Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 080 (A Warning against the Deceivers)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

3. QISMGA QO'SHIMCHA - RIMDAGI JAMOATNING NOZIRLARIGA PAVLUSN-ING HISLATIDAGI MUHIM XABARLAR (Rimliklarga 15:14 – 16:27)

6. Firibgarlarga qarshi ogohlantirish (Rimliklarga 16:17-20)


RIMLIKLARGA 16:17-20
17 Ey birodarlarim, sizlarni o'rgangan ta'limotingizdan ayni-tib, nifoq va g'ulg'ulaga sabab bo'ladigan kishilardan extiyot bo'lishingizni o'tinib so'rayman; ulardan o'zingizni chetga olinglar. 18 Chunki bunday odamlar Rabbimiz Iso Masihga emas, balki o'z qorinlariga xizmat qiladilar. Sofdil odamlarning ko'nglini shirin so'zlar va tilyog'lamalik bilan ovlaydilar. 19 Sizlarning mo'minligingiz hammaga ma'lum bo'lib qoldi. Men o'zim ham sizlardan hursandman-u, lekin sizlar yaxshilikda dono, yomonlikdan holi bo'lishingizni istayman. 20 Tinchlik manbai bo'lgan Xudoning O'zi tez orada shaytonni oyoqlaringiz ostida ezib tashlaydi. Rabbimiz Iso Masihning inoyati sizlarga yor bo'lsin.

Pavlus balki maktubini yopyotgan payitda Muso qununing guruhining aqidaparastlari Yahudiylikdan meros bo'lib qolgan urf-odatlarni va Musoning qonunini bajarish uchun Rimdagi jamoat uchrashuvlarida Masihiylarni chaqirishni boshlaganliklarini o'rgangan. Bu qonunlar ba'zi ovqatlardan tiyilish, aniq kunlarda yoki oylarda ro'za tutish, Yakshanbaning o'rniga Shanbaga amal qilish va Masihiy oyatlarni bajarish oldida Yahudiy oyatlariga rioya qilishini o'z ichiga olgan.

Pavlus faqat Xudoning inoyatiga yopishib olmasdan, qonunni bajarish, yaxshi ishlarda barpo bo'lgan bid'atga qulash hatari va xonadon jamoatining o'rtasida iblis yaratgan vasvasaning haqiqiy tabiatini tushunib yetdi. Bu bid'atga ko'ra Masihning xochi najodga erishish uchun yetarli emas, balki biz o'zimizning ishlarimizga suyanishimiz, Musoning qonunini bajarishimiz va qattiq qo'llik bilan bunga rioya qilishimiz kerak.

Pavlus “Ishonib, suvda imon keltirgan kishi qutqariladi” degan bayoniga ko'ra, hamma gunohkorlarning gunohlarini kechirgan Masihning solihligiga qarshi iblisning hujumini ko'rdi. Dovud payg'ambar “Biroq hammasi yanglishib, barcha murdor bo'lgan; yaxshilik qiluvchi hech kimsa yo'q, hatto biror kishi ham yo'q” (Zabur 14:3) haqidagi ta'limotga qarshi bo'linishlar va gunohlarga sabab bo'lganlardek Masihning erkin inoyatini buzishni qidirganlarni Pavlus tasvirlab bergan.

Pavlus Rimliklarga bo'lgan Maktubida najodimizga faqat yo'l kabi Masihning yo'lini ta'kidlab, bu insoniylikning buzuqligini tushuntirib bergan (Rimliklarga 3:9-24). Bu tushuntirishdan keyin, Yahudiy firibgarlari keldilar va Rim jamoatiga Pavlusning maktubining yetib kelishidan oldin, u bilan kelgan narsani yo'q qilishga harakat qilishdi. Shuning uchun, Pavlus Rimdagi jamoatlarni yolg'on gapiryotgan firibgarlar to'g'risida ogohlantirdi.

Bundan oldin, Quddusdagi havoriylarning birinchi uchrashuvida va imonlilar orasidagi qonun to'g'risida aqidaparastlar bilan qizg'in tortishuvdan keyin, Pavlus ochiq oydin dedi: “U holda, sizlar nima uchun Xudoni sinab, na otalarimiz, na bizlar ko'tarib borolmagan bo'yinturug'ni Iso shogirdlarining bo'yniga yuklamoqchisizlar? O'zimiz birgina Rabbimiz Isoning inoyati bilan najod topishga ishonganimiz kabi, ular ham xuddi shunga ishonishadi” (Havoriylar 15:10-11).

