Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 030 (The Apostles before the High Council)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

17. Havoriylar Oliy Kengash oldida (Havoriylar 5:26-33)


HAVORIYLAR 5:26-33
26 Murshabboshi xizmatkorlari bilan birga borib, ularni olib keltirdi. Xalq bizlarni toshbo'ron qilar, deb qo'rqqanlari uchun ularga zo'rlik ishlatmadilar. 27 Havoriylarni olib kelib, Oliy Kengash huzurida turg'izib qo'yishdi. Oliy ruhoniy ularni so'roq qildi: 28 – Bu ism asosida ta'lim bermanglar, deb sizlarga qattiq taqiq qilmaganmidik? Mana, ta'limotingiz bilan Quddusni to'ldirib yubordingizlar va bu Odamning qonini bizning bo'ynimizga tushirmoqchisizlar, - dedi. 29 Butrus va boshqa havoriylar bunga javoban: - Odamlardan ko'ra Xudoga ko'proq itoat qilish kerak. 30 Sizlar yog'ochga osib o'ldirgan Isoni ota-bobolarimizning Xudosi tiriltirib qo'ydi. 31 Isroil xalqi gunoh qilishdan qaytib kechirim topsin, deb Xudo Isoni yuksaltirib, O'zining o'ng tomoniga o'tqazib, Sarvar va Xaloskor qilib qo'ydi. 32 Bizlar bu ishlarning guvohlarimiz. Shuningdek, Xudoga itoat qilganlarga nasib bo'ladigan Muqaddas Ruh ham guvohlik qilmoqda, - dedilar.

Xudo dushmanlarini sevadi va bizning tasavvurimizga qaraganda yovuzlarga inoyatlidir. Bu eshitish o'n ikki havoriylar ovozlari orqali aytilgan tavba qilish uchun chaqiruvga qaytdi. Bu hamma Yahudiy hukmdorlari uchun Tangrilariga qaytishga chaqiruv edi. Bu faqat tergov qo'mitasi uchun emas, balki butun kengash uchun ham chaqiruv edi.

Ma'bad boshlig'i borib yumshoqlik bilan Masihning elchilariga u bilan kengashga borishlariga o'tindi. Ular u bilan bog'langan jinoyatchilarga o'xshab borishmadi, balki xurmatli va ozod odamlardek borishdi. Ma'bad boshlig'i ularni qo'lga olishga jur'at qilmadi, chunki u odamlar Xudoning xabarchilarining qo'llab-quvvatlashdagi g'alayondan va posbonlarni toshbo'ron qilishadi deb qo'rqqan edi. Havoriylar ma'bad mirshabiga jon deb ergashdilar.

Yetmishta oqsaqollar oliy ruhoniyning uyida birga to'plandilar. Oxirgi kelgan kishi sabrsiz edi, uning yuragi nafrat, g'araz va yovuzlikka to'lgan edi. Bu kishi kasofatlarning g'alati zindondan chiqib ketishgani odamlarning javobgarliklari oldida menga uyat olib keldi deb g'azablandi. Havoriylar uning oldiga kelishganda ularni so'kib shunday deb so'radi: ''Nima uchun sizlar biz Isoning nomini tilga olmanglar deb buyursak ham Isoning nomini o'rgatishda qattiq turib oldingiz? Bizning qattiq buyrug'larimizdan qat'iy nazar, o'zingizning ahmoqona aqidangiz bilan butun Quddus shaxrini to'ldirdingiz. Sizning rejangiz hech narsa emas, balki odamlarning oldida bizni haqorat qilish va ozor berishdir va bizlarni nohaq bo'lgan hukmlovchilar qilishdir, xuddi Iso solih biz esa jinoyatchilardek. Bu Nasroniylik Kishi hech narsa emas, balki yolg'onchi va shakkokdir. U o'lgan va Uning tanasi yerga qo'yilgan, va biz Undan dam oldik. Lekin sizlar oliy kengashni mazxara qilishni, bizni haqorat qilishni va yolg'on va xurofat bilan bizga qarshi jinoyat qilishni tanladingiz.

Butrus va boshqa havoriylar o'rnilaridan birga turib, Muqaddas Ruh orqali boshqarilib, botirlik bilan shunday deb aytishdi: Biz kashf qilingan masallarga, yoki yovuz maqsadlarga ergashmaymiz, balki biz Xudoning vahiysini olganmiz va holbuki biz shahodatimiz orqali Tangriga itoat qilamiz. Biz sizlarga itoat qilishimiz mumkin emas, chunki Xudo sizlardan buyukroqdir. U bizning Tangrimiz. Agar biz Uning haqiqatlari haqida gapirishdan tilimizni bog'lab olsak bizning holimizga voy! Agar biz gapirmasak, lablarimiz kuyib ketadi. Biz Xudoning to'g'ri vahiysi bilan gapiryapmiz.

Keyin oqsaqollar ulardan shunday deb so'rashgan: Sizga bo'lgan Xudoning vahiysining qanoati nima? Havoriylardan biri yaxshi javob berdi: ''Bizda Isoning o'limdan tirilgani haqidagi haqiqatdan boshqa vahiy yo'q. U bizlarga ruhga o'xshab ko'rinmadi, balki Xudo Uni tanada tiriltirdi, chunki Iso hardoim va abadiy Xudo bilan bo'lgan va Xudo U bilan bo'lgan.

