Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 030 (Jesus leads his disciples to see the ready harvest)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
C - Masihning quddusga birinchi tashrifi (Yuhanno 2:13 - 4:54) -- Mavzu: Haqiyqiy sajda nima?
4. Iso Samariyada (Yuhanno 4:1–42)

b) Iso shogirdlariga pishgan hosilni ko'rsatishga boshqaradi (Yuhanno 4:27-38)


YUHANNO 4:27-30
27 Shu paytda Isoning shogirdlari kelib qolishdi. Uning bir ayol bilan gaplashayotganini ko'rib hayron bo'lishdi. Lekin birortasi ham: "Undan nima talab qilyapsan?" yoki: "U bilan nima to'g'risida gaplashyapsan?"-deb so'ramadi. 28 Shundan keyin ayol ko'zasini o'sha yerda qoldirib, shaharga bordi va odamlarga shunday dedi: 29-Boringlar, men qilgan hamma ishlarni aytib bergan Odamni ko'ringlar! U Masih emasmikin? 30 Odamlar esa shahardan chiqib, Isoning oldiga bordilar.

Munozara avjiga chiqayotgan payitda, Isoning shogirdlari sotib olgan oziq-ovqatlari bilan qishlog'dan qaytib keldilar. Ular Isoni yolg'iz sayog'roq bo'lgan Samariyalik gunohkor ayol bilan ko'rib hayron bo'ldilar. Lekin ulardan hech birlari Ruhning huzurini sezganlarida gapirishga jur'at eta olmadilar. Ular Masih orqali ko'rsatilgan ajoyib ilohiylikni payqadilar, chunki ayolning yuzi Masihga qarashi orqali va Uni eshitishi orqali o'zgargan edi. Najotkorni bilib olish hursandchiligi uning ustidan saltanat ko'rsatdi.

Keyin ayol o'zining bo'sh idishini qoldirdi. Iso undan so'ragan suvdan u bermadi, holbuki Iso kechirim berish orqali ayolning chanqovini qondirdi. Ayol ko'plarga hayotbaxsh buloq bo'ldi. U qishloq tomon yugurdi va odamlarga Masihni ko'rsatib gapirdi. Bir payitlar uning fisq gapiradigan og'zi endi esa Masihga shohid bo'ladigan hayotbaxsh bulog'i boldi. U odamlarni uning gunohlarini qanday kechirganiga guvohlik berib ularni Najotkor tomon olib keldi. Qishloqda yashovchilar bu ayolda Xudoning ishi sodir bo'lganini tan olishdan taxmin qildilar. Ular ayolning sirini ochib berishini xohladilar. Ular Iso va Uning shogirdlari dam olayotgan quduq tomon shoshdilar.

Bu esa Unga ergashganlarda Masihning ishi sodir bolishining namunasidir. Biz ham Masih bizni qutqarishga kelganligini do'stlarimizga va qo'shnilarimizga yetkazamiz. Keyin ularda yashash uchun xohish hayotbaxsh suvi Muqaddas Ruh orqali beriladi va ko'tariladi. Ko'plar uchun siz hayot bulog'i bo'lganmisiz? Agar shunday bo'lmasa Isoning oldida gunohlaringizni tan oling, hayotingizni bag'ishlang, shunda U sizni tozalaydi, muqaddaslaydi va shunda buringi foxisha ayol o'zining atrofidagilarga U haqida aytganiga o'xshab siz ham ko'plarga marhamat ulashasiz.

IBODAT: Iso Tangrim meni bilib qidirganing uchun Senga rahmat. Men bu samariyalik gunohkor ayoldan yaxshiroq emasman. gunohlarimni kechirgin. Mening hayotimni tozalaydigan, haqiqat uchun mening chanqog'imni qondiradigan Xudoning sovg'asidan menga ber. Samodagi Otani ko'rish uchun mening ko'zlarimni ochib yuborgin. Mening yuragimni Sening inoyatingga jovob berishda hayotim sajdasini ifodalab bersin. Ko'plarni qutqargin va ularni o'zingga olib kelgin. Senga kelganlarni Sen hech qachon rad etmaysan.

SAVOL:

  1. Qanday qilib hayotbaxsh suvi orqali bizning chanqog'imiz qondiriladi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:29 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)