Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 098 (Fundamental Principles of Preaching)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)
3. OSMON SHOHLIGI TARQALISHNING USULLARI (Matto 10:5 - 11:1) -- ISO SO'ZLARINING IKKINCHI TO'PLAMI

a) Voizlik qilishning Asosiy Qoidalari (Matto 10:5-15)


MATTO 10:5-6
5 Iso bu o'n ikkovini jo'natib, buyrug' berdi: “Majusiylar yo'liga oyoq bosmanglar va samariyaliklarning biron shahriga kirmanglar. 6 Aksincha adashgan qo'ylarga o'xshagan Isroil xalqi oldiga boringlar.
(Matto 15:24; Mark 6:7-13; Luqo 9:2-6; Havoriylar 13:46)

Masih xizmatining boshida o'n ikki shogirdlarini butun dunyoga borishga emsa, balki o'zlarining yurtdoshlari oldiga borishga yo'naltirdi, chunki boshqa xalqlar hali voizlik uchun tayyor emasdilar va Muqaddas Ruh butun dunyo bo'ylab yashamayotgan edi. Masih birinchi bo'lib otalariga bo'lgan Xudoning va'dasiga ko'ra yo'qolgan Yahudiylarga shohligini hadya qildi, va ularni haqiqiy tavbaga va tirik umidga chorladi.

Masihda Isroilning uyi uchun asosiy va yumshoq g'amho'rlik bo'lgan; “ota-bobolari xotiri uchun ularni aziz deb biladi,” (Rimliklarga 11:28). Iso ularga yo'qolgan qo'ylardek, O'zi cho'pondek, ularni gunoh yo'llaridan to'plashdek, ular adashib qolgandek va agar U ularni olib chiqmaganda, ular darbadar bo'lib yurishlari mumkindek mehr bilan qaradi.

E'tirozchi deydi, Matto 10:5-6 Masih o'n ikki shogirdlariga Isroil uyining yo'qolgan qo'ylariga voizlik qilishni maslahat berganini eslatib o'tadi. Matto 15:24 U javob berib dedi, “Men Isroil xonadonining yo'qolgan qo'ylaridan boshqaga yuborilmaganman”; degan gapni eslatib o'tadi hatto Masih Mark 16:15 da degan, “Butun dunyoga borib, har bir jonzodga Injil xushxabarini voizlik qilinglar.”

Biz Masih havoriylari uchun qilgan buyrug'i birinchi bo'lib Isroil xonadoni xato qilmasligi uchun ularga voizlik qilinish kerak bo'lganligiga va bundan keyin dunyoning qolgan joylariga voizlik qilinishi kerak bo'lganligiga javob beramiz. Injil boshidan oxirigacha ahd xalqiga birinchi bo'lib g'amho'rlik qilinishi kerakligini va keyin boshqa xalqlar uchunligini aytadi. Bu Yoqub bolalariga boshqalar ustidan birinchi joy berilishi kerakligi o'rinli bo'lgan.

MATTO 10:7-10
7 Yo'lingiz qayga tushmasin, elga: 'Osmon Shohligi yaqinlab qoldi', - deb e'lon qilinglar. 8 Hastalarni sog'aytiringlar, jinlarni quvib chiqaringlar. Tekin oldingizlar, tekin beringlar. 9 Belbog'laringizga oltin, kumush yoki mis pul ham tugmanglar. 10 Yo'l uchun na to'rva, na bir juft ko'ylak, na choriq va na-dahassa olinglar. Chunki mehnatkash o'zining non-nasibasiga munosibdir.
(Matto 4:17; Mark 16:17; Luqo 10:1-12)

Havoriylarning voizligining qoniqishi ikta edi: voizlik va shifo. Ularning mavzulari Masihning O'zi hokimyati, haqiqati, ruhi va sevgisi bilan edi. Shogirdlar Ustozlarining shaxsiyati, mehribonchiligi va kuchi orqali yuraklarida chuqur ajablanishdi. Ular ko'rgan bilganlari haqida shahodat berdilar. Ular bu Xudoning shohligi boshlanganligini, haqiqat kelganini va ko'rinarli bo'lganini Masihning shaxsida ekanini tushundilar. Shuning uchun, ularning xushxabarlari bo'sag'adagi shohlik haqidagi Yahyoning gapidan farq qilgan, chunki ular Iso qobilyatli ilohiy shoh bo'lganini ko'rishgan. Ular noaniq shohlikni voizlik qilmadilar, balki suyukli shoh allaqachon kelganini e'lon qildilar.

