Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 020 (Peter’s Sermon in the Temple)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)

10. Ma'badagi Butrusning va'zi ( Havoriylar 3:11-26)


HAVORIYLAR 3:17-26
17 Endi birodarlar, boshliqlaringiz kabi sizlar ham bu ishni bilmasdan qilganingizni bilaman. 18 Xudo-ku barcha payg'ambarlar og'zi ila Masihning azob chekishini oldindan xabar qilgan edi va O'z so'zini ana shu yo'sinda bajo keltirdi. 19 Shunday qilib, gunohlaringizning o'chirilishi uchun tavba qilinglar va Xudoga iltijo etinglar, 20 toki Xudo sizlarga farog'at kunlarini baxsh etsin va azaldan tayinlagan Iso Masihni oldingizga yuborsin. 21 Garchi, Xudo qadimdan beri muqaddas payg'ambarlar og'zi bilan bildirgan borliqni tuzatish vaqti bo'lmagunga qadar, U osmonda qolishi kerakdir. 22 Muso payg'ambar ota-bobolarimizga gapirib degan: Rabbingiz bo'lgan Xudovand sizlarga birodarlaringiz orasidan men kabi bir Payg'ambar zohir bo'lgay. Butun ishlarda sizlarga nimaiki gapirsa, Unga quloq solinglar. 23 O'sha Payg'ambarga quloq solmagan har bir jon o'z xalqi orasidan qirib tashlangay. 24 Shuningdek, Shomuil payg'ambardan boshlab, undan keyin gapirgan butun payg'ambarlar ham bu kunlarga qarata bashorat qilganlar. 25 Sizlar esa payg'ambarlar vorislari, Xudo ota-bobolaringiz bilan qilgan ahdning vorislarisizlar. Xudo: Yer yuzidagi barcha xalqlar sening naslingdan baraka topadilar, - deb ibrohim bilan ahd tuzgan edi. 26 Shunday qilib, Xudo har biringizni yovuz ishlaringizdan qaytarib, barakali qilay, deb O'zining O'g'loni Isoni tiriltirdi va birinchi galda sizlarga yubordi''.

Butrus bezovtalangan Yahudiylarning oldida hukm qiluvchidek turmadi, balki u hatto ular qayta tug'ilmaganini bilsa ham ularni birodarlar deb atadi. Balki Iso ularga hayot berish uchun tayyor bo'lib, Muqaddas Ruhni ustilariga yog'dirib, xochda ularning hamma gunohlarini kechirdi. Bu va'da faqat ular uchun emas edi, balki ishonganlarning barchasi uchun edi. Butrus allaqachon ularni kutayotgan najot ulardagi Xudoning inoyatining maqsadlarini ko'rsatib, ularni noumidlikka tushib qolishlarini tasdiqlagan edi.

Shogirdlarning yo'l boshchisi Isoning xochdagi vositali o'limining kuchini va U Ota ularni kechir, chunki ular nima qilyotganlarini bilmaydilar deb ibodat qilganini ochib berdi. Bu Yahudiylarning va ularning yo'l boshchilarining hafagarchiliklarini ahamiyati uchun chuqur aniqlik edi. Butrusning og'zidan chiqqan so'z uning tajribasidan kelib chiqqan edi, chunki uning oldingi Isodan voz kechganligi va kufr keltirganidan qat'iy nazar o'limdan tirilgan Iso uni oqladi. Butrus o'zining yaxshi hatti-xarakatlari va toza hulqi tufayli emas va yashiringan gunohlaridan qat'iy nazar u inoyat orqali kechirildi. Butrus shaxsan o'zining boshidan kechirganlari orqali rag'batlantirildi. U Iso Masihning inoyatini ochiqchasiga va aniq qilib ochib berdi. U butun haqgo'ylik va samiymilik bilan tinglovchilarining yuraklariga sanchib ularga allaqachon aniqlab bergandi. Muqaddas Ruhning e'tiqodi va hukmidan keyin tavba qilgan imonlilarga tozalanish va mo'l-ko'l yupanchi keladi.

