Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 020 (Worship of the Magi)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
1 QISM MASIHNING XIZMATIDAGI DASTLABKI DAVRI (MATTO 1:1 – 4:25)
A – ISONING TUG'ILISHI VA BOLALIGI (MATTO 1:1-2:23)

3. Munajjimlarning Ziyorati va Sajdasi (Matto 2:1-11)


MATTO 2:3-4
3 Podshoh Hirod buni eshitgach, u bilan Quddus bezovtalanib ketdi. 4 U barcha Yahudiy oliy ruhoniylari va ulamolarini to'plab, ulardan Masihning qayerda tug'ilishi kerakligini so'radi.

Quddusning barcha odamlari va shohi Masihlarining tug'ilishi haqida eshitishganda bezovtalanishdi. Xudo ularning bilimisiz O'zining ishini qildi va U ularga yangilikni yetkazish uchun begona kishilarni ishlatdi. Hirod bosh ruhoniylarni, barcha sobiq bosh ruhoniylarni va ruhoniylarning yigirma-to'rtta sinflarini to'pladi (1 Solnoma 24:1-19; 2 Solnoma 23:8; bilan solishtiring Luqo 1:8), odamlarning xattotlari ham. Hatto ruhoniy va xattotlar o'zlarining kitoblarini so'zma-so'z bilsalar ham, ular kitoblar U haqida shahodat berganni bilmadilar. Ular darhol Masih tug'ilishi kerak bo'lgan joy haqida shohning savoliga javob berdilaru, ammo tug'iladigan Zodni bilmadilar. Ular boshqalarga Uning oldiga qanday borishni ko'rsatdilar, lekin o'zlari bormadilar. Biz o'zimiz Xudoning so'ziga amal qilmasdan uni boshqalarga o'rgatganimizda, bu bizga solishtiruvdir.

Hirod Masih va Uning shohligi haqida, Eski Ahdning bashoratlariga begona bo'lmagan, va bu vaqt “haftalar” haqida Donyorning payg'omi orqali Uning namoyon bo'lishi uchun to'g'ri kelgan. Hirod juda uzoq va juda muvofaqqiyatli hukm surib, u bu va'dalar abadiy qolmasligiga va bashoratdan qat'iy nazar uning shohligi doim davom etadi deb umid qilishni boshladi. Tanaviy yovuz yuraklar hatto yozuvlarning bajarilishidan qo'rqmaydi.

Hirod va barcha Quddus Masihning shohligi dunyoviy kuch bilan urushadi degan adashilgan tushunchadan qiynalishdi, holbuki xushxabarni e'lon qilgan farishta Uning shohligi samoviy, bu dunyodan emasligini ochib bergan. Bu xuddi shu sabab uchun, dunyoning boshqaruvchilari va ko'plab odamlar bugunlik kunda Masihning shohligiga qarshidirlar chunki ular bunga tushunmaydilar, balki bu haqida xato qiladilar.

Munajjimlarning karvoni Quddusga yetib kelganda, zolim Yahudiy bo'lmagan shaharni boshqargan, Buyuk Hirodni chaqirdi. U qo'rs ovchi, Esovning ajdodi Edomik edi. U Rimning yordami bilan Er oldin 37 da Quddusni olgan va ko'p qon to'kkan. U ayyor, zinokor va qotil bo'lgan. U uning taxtini xohlagan har bir kishini bartaraf qilish uchun harakatda o'zining o'g'lini va xotinini o'ldirgan.

Munajjimlar bu yovuz shohga “Yahudiylarning Shohi bo'lib tug'ilgan bola qayerda? deb so'rab-surishtirib sharqdan kelishdi. Bizda yaqinda tug'ilganligi haqida dalil bor chunki Saturn bilan Yupiter birlashdi va biz sharqda aniq bu birlashuvni ko'rdik? Bu yangilik shohning saroyiga chaqmoqdek tushib, butun poytaxtni titratib yubordi. Odamlar yashashlari uchun uy qidirishlaridan va bosim yo'llaridan qo'rqoq bo'ldilar. Ular bu shoh taxtini saqlash uchun ko'proq qon to'kadi deb bildilar.

Ayyor Hirod shu onda Xudoning va'da etilgan Masihidan boshqa biror kishi haqida qayg'urmagan bu o'zgacha e'lonning ma'nosini tushundi. Shunda u o'zini Xudo va Uning O'g'liga qarshi kurash uchun tayyorladi va u saroyida bosh Yahudiy Kengashini chaqirdi.

Bu kengash bosh ruhoniylarining, xattotlarining va oqsaqollarining 72 a'zolaridan tuzilgan. Bu odamlarda qonuniy qarorlarning, diniy izohli hukmlari va oxirgi sudlarining burchi bor edi. Ularning hammasi batafsil Eski Ahd nima e'lon qilganini, asosan Masih haqidagi bashoratlarni bilishar edi. Ular Ishayoda yozilganlar haqida gaplashishdi. Ular “O'lim soyasining yerida yashaydigan odamlar ustiga nur porladi” (Ishayo 9:2) degan oyat bilan boshladilar. Ular Ishayoning ikkinchi bashoratiga o'tdilar, “Biz uchun chaqoloq tug'iladi va bizga O'g'il beriladi; va hokimlik Uning yelkasida bo'ladi. Uning ismi Ajoyib, Nasihatgo'y, Qudratli Xudo, Barhayot Ota, Tinchlik Shahzodasi deb ataladi” (Ishayo 9:6). Keyin ular qurshovga olinganlarga bo'lgan Xudoning xabariga yetdilar, “Qo'zg'aling, porlang; chunki sizning nuringiz keldi! Va Xudoning ulug'vorligi sizning ustingizda qalqiydi. Qaranglar, zulmat yerni va chuqur qorong'ulik odamlarni qamrab oladi; lekin Xudo sizning ustingizda qo'zg'aladi va ulug'vorligi sizda ko'rinadi. G'ayriyahudiylar nuringizga keladi va shohlar yuksalishingizning yorug'ligiga keladi” (Ishayo 60:1-3).

Lekin Shoh Hirod bu sifatlarni, bu ishlarni yoki yangi tug'ilgan Masihning tinchligini bilishni istamadi. U nafrat va g'azabdan Uni shu onda qo'lga olib, shavqatsizlarcha yo'q qilish uchun Uning tug'ilgan yerini bilishni xohladi.

Agar Eski Ahd Bitiklarida yarashtirish uchun ruhlar tomonidan siz zo'rlanganingizda edi, siz Iso Masihni ko'rsatadigan Xudoning 333 va'dalarini topgan bo'lar edingiz. Yangi Ahddagi Masih haqidagi tarjimai hol bilan ular haqidagi qiyosiy o'rganish Masihning tug'ilishi, Uning ishlari bilan birga, o'limi, tirilishi, va ko'tarilishi xodisa orqali sodir bo'lmaganligi balki tafsilotlarda oldindan yozilganligini ochib beradi.

IBODAT: E Rabbiy Iso, Sen tug'ilding va bu dunyo tug'ilishingdan Sendan na-fratlandi. Ular Sening sevgingni va ilohiyligingni bilishmadi. Ular Sendan qo'rqishdi. Lekin men Seni sevaman va Senga rahmat aytib Senga o'zimni bag'ishlayman chunki Sen dunyomizga kelding va radni, nafratni va xusumatni yengding. Iltimos Sen uchun chanqaydiganlarga O'zingni ochgin. Omin.

SAVOL:

  1. Hirod kim? Va bosh Yahudiy Kengash nima?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 09, 2012, at 10:38 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)