Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 035 (Description of the Days of the Patriarchs)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)
21. Stefanning himoya nutqi (Havoriylar 7:1-53)

a) Otalarning Kunlarining ta'rifi (Havoriylar 7:1-19)


Havoriylar 7:9-16
9 Otalar g'arazga to'lib, Yusufni Misrga sotdilar. Lekin Xudo u bilan birga edi. 10 Xudo Yusufni butun qayg'ularidan xalos qilib, unga xikmat berdi, uni Misr podshohi Fir'avinning himmatiga sazovor etdi. Fir'avn uni Misr va butun saroyi ustidan hokim qilib qo'ydi. 11 Undan so'ng butun Misr va Kan'on o'lkalari bo'ylab qahatchilik yuz berdi-yu, buyuk qayg'u davri boshlandi. Otalarimiz oziq-ovqat topmaydigan bo'lishdi. 12 Yoqub Misrda bug'doy borligini eshitib, birinchi galda otalarimizni u yerga jo'natdi. 13 Ikkinchi gal borganlarida esa, Yusuf aka-ukalariga o'zini tanitib qo'ydi. Shu yo'sinda Yusufning avlodi Fir'avinga ma'lum bo'lib qoldi. 14 Yusuf ham xabar yuborib, Otasi Yoqubni va yetmish besh nafardan iborat butun urug'-aymog'ini chaqirtirib oldi. 15 Yoqub Misrga bordi. O'zi va otalarimiz u yerda qazo qildilar. 16 So'ngra jasadlari Shakam shahriga keltirilib, shakamlik Hamo'r o'g'illaridan Ibrohimning kumush pulga sotib olgan maqbarasiga dafn etildilar.

Stefan ilohiy ma'ruzasi bilan o'zining xudojo'yligini himoya qilmadi yoki u gapdonlik bilan gapirmadi. Balki, u hamma xalqning bolalari yoddan bilgan Kalomiy imon haqida oliy kengashning tergovchilari oldida dalolat berdi. U o'zining xalqining tarihiy xodisalarini ipidan ignasigacha hammasini qaytarib o'tmadi, balki Yangi Ahdning mazmunini tasdig'ining maqsadi uchun namoyon bo'lgan muhim narsani va Iso Masihning shaxsini aniqlab berishni tanladi.

Stefan ishga emas, inoyatga asoslangan va Masihda bajarilgan, yangi ahd haqida zikr qilib, sunnat ahdi orqali va inoyat orqali Xudoning Ibrohimni tanlashiga nazarini qaratdi. Keyin u Masihning ramzi ekanligini ko'rsatib, buni Yusufning hayotidan aniqlab berdi.

Uning akalari unga hasad qilishdi, chunki hatto u yosh bo'lsa ham akalari ko'p narsani boshlaridan kechirishgan bo'lsa ham Otasi unga marhamat ko'rsatib, u bilan muomala qilgan edi. Shuningdek, Masihdan ham odamlar orasida O'zining tajribaga ega bo'lgan akalari nafratlanib, Unga hasad qilishdi. Uning osmondagi Otasi Unga kasalliklar, yovuzliklar va o'lim ustidan g'oyatda kuchni berdi, shunda olomon mamlakatga Nasroniylik Muallimning oldiga shoshilishdi. Ular Quddus shahrining poytaxtidagi bosh ruhoniylar va xattotlarga qaraganda ko'proq Uni hurmat qilishdi.

Yusufning o'nta akalari uni bog'lab chuqurga tashlab keyin uni orzon narxga Bedoyin karvoniga sotib yuborishganiga o'xshab, xalq otalari Masihni Rimliklarning qo'llariga Uni o'ldirish uchun topshirishdi, va Uni barbod qilib, tamug'ga tashlashdi. Yusufning akalari unga qarshi nafratlanib, uning eng oliy joyigacha yetib borishganiga o'xshab, Yahudiylar Isodan nafratlanib, hatto xochga mixlashgacha yetib borishdi.