Butrus Isoning tirilishidan keyin Uning so'zlarini o'ta qiziqish bilan eshitdi. Butrus dunyo faqat Masihning azoblari orqali saqlanib qolishligini va bundan boshqa yo'l yo'qligini tushunib yetdi. Barcha payg'ambarlar oldindan bashorat qilib aytganidek Xudoning Qo'zisi o'lishi kerak edi. Bu Xudo boshidan bildirgan Uning birinchi bo'lgan irodasi edi. Xudo O'zining begunoh O'g'liga butun dunyoning gunohini va sharmandagarchiligini qo'yishni tayinladi. U va faqat U bizning o'rnimizga Xudoning qaxri alangasida o'lish uchun qobilyatli edi. Samoviy Ota O'zining Yagona O'g'lini taqdim qilgunicha bu yovuz dunyo uchun O'zi o'lishini afzal ko'rgandi. Holbuki, U buyukligida va hashamatliligida, U bu olamning ushlab turuvchidir. Uning tengi yo'q edi lekin U O'zining O'g'lini bizning o'rnimizga o'lishiga yo'l qo'ydi. Isoning o'limining kechirimisiz hech qanday kechirim bo'lmaydi.

Masihning Muqaddas Ruh bilan ko'rinarli moylanishi bizning o'rnimizga bo'lgan Uning azoblanishi tufayli namoyon bo'ldi. Xoch haqida fikr yuritgan kishi to'g'ridan to'g'ri Xudo gunohkor insonlarni shunchalik sevib, samarasiz bo'lgan gunohkorlar muqaddas bo'lishi uchun va Xudoga ko'p ko'p hosil olib kelishlari uchun O'zining itoatkor O'g'lini bergan Xudoning yuragiga qaraydi.

Butrus, Nasroniylik Iso tasoddifan qotillarning qo'lida o'lmadi balki U Otasining rejasi bilan birgalikda Uning rejasini amalga oshirish uchun o'lgan Xudoning Masihi ekanligini Eski Ahddan isbotlab berdi. Keyin u o'zining tinglovchilariga xushxabar aytish uchun ularni chaqirib kengroq hujumini boshladi. Tavba qilish so'zi faqat achinish hissini yoki sharmandalik ko'z-yoshlarining ma'nosini anglatmaydi, balki hayoti tubdan o'zgarishini anglatadi. Bu aldamchi maqsadlarni orqada qoldirib, ilohiy va haqiqi maqsad bo'lgan Masihga qaytishni anglatadi. Xudoga qaytish bu gunohlarni tan olishni, biz Xudoning qaxriga munosib ekanligimizni e'tirof etishni, erkin bo'lgan inoyatga ishonishni, va bizga berilgan kechirimida qolishni o'z ichiga oladi. Xudoga o'zingizni bag'ishlang va shunda singan yuragingiz chegaralanmagan to'liq inoyat bilan uchrashadi. Faqat Masihning O'zi Unga ishonganlar oqlanishi uchun hochda bizning najotimizni amalga oshirdi.

Yengillik vaqtlari, Xudo bilan tinchlik va Muqaddas Ruhning sovg'asining mujassamlanishi Xudoning solihligi yuraklarda yashaganda boshlanadi. Masihga ishonch va samimi tavba qilish oddiygina Iso O'zining izdoshlarida yashashligini yoki ular Isoning o'limining faqat ilohiy natijasini dunyoga ro'yhat qilib berishlarini isbotlab bermaydi. Buning o'rniga, bu imon Muqaddas Ruhning yashashi orqali ilohiy kuchni qabul qilishda natijani beradi. Aziz birodar, siz Xudo bilan Qutlug' kechlikni birga o'kazdingizmi? Siz gunohlaringizdan tavba qilib, hayotingizning xohishlarini o'zgartirdingizmi? Yangi Ahdda davom etishingiz uchun va Muqaddas Ruhga to'lishingiz uchun Masihni hayotingizning Najodkoridek quchoqlab oling.

Ogoh bo'ling, aziz imonlilar, Yangi Ahdning oliy maqsadi abadiy hayotni qabul qilish yoki Muqaddas Ruhning sovg'alarining mo'jizasi va gunohlarning kechirimi emas, balki Masihning O'zi kelishining maqsadidir. Hamma borliq jonzot Uning kelishini kutyapdi va Isoning hayotining kuchi ustun kelganda va bu olamda umumiy vayronalik yangilanganda Yaratguvchi va Uning ijodining o'rtasida bo'linishning natijasiga etishini kutyapdi. Bu yangilanishdir, biz uni kutyapmiz. Bugunlik kunda imonlilarda bu yangilanish Masihning kelishida ayon bo'lishi uchun to'la shon- shuxratning kafolatidir. Belgilangan vaqtda, Iso gunohga insonning qulashi oldida hamma narsalarni ijodiyotning to'laligicha to'playdi.