Keyin hukmdorlardan biri baqirdi: Sizlar xuddi biz Xudoning dushmanlari ekanligimizdek gapiryapsizlarmi? Butrus jasurlik bilan va ishonch bilan javob berdi: '' Solih bo'lgan Isoni hukm qilgan sizlar, boshqalar emas. Sizlar hukmdor Pilatni Isoni xochga mixlash uchun majbur qildingiz. Ha, sizlar Masihni o'ldirdingizlar, sizlar Xudoning dushmanisizlar. Iso muqaddasdir, va nopok kishilarning qo'li bilan Uni la'natlangan xochga mixladingiz.

Hukmlovchilarning orasida tishlarini g'ijirlatishlaridan qat'iy nazar, havoriylardan birlari gapirishni davom ettirdi: Xudo Isoni faqat o'limdan tiriltirmadi, balki U O'zining o'ng tarafiga Isoni o'tqazdi. Xudo Isoni jamoatning boshi va butun dunyoning Najodkori qilib qo'ydi. Isoning O'zi Undagi Xudoning hislatlari bo'lgan Tangridir. U siz kutgan Masihdir, va U Xudoning o'ng tomonida yashaydi, ilgari sizga aytganidek: Keyin Inson O'g'li Xudoning o'ng tomonida o'tirganini va osmondan bulutlar ustida kelayotganini ko'rasizlar.

Kengash a'zolari buni eshitishganda, ulardan ba'zilari sakrash uchun tayyor bo'ldilar. Holbuki, ular havoriylarning qolgan muhofazalarini kutib, g'azab bilan qaltirab, o'zlarini ushlab turdilar. Ulardan biri so'radi: Sizning Tangringizga sajda qilishimiz uchun bizlarni chaqirishga qaraganda nima ko'proq qolyapdi? Shogirdlardan biri javob berdi: ''Rosdan ham, Iso sizlarni rad etmaydi, biroq U sizlarni tavbaga chaqiradi. Iso Isroil xalqining hammasining qaytishini kutadi, chunk U SEVGIdir. Iso sizni gunohingizni kechirish uchun tayyorlandi. Unga keling, chunki Uning shavqati sizning nafratingizdan buyukroqdir. Agar siz haqiqatdan ham tavba qilsangiz, Xudo sizni kechiradi.

Hayajondan u yerda turganlarning orasidan ba'zi kishilar baliqchilardan shunday deb so'rashgan bo'lishi mumkin: Qayerdan siz bir vaqtning o'zida hukmlovchilaringizni ayiblab va kechirimni taqdim qilish uchun yuzsizlik qilib shunday jur'atni oldingiz? Siz kimsiz va o'zingizni kim deb o'ylaysiz? Sizlar o'zlaringiz xudolarmisiz?''

Muqaddas Ruh sinov tuzog'iga, mag'rurlik va kufrlik tuzog'iga tushmasliklari uchun shogirdlarni boshqardi. Shunda, ular javob berishdi: Biz faqat Isoning tirilishiga va Uning osmonga ko'tarilganligiga guvohlarmiz holos. Muqaddas Ruh bizda yashaydi, chunki biz yuqoriga ko'tarilgan Masihdagi imonlilarmiz. Bu Muqaddas Ruh bizning bilimimiz haqiqatligini va biz Xudo bilan birlikda yashashligimizni tasdiqlaydi.

Oqsaqollaqdan biri ustilaridan kulib shunday dedi: Sizlar Muqaddas Ruh haqida bilimsiz kishilardek qanday tushundingiz? Bu kishi o'sha zahotiyoq samimiy savoliga javob oldi: ''Xudo faqat Uning so'ziga bo'ysungan kishiga va Masihning vahiysini qabul qilgan kishiga O'zining Ruhini beradi. Ishonmagan kishi halok bo'ladi, chunki u shahodatidagi Muqaddas Ruhga bo'ysunmaydi. Barcha gunoh kechiriladi, biroq Muqaddas Ruhga qarshi bo'lgan gunoh hech qachon kechirilmaydi.

Havoriylarning bayonining har biri ilohiy haqiqatning nayzasiga o'xshab yetmishta oqsaqollarning yuraklarini teshib o'tdi. Qadr-qimmatlariga shikast yetgan obro'li a'zolarning ko'plari o'zlarining haqoratlanishlaridan qahrlari keldi. Ular havoriylarni shakkoklar, jinoyatchilar va maqtanchoqlar deb hisoblab, ularni yutish uchun sakradilar. Havo qorong'ulashib ketdi. Jahannam Masihiy jamoatning sardorlarini toshbo'ron qilib yutib yuborish uchun ularga hujum qilishga tayyor edilar.

IBODAT: Ey Tangrim Rabbim Iso, Sen barhayotsan. Biz Senga O'zingni havoriylaringa kuch va botirlik berganing uchun sajda qilib Seni ulug'laymiz. Bu tanqidliy vaziyatda ular Sendan tonmadilar, aksincha haqiqating shohidlik keltirdilar. Bizga ham sinov payitlarida hatto o'limgacha Senga sodiq qolishimiz uchun yordam ber. Omin.

SAVOL 30: Havoriylarning hukmlovchilariga qarshi himoyalarining qaysi joyi sizga yoqdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:34 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)