Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 097 (Calling of the Twelve Disciples)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 2 - MASIH JALILADA TA'LIM BERISHI VA XIZMAT QILISHI (Matto 5:1 - 18:35)
C - O'N IKKI SHOGIRDLARNI VOIZLIK QILISHGA VA XIZMAT QILISHGA JO'NATILISHI (Matto 9:35 - 11:1)

2. O'n ikki Shogirdlarning Chaqirilishi (Matto 10:1-4)


MATTO 10:1-4
1 Iso O'zining o'n ikki shogirdini yoniga chaqirib, odamlardan yomon ruhlarni quvib chiqarish va qanday dardu illatni sog'aytirish uchun ularga qudrat ato etdi. 2 Ush bu o'n ikki havoriyning ismlari esa quydagicha: birinchisi Butrus deb atalgan Simun va uning ukasi Idris, keyin Zabadiyning o'g'illari Yoqub bilan ukasi Yuhanno, 3 Filip, Bartolamey, To'ma, soliqchi Matto, Alfeyning o'g'li Yoqub va Taddey deb atalgan Leviy, 4 vatanparvar Simun hamda Isoning hoini Yahudo Ishqaryot.
(Mark 3:13-19; 6:7; Luqo 6:12-16; 9:1)

Masih shogirdlariga buyrug' berishdan oldin Xudodan hosiliga ishchilarni jo'natish uchun ibodat qilishlari kerak bo'lgan Uning xizmatkorlari bo'lishga amr berdi. Xudo sizni har bir harakatlardan oldin ibodat qilishga chaqiradi. Yo'qolganlar uchun ibodat qilmaydigan, yoki ularni sevmaydigan, yoki ularnikiga tashrif buyurmaydigan kishi Masih uchun voizhon bo'lolmaydi. Na sizning qobilyatlaringiz, na diplomlaringiz Rabbiyning xizmatiga sizni tayyorlay oladi. Bu chaqiruvning to'liqligiga boshlaydigan ko'plarning najodi uchun faqat sizning ibodatlaringiz, imoningiz va g'amho'rligingizdir.

Masih bu o'n ikkita shogirdlarni sinov vaqtida saqlab qoldi. U insonning ichini biladi, va hatto U ularning ichida nima borligini ham bilar edi, biroq Iso ma'badi uchun bir misol qilib bu usulni ishlatdi.

Iso uchun xizmat buyuk ishonchdir. Xizmatkor bunga ishontirilishidan oldin, bir vaqt uchun sinov qilinishi kerakligiga to'g'ri keladi. U kishi birinchi isbotlansin. Shuning uchun, “boshqalarning gunohiga sherik bo'lmaslik” uchun qo'llar birorta xizmatkor ustiga shoshib-pishib qo'yilmasligi kerak (1Timo'tiyga 5:22, 24).

Masih elchilarini uzoq vaqtdan beri Isoga ergashgan va Yahyo bilan tavba qilganlar orasidan chaqirdi. Ular Isoning voizlik qilishini eshitishdi va Uning shifolashini ko'rishdi va ruhiy kuchini qabul qilishdi. Masih orqali chaqirilmasdan turib voizlik qilish xizmatini maqsad qiladigan kishi shunchaki ta'limni beradi va quriydigan ongidan boshlanyotgan fikrlar bilan o'ziga va jamoatiga zarar keltiradi. Lekin Masih tomonidan jo'natilgan kishi tavba qilishga va yurak yangilanishiga ko'plarni boshlash uchun kuchni qabul qiladi. U kishi xatti-harakatlari bilan o'zining ismini ulug'lamaydi, balki Najodkori Iso ularda namoyon bo'lgani kabi, xizmatkorlari orqali ishlaydigan va o'limdan tirilgan Isoga butun ulug'vorlikni beradi. Havoriylar o'zlarining nomlari bilan va kuchlari orqali emas, balki tirik Masihning nomi bilan kasallarga shifo berdilar, o'liklarni tiriltirdilar va yovuz ruhlarni quvib chiqardilar.

Havoriylar Kitobidagi muvaffaqqiyatning siri Masihning chaqiruvidagi izohini topadi. O'zingizni tekshiring. Siz haqiqatdan ham Masih orqali Unga xizmat qilishga chaqirilganmisiz yoki boshqa bir ishni boshqarish uchun omadsizlikka uchraganingiz uchun xizmat qilishni xohlaysizmi? Ogoh bo'ling, chunki Rabbiy xizmatga aralashganlardan va bunga chaqirilmaganlardan zavqlanmaydi. Rabbiydan chaqiruvni va rahbarlikni olishingiz uchun ibodat qiling, chunki hosil ko'p, lekin yumushchilar ozdir. Hozir imon bilan hosildorlikning Rabbiysiga ishchilarni hosiliga jo'natishi uchun ibodat qiling.

Masih shohligini tashkil etadigan shohdir. U elchilarni tanlagan va ularni O'z rejasiga ko'ra jo'natgan. Iso ularni insoniy yo'l bilan emas, balki donoligi bilan sinovdan o'tkazgan. Bu so'zga jiddiy qaraydigan kishi Xudo oldida pastdir, biroq insonlar oldida oddiy ko'rinadigan kishilarni Xudo ilohiy kuchi bilan to'ldiradi.

Masihning shogirdlari oliy tabaqalilardan yoki ma'lumotlilardan chiqishmagan. Ular boshqa insonlardek bo'lishgan. Ulardan ba'zilari bo'ronlarda qattiq ishlashdan horib va tajribali hayotning oliy daryolarining hatarida tolgan baliqchilar bo'lishgan. Biz Masihning shogirdlari bu dunyoga Uning xushxabarini va kuchini olib kelganlari uchun bu kungacha ular orqali Masihning kuchida hammamiz ruhan oziqlanyapmiz. Bizlar ularning xizmatlari tufayli qutqarildik va ularning shahodat va qurbonliklari bilan yashayapmiz.