Shogirdlar Isoning kelishi uchun tayyorgarlik ko'rish mazmunida Rabbiylarining samoga ko'tarilishini tushundilar. Ular bir muncha vaqt uchun Isoning Ota bilan ko'rinmas qolishi yer yuzida ruhiy to'ntarilish uchun kerakligini bilishdi. Uning samoga ko'tarilishi butun ijodiyotning islohi va hamma narsalarning yangilanishi uchun tayyorlash ham edi. Masihning ko'tarilishi bizning oramizda yangilanish boshlanishi uchun kelgan muxurlangan Muqaddas Ruhning yashash holati ham edi.

Hamma haqiqiy payg'ambarlar Masihning kelishini dunyoning tarixining oxirini belgilagandek aytib o'tishadi. Bizning hayotimizning oxiri hukm degani emas, balki bu yangilanish hursandchiligi va hamma narsalarning asl holatining yangilanish ustidan bo'lgan hursandchilikdir. Borliqning markazi Muso va'da qilingan payg'ambar haqida gapirgan Zotdan kam emas. Masih Musoning Eski Ahdidan yuqoriroq bo'lgan Yangi Ahdning Kafolatidir. Yangi Ahdni rad etgan kishida oxirigacha umid bo'lmaydi, chunki yuragi tosh kishi inoyatning o'zini rad etadi. Dunyo tarixi hech narsa emas balki bu Masihni rad etish yoki qabul qilishning aniq bir natijasidir.

Bu teran va yirik e'londan keyin, Butrus Isoni qabul qilish uchun Yahudiylarga dalda berdi. Ularni Butrus Xudo ularning otalari bilan qilgan ahdning a'zolari va payg'ambarlarining bolalari ekanliklarini ularga ochib berdi. Xudo bir hil darajada qatnashuvchilardek odamlar U bilan ahd qilisholmasliklarini bilar edi. Holbuki, mangu, muqaddas Yaratguvchi O'zini gunohkor, vaqtinchalik va ahloqsiz bo'lgan mavjudotlarga bog'ladi. Bu Uning buyuk inoyatining mag'zidir.

Yo'l boshlovchi kishlar bilan Xudoning bu tarixi Ibrohimni tanlashi bilan boshlandi. Muqaddas Xudo bu sayohatchiga tanaga ko'ra bo'lgan uning o'g'illaridan bittasi yerdan hamma oilalarga Xudoning marhamatini olib keluvchi bo'lishligini aytdi. Xudo hamma shaytonning qarshiligidan qat'iy nazar va insoniyatning omadsizligidan qat'iy nazar O'zining rejasini amalga oshirdi. Muqaddas Ruh Xudo bilan hamma odamlarni aloqaga chaqirib, Eski Ahdning chegarasini yo'q qilib tashlaganda shu kun kelishligini u tushunib yetdi. Holbuki, Butrus birinchi bo'lib Yahudiylarga va ishonib saqlanib qolgan kishiga inoyatni taqdim etdi.

Xudo O'zining O'g'lini xochga mixlagan dushmanlariga tavba qilish uchun imkon berib ularni marhamatladi. Masih Otasining irodasi bilan to'la ahillikda o'limdan tirildi. Xudo O'g'li izdoshlariga samoviy olamda har bir ruhiy barakani hadya qilishi uchun Uni shon-shuxratga yuksaltirdi. Xudo tayyor bo'lgan tinglovchilarni qaytarib tavba qilishga boshlab ularning yuraklarini marhamatladi. Inson o'zidan o'zi tavba qilmaydi, chunki Muqaddas Ruh O'zi Masihga ishonish uchun odamzodga yordam beradi. Agar inson o'zining yomonliklaridan tavba qilmasa va yovuzligini tark etmasa, u kishi Masih bilan hech qachon aloqaga kirisholmaydi. Xudo bizni xohlab Unga qaytib kelishimizni kutadi. Xudo bizda hamma narsa yangilanib kelishi uchun ishlashni boshlaydi. Aziz Isoga ishonuvchi, siz gunoh qilishni tashladingizmi? Siz Masihga ishonishni davom ettiryapsizmi?

IBODAT: Samodagi Tangrimiz, Sen kelishing uchun hamma narsani yangilash uchun tayyorgarlik ko'ryapsan. Biz gunohdan ozod bo'lishimiz uchun va Sen faqat bizning hayotimizning murod maqsadi bo'lishliging uchun bizga yordam ber. Inoyating orqali bizlarni saqlaganing kabi bizning atrofimizdagi Sen tayyorlayotgan ko'plarni saqlab qolgin. Omin.

SAVOL 20: Insoniyatning tarixining maqsadi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:35 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)