Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 079 (The Continuation of Paul’s List of the Saints)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

3. QISMGA QO'SHIMCHA - RIMDAGI JAMOATNING NOZIRLARIGA PAVLUSN-ING HISLATIDAGI MUHIM XABARLAR (Rimliklarga 15:14 – 16:27)

5. Rim jamoatida unga tanish bo'lgan azizlar haqidagi Pav-lusning ro'yhatining davomi (Rimliklarga 16:10-16)


RIMLIKLARGA 16:10-16
10 Sinovdan o'tib, Masihga maqbul bo'lgan Apellisga salom aytinglar. Aristovul xonadoni ahliga salom aytinglar. 11 Qa-rindoshim Hirodionga salom aytinglar. Narkis xonadoni ah-lidan Rabbimizga qarashli bo'lganlarga salom aytinglar. 12 Rabbimiz xizmatida zahmat chekkan Trifen bilan Trifosga salom aytinglar. Rabbimiz xizmatida ko'p zahmat chekkan sevikli singlim Parsisga salom aytinglar. 13 Rabbimizning mumtoz xizmatkori bo'lgan Rufusga va meni o'z o'g'li kabi asragan onasiga salom aytinglar. 14 Asinkrit, Flegon, Hermes, Patroas, Hermas va ular bilan birga bo'lgan birodarlarga salom aytinglar. 15 Filolog bilan Yuliyaga, Nirey va uning singlisiga, Olimpas hamda ular bilan bo'lgan butun azizlarga salom aytinglar. 16 Muqaddas o'pich bilan salomlashinglar. Barcha Masih jamoatlari sizlarga salom yo'llayapdilar.

Pavlus tajribalarini va ta'limi bilan va unga tanish bo'lgan Rim jamoatining ismlari haqida bu jamoatga xabar qilgan. Pavlus Rimda begona emas, balki Rim jamoatidagi uning ishlayotgan xabarchilari taniqli va ma'qbul bo'lgan bu ro'yhat orqali jamoat sardorlariga buni tasdiqlagan.

Apellis juda mashxur Yunon rassomi nomini olgan. U azoblar va kurashlardan qat'iy nazar Masihga sodiq qolishda davom etgan Rim jamoatida tajribali a'zo bo'lgan. Aristovul xonadonining ahli taniqli emas balki ozod qullar bo'lishgan, lekin Pavlus ularni birodarlar deb chaqirgan chunki Masihga bo'lgan imonlari orqali qudratli Xudoning O'g'li ularni asrab olib yangilagan.

Hirodion Musoning Qonunini bajarishga va shu bilan birga Ma-sihga ergashishga harakat qilgan asl Yahudiyaning Masihchisi bo'lgan. U Pavlus qabilasiga ko'ra Pavlusga qarindosh edi.

Pavlus Narkis xonadonini nomma nom bilmagan, lekin ular sodiq Masihiylar va Rabbiy Isoning bisoti bo'lishgan va ular ruhiy tajribalarini tan olishgan. Trifen bilan Trifos Rabbiyning g'ayratli xizmatkorlaridek tanilgan ikki opa-singillar bo'lishgan. Persis, Pavlus ruhiy udumga ko'ra sevikli deb nomlagan Rabbiyning uchinchi xizmatkori bo'lgan, u faqat ishonmasdan, balki u ishongan narsasiga ko'ra yashab, Iso uchun mehnat qilgan.

Pavlus Isoning xochini ko'tarib borgan Kirineyalik Simunning o'gli ekanini ko'rsatadigan “Rabbiyda tanlangan” degan yagona ismni Rufusga berdi (Mark 15:21). Simunning xotini; ya'niy Rufusning onasi balki O'rta Sharqda Pavlusga xizmat qilgan, chunki Pavlus bu yaxshi ayol unga g'amho'rlik qilishda va unga dalda berishda onadek bo'lib qolganiga dalolat beradi.

Pavlus imonlilarning ikta qismlariga salomlar jo'natdi va ularning har birini nomma nom eslatib o'tdi, chunki u ular haqidagi tushunchasi jamoatda tanilishi uchun qayg'urgan. Asinkrit, Flegon, Hermas, Patrovas, Hermes va ular bilan birga bo'lgan birodarlar Pavlus Rabbiy Isoda ularni birodarlarim deb ataydigan birinchi qisim bo'lishgan. Ikkinchi qism shular: Filolog, Yuliya, Nirey va uning singlisi, va Olimpas, va ular bilan bo'lgan barcha azizlardir; ular jamoa xonadonining a'zolari edilar. Boyagilar Muqaddas Ruhning boshqaruvi ostida yashashgan, va Muqaddas Ruhning hosili ularda ko'ringan, shunda Pavlus ularni azizlar deb atagan. Ular Rabbiylari va Najodkorlaridek, o'limdan tirilgan Masihni ko'rishgan va ular Muqaddas Ruhning in'omini va abadiy kuchini olishgan.

Pavlus Masihda birodarlik munosabat, ruhiy va muqaddasliklarining ramzi sifatidek, muqaddas o'pich bilan bir-birlari bilan salomlashishlarini ulardan so'rab, Rimdagi azizlarning ro'yhatini berkitadi. Ayniqsa, Pavlus ularning vakillaridek salohiyatida, O'rta Sharqdagi hamma jamoatlarning nomi bilan Rimdagi hamma jamoatlar va imonlilar bilan salomlashadi.

25 ismni o'z ichiga oladigan bu ro'yhatga diqqat bilan qaraydigan kishi, bu vaqtdagi jamoatlar toshdan bo'lgan keng jamoatlar bo'lmaganligini, balki Pavlus hammasini Rimdagi Muqaddas Ruhning ma'badidek hisoblagan, uylaridagi chegaralangan doiralarda birga ko'rishgan imonlilarning jamosi ekanligini tushunib yetadi. Ular poytaxtga turli hil yo'nalishlardan kelishgan va turli hil tillarda va udumlarda xalqaro jamoatni shakillantirishgan. Lekin ularning hammasi bir tilda Masihning nomiga va qoniga va Uning ularga berilgan solihligiga dalolat berishgan.

Biz balki bu ismlar ro'yhatida Rim zolimi bo'lgan Nero davrida buyuk quvg'in mobaynida o'ldirilgan ba'zi shahidlar haqida o'qishimiz mumkin. U Masihiylarni qo'lga olib, ularni osgan, va ulardan alangalanadigan mash'al qilish uchun yoki ular ostida olovdan qizigan temir yog'ochlarida tanalarini qovurish uchun, ularning badanlariga olovli ishlarni solishgan.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Senga sajda qilamiz chunki Sen turli hil til-larda, Muqaddas Ruhingning boshqaruvi ostida Rimda Iso Masihning jamoatini to'plading; va bu jamoat yangi ijodiyotning ramzi bo'ldi, chunki abadiy hayot ularda yashadi. Bizga ham dangasa bo'lmasdan, balki bir Xudo bo'lgan Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhni sevadigan hammani qidirib, qabul qilishimiz uchun kuch ber. Omin.

SAVOL 97: Ro'yhatda eslatib o'tilgan azizlarning nomlaridan biz nimani o'rganamiz?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)