Bu shogirdlar talaba bo'lib Masih bilan bo'lishgan, va Iso ta'limidan quvilgan yordamlardan tashqari, ularga birma bir ta'lim berdi. Iso ularga yozuvlarni tushuntirib, ularning tushunchalarini atroflicha muqaddas yozuvlarga ochdi. Ular uchun bu osmon shohligining sirlarini bilish uchun berilgan edi va ular uchun bular ko'rinarli bo'ldi.

Ustoz bo'lishni istagan barcha birinchi o'quvchi bo'lishi kerak. Ular bera oladiganini olishi kerak. Ular boshqalarga ta'lim bera olishi kerak. Xushxabar ularning ichida ular xushxabar xizmatkorlari bo'lish uchun buyrug' olishidan oldin mustaxkam o'rnashib olishi kerak. Boshqalarga ta'lim berish uchun insonlarga huquq berishda qobilyat emas balki Xudoga va jamoatga bo'lgan mazxarabozchilikdir. Bu “aqilsiz qo'llar orqali xabar” (Hikmatlar 26:6) deb yuborilyapdi. Masih shogirdlarini jo'natishdan oldin ularga ta'lim bergan. Bu voizxonlar ularni tavsiya qilish uchun barcha tashqi foydalardan hech qanday pulsiz yuborilganlar. Ularda hech qanday boylik, ta'lim, yoki hurmat bo'lmagan. Shuning uchun, ularda ulomolar ustidan ular tomon borishlari uchun judayam ko'p kuch bo'lishi kerak edi.

Agar biz shogirdlarning nomlarida va Isoga tegishliliklari ustida fikr yuritsak, biz uchta doiralarni topamiz. Birinchisi bu ruhiy sirlar bilan xabardor qilgan va O'zining yuragining sirlarini ularga ochib bergan va Isoga yaqin bo'lgan to'rtta shogirdlarning tanlanishidir. Ikkinchisi esa o'zlarining yo'llarining solihligi bilan biz biladigan to'rtta shogirdlarning guruhidir. Biroq, Matto o'zini ulardan biriman deb hisoblaydi va o'zini soliq yig'uvchi deb nomlagan. Ichinchi guruh bu hoin Yahudo Ishqaryotni o'z ichiga oligan, biz yozuvlardan ismlaridan ko'ra ularni yaxshi bilmagan to'rt shogirdlardan tuzilgan, markazdan uzoqda bo'lgan guruhdir. O'n ikki shogirdlarni chaqirishda donolik bo'lgan, chunki ularning soni osmon va yerning o'rtasida aralashuvni zikr qilib, to'rtasi bilan uchtasi ko'paytirilganini anglatadi. Masih har doim bosh ruhoniy ko'ksidagi belgida odamlarining o'n ikki qabilasining ismlarini olib yurgandek, U ham yuragida o'n ikki shogirdlarining ismlarini olib yurgan. Shunday qilib, Masih bugun sizni olib yuradi. Agar yuragingiz singan bo'lsa yoki yangilangan bo'lsa, Rabbiy sizni hosiliga yuboradi.

Yahudo Ishqaryot har doim ismida qora belgi bilan oxiri nomlanadi: “unga ham hiyonat qilingan.” Bu boshidan Masih u jinoyatchi ekanini va u hoinni isbotlashini ham bilganligini ko'rsatadi. Biroq Masih har qanday vaqtda jamoatiga yangilik bo'lmasligi uchun havoriylar orasidan uni oldi, eng yomon nopok gunohlar eng yaxshi jamiyatlarda chiqishi kerak. Shunday dog'lar bizning bayramlarimizda bo'lgan, bug'doylar orasida begona o'tlar va qo'ylar orasida bo'rilar bo'lgan. Ammo ikkiyuzlamachilarning niqobi olinadigan, hamma narsa oshkor bo'ladigan va bo'linadigan kun kelyapdi. Havoriylarning huquqlari Yahudo o'n ikki shogirdlardan biri bo'lgan dalil orqali kuchsizlantirilmadi. Chunki uning yovuzligi boshqalarga sirligicha qolganida, Iso u Unga hoinlik qilishini bilar edi.

Lekin Masih Unga xizmat qilish uchun Yahudoga ilohiy chaqiriqni taqdim etdi. Iso dushmanining yovuzligini olib tashlash uchun va gunohdan qaytishi uchun bir necha imkoniyatlarga ruhsat berdi. Bu Masih barcha odamlarni sevganini va hatto Unga qarshi kasallik tug'dirgan va Uni o'ldirish uchun imkoniyatni kutib turganlarni ham sevganini ko'rsatadi.

IBODAT: Ey Samoviy Ota, Senga rahmat aytamiz chunki Sen xushxabaring orqali asrab olishga bizni chaqirding va Masihning qoni bilan yuraklarimizni tozalab, Muqaddas Ruhning sevgisi bilan bizni to'ldirding. Isoning chaqirig'i noumid yo'qolganlar tomon bizni siljitdi. O'g'ling xizmatimiz mobaynida homiyligi bilan bizni olib boradi. Shuning uchun biz Muqaddas Ruhingning boshqaruvini o'tinib so'raymiz. Biz Iso nomidan hosillarni yig'a olishimiz uchun hamma elchilaringa donolik, itoatkorlik, kuch va doimiy sevgi bergin.

SAVOL:

  1. Iso shogirdlariga bergan hokimyatning hursandchiligi nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 10, 2012, at 09:54 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)