Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 019 (Worship of the Magi)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

3. Munajjimlarning Ziyorati va Sajdasi (Matto 2:1-11)


MATTO 2:1-2
1 Iso podshoh Hirod davrida, Yahudiyaning Baytlahm sha-harchasida tug'ilganidan keyin, sharqdan Quddusga munajjimlar keldi. 2 Ular: - Yahudiylarning podshohi bo'lib tug'ilgan bola qayerda? Biz sharqda Uning yulduzini ko'rdik, Unga ta'zim qilgani keldik, - dedilar. (Qarang Sahroda 24:17)

Bu Rabbiy Isoning ustiga qo'yilgan xo'rlikning belgisi edi, hatto U “hamma xalqlarning xohishi” bo'lgan bo'lsa ham, Uning dunyoga kelishi kichik kuzatish va payqash edi; Uning tug'ilishi majluh bolgan va bu haqida hayol qilmagan. U O'zidan kechib, ulug'ligidan kechdi. Agar Xudo O'g'li bu dunyoga kelishi kerak bo'lsa, u Uni barcha urf-odat, ulug'lik hurmat bilan qabul qilish kerak deb faqat o'ylashi kerak. Tojlar va hassalar darhol Uning oyog'iga yotishi kerak bo'lgan va dunyoning shohlari va shahzodalari Uning kamtar xizmatkorlari bo'lishlari kerak edi. Yahudiylar shunga o'xsha-gan Masihni kutishgan, lekin biz bundan ozginasini ko'ramiz. “Kalom dunyoda bor edi, dunyo U orqali bor bo'lgan edi. Biroq dunyo Uni tanimadi. O'zinikilarning yoniga keldi U, lekin O'zinikilar Uni qabul qilmadi” (Yuhanno 1:10-11).

Eramizdan Oldin 587 da Mesopotamiyaga Yahudiylarning tutqin etilganlaridan boshlanib, Xudoning bilimi va tinchlik o'rnatish uchun dunyoga Dovud O'g'lining jo'natilishi haqidagi bashorat sharq xalqlariga yetib keldi. Bu xalqlar Nabuhatnazarning hukmi ostida uzoq yil xizmat qilgan va bu xalqning taqdirida faol iz qoldirgan qobilyatli Donyor payg'ambarning hislatlarini unutishmagan edi.

Ba'zi Yahudiylar Haldeyanlarning qo'lida Bobilga yaqin bo'lgan munajjimlik maktabida olamning sirlarini o'rganishgan. Ular qanday qilib Saturn Yupiterga yaqin kelishni boshlaganini tomosho qilishgan. Eramizdan Oldin 7 yil Mayning 29 da ikki sayyora katta bir yulduzdek namoyon bo'ldi; va bu munajjimlar bu yulduz kichkina yerni ko'rsatdi va Saturn Yahudiylarning himoyasini belgiladi va bu Yupiter shohlarning yulduzi deb ishonishdi. Shuning uchun ular Masih tug'ilgan vaqtda Yahudiylarning shohi, olamning Rabbiysi tug'ildi deb ishonib, bu sayyoralarni kuzatishdi.

Munajjimlar Yahudiylar shohining olis mehmoni bo'lib, sharqdan Quddusga kelishdi. Ular Quddusga sayohat qilishdi chunki bu ona-shahar bo'lgan. Ular shunday deb aytishgan bo'lishi mumkin, “Agar shunday shoh tug'ilsa, biz mamlakatimizda u haqida eshitamiz va unga hurmatimizni izhor qilish uchun yetarli vaqt bo'ladi.” Lekin shunday sabrsizlik ular u bilan yaxshiroq tanishish edi, ular undan keyin so'rab surishtirish maqsadida uzoq safar qildilar.

Biz shohdan keyin qidirishda og'riqlarga va hatarlarga qaramaydigan Masihni haqiqatdan qidirishni istagan bu dono kishilardan o'rganishimiz mumkin. Biz Rabbiyni bilish orqali ergashsak, biz Uni aniq topamiz va bilib olamiz.

Yahudiy munajjimlari oldindan bu ikki sayyoralarning birlashuvini hisoblashadi, quyosh nurlarimizning tuzimining eng katta sayyoralari bu yil mobaynida ikki marta ro'y bergan va bu ikki sayyora porlayotgan yulduzdek ko'ringan. Ular tez-tez bu yagona hodisa haqida gaplashib turishgan va ular 3 Oktiyabrda bu ikki sayyoralarning birlashuvi ikkinchi vaqtda u yerda bo'lishini munajjimlik maktablaridan Quddusga bir xabarni jo'natishga va u yerda Eramizdan 7 Oldin 3 chi Dekabirda uchinchi qo'shilmaning vaqtida qolishga qaror qildilar. Bu xabar Yahudiylarning yangi shohi qanday qilib va qayerda tug'ilishini tekshiradi va tomosho qiladi. Bu sayohatchilar issiq yozda sayohatning muammolaridan qo'rqishmadi. Ular Iordanga yetib kelgunlaricha janubga Litaniy va Orontes daryolari orqali Efratdan Suriyaga jo'nadilar. Ular dunyoni o'zgartiradigan shohni kuzatish uchun tog'larning boshlarini o'raydigan Quddusdagi Yahudiy cho'lining tepasiga tirmashdilar.

Munajjimlar shunday shoh qayerda tug'ilishi haqida so'rashmadi, chunki ular “U qayerda tug'ildi?” deb so'rab, yuraklarida ishonch bilan bu haqida shunday kuchli gapirib, bundan ishonchlari komil edi.

Ular butun Quddus yangi shohning oyoqlariga sajda qilib, topishni kutib, har bir kishida ularning savollariga tayyor javob bor deb o'ylashdi. Ular eshikma eshik bu savol bilan yurishdi va hech kimsa ularga javob berolmadi. Balki biz xabardor bo'lganimizdan ko'proq dunyoda bir hil johillik yashaydi va hatto bugunlik kunda ba'zi jamoatlarda ham. Bizni Masihga boshqarishi kerak bo'lgan ko'plar o'zlari Unga begonadirlar.

Masihning tug'ilish e'loni farishta orqali Yahudiy cho'ponlariga va yulduz orqali G'ayriyahudiy falsafachilariga yetib keldi. Xudo cho'ponlarga ularning tillarida gapirdi va G'ayriyahudiylarga ular eng yaxshi tanish bo'lgan yo'lda gapirdi. Xudoning a'loqa qilish haqidagi yo'li chegaralanmaydi.

IBODAT: Ey Qudratli Xudo, men Senga rahmat aytaman chunki Sen yulduzlar va quyoshning Xudosisan. Sen dunyolarni yaratding va ular Senikidir. Sen tushlarda va vahiylarda butparastlarga gapirasan va biz Sening irodangni bili-shimiz uchun so'zingni bu dunyoga berding. Iltimos O'g'ling bilan uchrashish uchun horg'inni bilmagan munajjimlarda topilgan O'g'lingni ko'rish uchun xuddi shunday sog'inchni menda yaratgin. Omin.

SAVOL:

  1. Bu vaqt mobaynida Saturn bilan Yupiterning birlashuvi qachon yuz berdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:38 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)