Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- John - 013 (The Sanhedrin questions the Baptist)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Bengali -- Burmese -- Cebuano -- Chinese -- Dioula -- English -- Farsi? -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Hindi -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Kiswahili -- Kyrgyz -- Malayalam -- Peul -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Thai -- Turkish -- Twi -- Urdu -- Uyghur? -- UZBEK -- Vietnamese -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

YUHANNO - Nur zulmatda porlaydi
Yuhannoga ko'ra Masih Xushxabarini o'rganish

1 Qism - Ilohiy nurning porlashi (Yuhanno 1:1 - 4:54)
B - Masih shogirdlarini tavba qilish qoidasidan to'y oqshomining xursandchiligiga boshlaydi (Yuhanno 1:19 - 2:12)

1. Oliy kengashning vakili Yahyoni so'roq-savol qiladi (Yuhanno 1:19-28)


YUHANNO 1:25-28
25 Ular Yahyodan:"Madomiki sen Masih ham, Ilyos ham, o'sha payg'ambar ham emas ekansan, nega xalqni suvga cho'mdirib, tavba qildirib yuribsan?"-deb so'radilar. 26 Yahyo ularga javob berdi:"Men odamlarni suvga cho'mdiryapman, xolos. Lekin orangizda sizlar tanimaydigan Kimsa turibdi. 27 Mening ketimdan kelayotgan [va mendan ilgari bor bo'lgan] Kimsa bor, deb aytganim ana O'shadir. Men Uning chorig' iplarini yechishga ham munosib emasman"-dedi. 28 Bu xodisalar Yahyo odamlarni tavba qildirib yorgan yarda, O'rdun daryosining naryog'idagi Baytavarada sodir bo'ldi.

Yahudiylar Torahdan pok bo'lish, poklanish va suvga cho'mish haqida o'rgandilar. Poklanish ahloqiy kirdan poklanish edi, holbuki suvga cho'mish Yahudiy bo'lmagan xalq poklanish uchun o'rinli edi, chunki ular bu xalqni iflos deb hisoblar edilar. Nima bo'lganda ham, suvga cho'mishni qabul qilish kamtarlikni va Xudoning odamlariga qo'shilishning belgisi bo'lgan.

Bu Quddusdagi vakillarni gangiraganlarini tushuntirib beradi. "Nimaga sen sunnat qilingan va ahdnomaga to'la o'rnatilgan imonlilarni tavba qilishga chaqiryapsan? Sen bizni muqaddas bo'lishga kamchiligi bor deb hisoblaysanmi va sen bizni Xudoning qahriga mansub va bizni xalqimizning javobgarlari deb o'ylaysanmi?"

Yahyoning suvga cho'mdirishi xalqning "din" to'sig'iga yiqilishi edi. U odamlarni ikki guruhga ajiratdi. Birinchi guruh Suvga cho'mish orqali tavba qilib poklanganlardir. Ular Masihni ularning Xudolari uchrashishga tayyor va tanlangan tojdek qabul qilishgan. Ikkinchi guruh Masihni qabul qilishga loyiq sezib, suvga cho'mishni rad etganlardir. Ular Uning kelishini siyosat yoki qonuniy yakun uchun bo'lgan deb taxminlashgan.

Balki havoriy Yuhanno o'zi bu rasmiy imtihonda qatnashgan. Bu muzokara unga qattiq tegdi, asosan Yahyoga bo'lgan vakillarning savollari bilan ular uning na Masih, na Elisha, na va'da berilgan payg'ambar emasligini tan olishiga olib keldilar. Bu javob bilan ular uni hech kim emasligini aytib uyaltirdilar.

Yahyo nima qilishligini bilib o'zini pastga urib shunday dedi,"Siz haqsiz, men muhum inson emasman. Men sizlarni kuchsiz yoki sexrsiz faqat suvga cho'mdiryapman. Men qilayotgan hamma narsa ramzdir va Kelayotgan Xudoni ko'rsatadi.