Masihning shogirdlari faqat gapirishmadi, balki ular boshqalar bilan ularda yashayotgan Uning kuchining hokimyatini bo'lishdirlar. Xushxabar shunchaki so'zlarni yoki hayotsiz ta'limotni emas, balki ilohiy kuchni anglatadi.

Bu haqiqat voizxonlar agar ular faqat kuchning o'rniga qaytarayotgan so'zlarni hadya qilsalar, ular hech narsa bo'lmasliklarini ko'rsatadi. Masih bugun havoriylari orqali zafar qozongani kabi xizmatkorlari orqali ham zafar qozonishni istaydi; lekin ularning imoni kamligi uchun, mag'rur va yuraklari tosh bo'lib qotib qolgani uchun, U ko'p ishlarini qilolmaydi, chunki qayerda komil sevgi oddiy imon bilan birlashsa, mo'jizalar ishlatiladi. Masih yer-yuzida bo'lgan paytida O'zi qilgandek yuborgan izdoshlari orqali xuddi shu mo'jizalarni qilishni hoxlaydi. Bu chaqiruv biz Masihning mehribonchiligidan xizmat qilishni o'rganishimiz uchun bizni tavba qilishga yetaklaydi!

10:8 Tekin oldingiz, tekin bering. 9 Belbog'laringizga oltin, kumush yoki mis pul ham tugmanglar, 10 Yo'l uchun na to'rva, na bir juft ko'ylak, na choriq va na-da hassa olinglar; chunki mehnatkash o'zining non-nasibasiga munosibdir. (Sonlar 18:31; Havoriylar 20:33; 1 Korinfliklarga 9:14; 1 Timo'tiy 5:18)

Yollangan xizmatkor burchlarining sodiqlik bilan namoyish etgandan keyin maoshini olishni istaydi. U doimiy ishni ham istaydi, lekin samoviy shoh havoriylarini maosh yoki ish haqi, yoki tadbirkorlik qilish, yoki Uning so'zidan foydalanishdan to'xtatdi. Iso ularga tekinga xizmat qilishga, Masihga bo'lgan imonlari bilan yashashni, va pullariga, mol-mulklariga va kuchlariga ishonmaslikni buyurdi. Masih bizni siz faqat Uni sevib, Uning doimiy ta'minotiga ishonishingiz uchun pulga bo'lgan sevgidan to'liq ozod qiladi.

Kasallarga shifo berish uchun kuchlari bo'lganlarda o'zlarini boyitish uchun imkoniyat bo'lgan. Kim shunday aniq da'volarni qanaqa narxga sotib olmaydi? Shuning uchun ularni Masih ular mo'jizalarni taqdim qilishga to'g'ri kelgan ruhiy kuchdan foydalanmaslik uchun ogohlantirgan. Ular faqat inoyatdan emas, balki tekin inoyatdan tuziladigan Yangi Ahd shohligining tabiatini ko'rsatish uchun tekinga shofolashlari kerak.

Masih havoriylarini ular og'ir to'rvalarsiz xizmat qilishlari uchun va dunyoning og'irliklaridan va tashvishlaridan ozod bo'lib yurishlari uchun ortiqcha kiyim va poyabzallar sotib olishdan to'xtatgan. Qanday bo'lsangiz, Xudoning xizmatiga boring. Sizga hech qanday qurol, mahsus himoya kerak emas, chunki Xudoning farishtasi sizni qo'riqlaydi. Siz tinglovchilaringizga qayerda Xudoning qudratini taqdim etsangiz, ular qalblarining va tanalarining najodiga yuz tutishadi, minnatdorchilik sizga emas balki Xudoga bo'lishi kerak. U sizni to'yg'izadi va kiyintiradi. Biroq, siz imoningiz kamaymasligi uchun bankda pulingizni jamg'arishni rejalashtirmasligingiz yoki mahsulotlaringizni ko'paytirmasligingiz kerak, chunki Xudoning shohligi tanaviy emas balki ruhiy qoladi.