Bu o'zga joyda hanuz Xudo Yusuf bilan edi. Xudo o'limda Masih bilan ham birga edi, chunki Xudo Masihni o'limdan tiriltirdi va yana hayot ato etdi. Fir'avin, Yusufni ikta sinovdan keyin shohlikda ikkinchi kishi qilib tayinlab va o'zining barcha xonadoni ustidan hokim qilib uni yuksaltirganiga o'xshab, Xudo ham Isoni O'zining o'ng tarafiga o'tqazib, Unga osmonda ham yerda ham butun hokimyatni berib yuksaltirdi. Hatto bizning kundalik nonimiz ham Uning qo'llaridan keladi, chunki hamma ulug'vorlik Unga bo'ladi shunday degan: Mensiz hech narsa qilolmaysizlar (Yuhanno 15:5).

Akalari o'zlarining hurmatga sazavor bo'lgan ukalaridan uzoqda bo'lishgan va Yusufni bilishmagan. Lekin Yusuf ularni bilar edi, va Yusuf o'zini kimligini ularga bildirmasdan birinchi uchrashuvlarida ularga yordam berdi. Ikkinchi uchrashuvlarida Yusuf o'zining ulug'vorligi bilan o'zini ularga ochib berdi. Uning akalari uni yo'qotish uchun sotib yuborgan bug'doy bilan taminlayotgan va Misr ustidan hokimlik qilayotgan kishi o'zlarining ukalari ekanligini ko'rganlarida qo'rqib ketishdi! Stefan yana bir bor Iso O'zini tosh bag'ir xalqining oqsaqollariga ko'rsatishini xohlagandi. U ular azoblagan va rad etgan Isoga sajda qilish uchun titroq va qo'rquv bilan yerga muk tushishlariga umid qilgan edi.

Qo'rquv bilan Yusufning akalari tavba qilib otalarining oldiga qaytib borishgandek, Stefan ham yetmishta oliy kengash oqsaqollari ulug'vorlikda ko'tarilgan bizning Ukamiz bo'lgan Uning O'g'li barhayot beb xalqlariga aytish uchun qaytib borishlariga umid qilgan edi. Biz Uni o'ldirdik, lekin Xudo Uni tiriltirishni xohlab ulug'vorlikka Uni ko'tardi. Biz hammamiz yovuzmiz, lekin keling hammamiz butunlay va yurakdan chiqarib tavba qilaylik! Yoqub va uning oilasining yetmish besh nafar kishisi birga kelganiga o'xshab, Stefan ham hamma Yahudiylar Isoning oldiga kelib, Uning oyoqlariga yiqilib Unga sajda qilishlariga umid qilgandi. Ulug' hukmdor bo'lgan Yusuf otasining oyoqlariga yiqilib, uni o'pib va Fir'avinga uni tanishtirganiga o'xshab, Masih ham ulug'langan yo'l bilan O'zining buzilgan xalqining oldida bosh egib, ularni poklab va muqaddaslab, samoviy Otasiga ularni tanishtiradi.

Biroq, Stefan kar bo'lgan quloqlarga voizlik qildi. Hukm qiluvchilarning yuraklari qatib ketdi. Ular Muqaddas Ruhning rahimdil ovozini eshitmasdan, Yoqub Ibrohimning qabriga ko'milgan deb aytib, bu gapiryotgan kishining so'zlarida xatoni kulib eslatib o'tishdi. Rostan ham Ibrohim o'zining sotilgan mulkidagi Hebronga qo'yilgan, holbuki Yoqub Nablusga yaqin bo'lgan Shehemga ko'milgan. Stefanning vaqtida bu matinlarning izohlari va har hil hikoyalari bo'lgan bo'lishi mumkin. Biz Stefanning shahodatida qanday hukm chiqaruvchilar Stefanning shahodatiga halal berishmaganini, yoki ular uning xatosi muhim bo'lishini yoki tekshirishga loyiq deb hisoblashmaganligini eslatib o'tamiz. (Ibtido 23:16-17; 23:18; 50:13; Ishaya 24:32).

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, bizga O'zingni yagona O'g'lingni jo'natib va Unda O'zingni ulug'vorligingni e'lon qilganing uchun minnatdormiz. Bizning toshbag'irliklarimizni kechirgin va biz hatto o'zga yerda bo'lsak ham biz orqali ishlab, bizda yashashing uchun bizlarni Muqaddas Ruhing bilan to'ldirgin. Omin.

SAVOL 35: Yusuf qanday Iso Masihning turidan edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)