Yahyo tuyaning junidan qilingan kiyimni kiygan holda turdida baland ovozda vakillarning sardorlariga va tumonat xalqga gapirdi. "Sizlar hammalaringiz ko'rsizlar. Siz o'zingiz o'rtangizda tarixiy hodisa sodir bo'lishini payqamaysizlar. Sizlar meni kim ekanligimni tekshirasizlar. Lekin qarang Masih keldi. Men suvga cho'mdiruvchi Yahyoman, menda biror narsa qilishga kuch yo'qdir. Men faqat bir xizmatni bajarishim kerak. Men faqat sadoman holos, hozir kelayotgan Tangri haqida Muqaddas Ruh meni habordor qildi. U hozir shu erda. Bugun Najot kunidir. Tezda tavba qiling chunki vaqtingiz ketyapdi".

Bu xabardan xalq ajablangan edi. Ular Masihni miyyalarida qabul qilishni maqsad qildilar. Lekin U allaqachon kelgan edi va ular na Uning kelishini payqadilar, na ko'rdilar. Ular juda gangirab bir-birlariga hayrat bilan qarar edilar.

Keyin Xushxabarning yozuvchisi allaqachon to'g'ridan to'g'ri 15 oyatda, "Mening ketimdan kelayotgan Zod, mendan oldin bor edi" deb eslatib o'tganiga qaraganda, Yahyo guvohligida Masihning tarifini aytib o'tdi. Yahyo bu bilan Masihning abadul-abadligini ochib berdi va shu vaqtda Masih insonlar ichida edi. U Masihni ularning oralarida bo'lgan oddiy odam, oddiy kiyingan va chaqnab turgan ko'zlarini aniqlab berdi. U boshqacha emas balki hamma insonlardek edi. Lekin Uning haqiyqiy tabiatida U to'la boshqalardan ajiralib turar edi. U butun soddalikda azaldan bo'lib, ilohiy va samoviy bo'lib barcha insonlar ortasida turar edi.

Yahyo Masihning xizmatkori bolishga munosib emasligini tan oldi. Bu vaqtda udum shunday edi, birorkim mehmonlarni uyiga taklif qilsa, shu odam ularning oyoqlarini suv bilan yuvardi. Insonlarning oldiga Iso kelganini ko'rib Yahyo o'zi Isoning oyoqlarini yuvish uchun Uning choriq iplariga munisib emas deb hisobladi.

Bu so'zlar xalqni qo'zg'atdi. Ular bir birlariga shunday savol berishdi, "Bu begona odam kim? Bu oddiy inson qanday qilib Xudo bo'la oladi?Va nimaga bu ulug' bo'lgan Yahyo uning chorig' iplarini echishga loyiq emasman deb aytyapdi?" Quddusdan bo'lgan vakillar balki Yahyoni eshitib "Bu iflos Yahyo hiylakordir!" deb irjayishdi. Shundan keyin ular ketishdi. Balki Yahyoning ba'zi izdoshlari ularning misollariga ergashib Masihni cho'ldagi oddiy odam emas, balki nurda oliy janoblik bilan Quddusning markazida paydo bo'ladigan, hammaga taniqli Masih haqida o'ylashgandir. Shunday qilib ular Xudoning Masihi bilan uchrashishni yagona imkoniyatni qo'ldan bo'y berdilar.

These events took place on the east bank of the Jordan, lying beyond the Sanhedrin's authority, in an area under Herod Antipas' rule. The delegates therefore were not able to arrest the Baptist and take him with them to be judged in Jerusalem.

Bu hodisa Oliy kengash hokimyatidan nari Herod Antipasning hukmronligidagi xududdagi O'rdun qirg'og'ining sharq tomonida sodir bo'ldi. Vakillar demak Yahyoni qo'lga olisha olmadi va Quddusda hukm qilinish uchun, o'zlari bilan olib keta olmadilar.

IBODAT: Rabbim Iso Masih, haqiyqiy Inson bo'lib va abadiy Xudo bo'lib bizning oldimizga kelganing uchun raHmatlar aytamiz. Biz Seni ulug'laymiz va hamdu-sanolar aytamiz. Chunki Sen bizga yaqin kelding. Sen O'zingni jismoniy kamtar tutding shunda Seni Yahyodan boshqa hech kim sezmadi. Sening yuraging kamtar va yumshoqdir. Bizlarni Sendek yumshoq bo'lishga va Muqaddas Ruhning rahbarligida Senga ergashishga bizlarni o'rgat.

SAVOL:

  1. Oliy kengashdan bo'lgan vakillarning oldida Yahyoning guvohligining mag'zi nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on April 18, 2012, at 10:11 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)