Masihning xizmatidan boradiganlarda barcha odamlar haqida hamma kerakli narsalar uchun Unga ishonish uchun sabab bo'ladi. Shubhasiz, Uning irodasi U uchun ishlayotganlar uchun g'amho'rlik qilishdir. Masihning xizmatkorlarida yetarli non bo'ladi. Holbuki biz Xudoga va burchimizga sodiq qolamiz, va ishimizni yaxshi qilishga ehtiyotkor bo'lamiz, va Xudoga boshqa g'amlarimizni tashlaymiz. Xudo bizga va biznikilarga O'zi o'ylagandek g'amho'rlik qilsin.

Xizmat qiladiganlar kimga ular yuborilgan bo'lsalar ular uchun kerakli narsani yetkazib berishni kutadilar, chunki ishchi go'shi uchun loyiqdir. Ular har doim Elisha payg'ambarga o'xshab mo'jizalar orqali to'yishni kutmasliklari kerak, balki oralariga borgan odamlarning yuraklarini boshlash uchun, ularga mehribon bo'lish uchun va ularga g'amho'rlik qilish uchun Xudoga bog'liq bo'lishlari kerak. Hatto qurbongohda xizmat qiluvchilar ham qurbongoh orqali boyib ketishga umid qilishmasin, biroq ular yashashni va unda qulay yashashni umid qilishsin. Ular ishlaridan rizqlari bo'lishi kerakligi to'g'ri keladi. Xizmatkorlar “ishchilardir, va “sihchi” bo'lishlari kerak, va sodiq bo'lganlar “go'shtlariga loyiqdirlar,” bunga ishlash uchun boshqa ishchiga buni qilish uchun majburlanmasinlar. Masih shogirdlaridan ular yashashlari uchun ularga kerak bo'ladigan hamma narslarni yetkazib berish uchun hamyurtlariga emas, balki Xudoga ishonishlarini kutadi. Agar siz ularga voizlik qilib, ularning oralarida yaxshilik qilishga harakat qilsangiz, ular albatta muhtojliklaringiz uchun sizga yetarli non va ichish uchun ichimlik beradilar: va ular shunday qilsalar, ko'pini xohlamang. Xudo sizni vaqtida mukofotlaydi va Uning hadyalarini olasiz. Biroq, Havoriy Pavlus Rabbiyga tegishli bo'lgan har bir xizmatkor hayr-ehsonlarga bog'lanib qolmasdan o'z qo'l mehnati bilan kunlik hayotini olib borish uchun ishlashini ham ko'rsatib o'tgan. Shuning uchun Xudoning har bir xizmatkori Rabbiysidan Uning rahbarligiga ko'ra Unga qanday qilib eng yaxshi xizmat qilishi kerakligini so'rashi kerak.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, biz Senga bo'lgan ozgina imonimizdan va sevgimizdan uyatdamiz va noto'g'ri boyliklarimizga bo'lgan moyiligimizdan chekinamiz. Iltimoz bizning takabburligimizni kechir va shaxsiy qiziqish va erishishsiz Isoga sodiqlik bilan ergashishni bizga o'rgat. Biz muhtojlarga, Shaytonning qudrati ostida bo'lganlarga va Muqaddas Ruh bizni boshlaydiganlarga yordam berish uchun Undan kuch-qudrat va sevgini olish uchun bizga yordam ber. Xalqimizdan ko'plab odamlarni xizmat qilish uchun chaqirgin, chunki haqiqatdan ham hosil ko'p, lekin sodiq yumushchilar ozdir. Shuning uchun, Rabbiy ko'plab yumushchilarni O'z hosilinga yuborgin.

SAVOL:

  1. Masih voizlik qilish uchun shogirdlariga bergan birinchi beshta amr qaysilar?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 09:56 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)