Havoriylarning sardori bo'lgan Butrus azoblar va xochga mixlanishga borishga Isodan yuz o'girishga harakat qilganida, Iso unga degan: “Yo'qol ko'zimdan, shayton! Sen Meni yo'ldan uryapsan, chunki sen Xudoning ishlarini emas, balki inson ishlarini o'ylayapsan” (Matto 16:23).

Masihning xochini qoldirish va o'zlarining tirishqoqliklari bilan najodlarini o'rnatishlari uchun insonlarning hamma harakatlari mag'lubiyatga uchragan. Ular yuraklarida faqat shaytonga hos firibgardirlar. Xuddi shu tarzda, Insoniylikni jonlantirish uchun harakat qiluvchilar chiroyli bo'lib ko'rinadilar, lekin ular yuraklarida Xudoning inoyatiga qarshidirlar. Masihning kerakli qutqarishdan va xoch haqidagi tarixiy haqiqatdan bosh tortib, qonunni bajarish orqali jannatga ega bo'lishni qidiradigan har bir kishi iblis tomonidan aldangan va tuzoqqa ilingandir.

Pavlus maktubida Rimdagi gangirab qolgan imonlilarni chaqirib, ularga dedi: “Bu firibgarlardan ehtiyot bo'linglar va ulardan uzoqda yuringlar, va uyingizda ular gapirishiga ruhsat bermanglar, chunki siz Isoning bu bayonida U nama deganini tushunmadingizlar: ' Qadimdan ularga deyilgan... lekin Men sizlarga aytaman...' bu firibgarlar o'tmishda yashashadi va inoyat asri bo'lgan yangi asrga o'tishmagan. Shuning uchun, o'limdan tirilgan Masihga ishoning va shunda abadiy yashaysiz.”

Pavlus Rimdagi imonlilarga ogohlantirish sanosiga va hurmatiga qo'shimcha ravishda ularga shunday deb qo'shib qo'ydi: “Men sizning haqiqiy imoningiz va ruhiy sevgingiz uchun hursandman chunki siz Muqaddas Ruh boshchiligi ostida itoatkorlikni o'rgandingiz va buni amaliy hayotingizda qo'lladingiz va bu ruhiy haqiqat Yunonistonning barcha jamoatlarida tanildi, shuning uchun, siz yaxshi va yomonning farqiga borishingiz uchun tirik Isodan donolikni qidiring. Yovuzlikni tark etib, yaxshilik qiling. Har vaqt tirik Rabbiy sizni Xudo bilan tinchlikda yashashga va to'g'ri imonga boshlashi uchun xushxabarga qo'yilgan boshqaruv uchun Undan so'rab turing”.

Pavlus bu daldali so'zlardan keyin, u biz Muqaddas Kitobning boshqa birorta joyida topmaydigan yagona bayoni orqali ularga muqaddas g'azab bilan va'da berdi: “Tinchlik manbai bo'lgan Xudoning O'zi tez orada shaytonni oyoqlaringiz ostida ezib tashlaydi” (Rimliklarga 16:20). Bu keskin bayon O'zida tinchlikning to'liqligidan bo'lgan tinchlik Xudosi yuraklariga tinchlikni berishini anglatadi. Ishonchsizlikni tan olmaydigan bu Xudo Masih osmondan qaytib tushganida iblisni yengadi.

Pavlus Rimdagi jamoatga bu Masihning ruhiy badani ekanini va shuning uchun Qudratli qanday qilib ularning oyoqlari ostiga yovuz shaytonni nobud qilishini, shunki ular Masihda va Masih esa ularda ekanligini amalda ko'rsatishini tasdiqlagan. “Siz o'zingiz yovuz shaytonni yengolmaysiz, lekin Xudo suyukli O'glining oyoqlari ostiga uni tashlaydi, chunki siz ko'rinadigan nurli ulug'vorlikning ko'rsatgichidan tatiysizlar” (Zabur 109:1).

Pavlus haqiqatgo'y bo'lgan. U Rabbiy Isodan Rimdagi imonlilarni iblisning vasvasalaridan saqlashini va ularni inoyatiga qo'yishini so'ragan, chunki inoyat O'ta, O'g'il va Muqaddas Ruhning rohatiga kalitdir.

IBODAT: Ey Rabbiy Iso Sen bizlarni ibodat qilishga o'rgatding: “Bizni vasva-saga duchor qilma, ammo yovuz shaytondan saqla”. Yovuz shayton ustidan g'alaba qozonyotganingni ko'rish uchun yuraklarimizning ko'zlarini ochib yubor va o'zimizni o'zimiz qutqarish uchun har bir harakatdan bizni saqla, chunki hech kim emas, balki faqat Sen bizning Najodkorimizdirsan. Omin.

SAVOL 98: Iblisning vasvasalarining markazi nima?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:42 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)