzal ko'rasizmi? Diqqat bilan sizni qadamma qadam boshlashni xohlaydigan Muqaddas Ruhning ovozini eshiting. Jafokashlik bilan azoblanish orqali O'g'ilni ulug'lashning hojati yo'q. Balki U sizdan qayerlardadir Uning guvohi bo'lishingizni xohlar. Shuning uchun diqqat bilan Xudoning ovozini eshiting. Siz o'zingiz uchun o'ling, shunda Masihga xizmat qilasiz va U uchun yashaysiz.

IBODAT: Ey Tangrim, Sen mening Borlig'imsan. Men kuni tun o'zim uchun yashamasdan Senga xizmat qilishim uchun menga yordam ber. Men faqat so'zda emas balki hatto o'limgacha va Sening sevgingni yaxshi hatti-xarakatga o'zgarishi orqali ham menga yordam ber. Menga mexr ko'rsatib Sening sevgingning hamma dushmanlarini duo qilgin. Omin.'

SAVOL 42: Quddusdagi Masihiylarning quvg'in davomidagi eng ahamiyatli hodisa nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:32 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)