Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 078 (Paul’s List of the Names of the Saints in the Church of Rome)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

3. QISMGA QO'SHIMCHA - RIMDAGI JAMOATNING NOZIRLARIGA PAVLUSN-ING HISLATIDAGI MUHIM XABARLAR (Rimliklarga 15:14 – 16:27)

4. Rim jamoatida unga tanish bo'lgan azizlarning nomlari haqidagi Pavlusning ro'yhati (Rimliklarga 16:1-9)


RIMLIKLARGA 16:1-9
1 Kenhreya shahridagi imonlilar jamoatida xizmat ko'rsa-tayotgan opamiz Fivani sizlarga taqdim etaman. 2 Uni Rab-bimiz haqi, Xudo azizlariga munosib qabul qilinglar. U nima-ga muhtoj bo'lsa, yordam beringlar. Zero u ko'p kishilarga va ayniqsa menga ham madadkor bo'lgan. 3 Iso Masih xizmatida bo'lgan hamkorlarim Priskilla bilan Akilga salom aytinglar. 4 Ular mening jonimni asrash uchun o'zlarini o'lim havfiga qo'ydilar. Ularga yolg'iz men emas, balki majusiylardan imon keltirganlarning barcha yig'ilishlari ham tashakkur bildirmoqdalar. 5 Ularning uyida yig'iladigan jamoatga ham salom aytib qo'yinglar. Asiya o'lkasida Masih uchun birinchi unib-chiqqan hosilday bo'lgan sevikli muhibim Epenetga salom aytinglar. 6 Biz uchun ko'p mehnat qilgan Maryamga salom aytinglar. 7 Havoriylar orasida nom chiqargan va mendan oldin Masihga imon keltirgan hamda men bilan birga mahbus bo'lgan qarindoshim Andronikka, shuningdek, Yuniga salom aytinglar. 8 Rabbimiz yo'lida borayotgan sevikli o'rtog'im Ampliatga salom aytinglar. 9 Masih xizmatida hamkorimiz bo'lgan Urban va sevikli Stahisga salom aytinglar.

Pavlus maktubida quydagi mavzularni tushuntirgan:

Birinchisi: Masihdagi imonning poydevorli asoslari.
Ikkinchisi: Xudo tomonidan tanlov.
Uchinchisi: Imonlilarning xatti-harakatlari.

Pavlus maktubining yakunida faqat asos haqida gapirmagan, balki jamoatdan unga tanish bo'lgan shaxslarni ham keltiradi. Pavlus ular uning kelishi va ta'lim berishi uchun tayyorgarlik ko'rib, uning xushxabarini vujudga keltiradiganlardek ularni o'ylab, ta'limotini haqiqatini isbot qilish uchun amaliy guvoh ekanliklarini ko'rsatadi. G'ayriyahudiylarning havoriysi Rimda begona emas, balki u boshqa birodarlarga tanish bo'lgan azizlarning tanlovini hadya etgan. Ularning hammasi Masihda o'rnashib, o'sha vaqtdagidek Rim davlatining poytaxtida Muqaddas Ruhning ma'badidagi tirik toshlar bo'lishgan.

Hayratli narsa shundaki, Pavlus “Masihdagi singlimiz” dek tasvirlaydigan Fiva ismli bir ayol bilan azizlarning ro'yhatini boshlaydi. Fiva jamoatning xizmatiga, kambag'allar, kasallar va safarchilarning xizmatiga o'zini bag'ishlagan yaxshi Masihiy edi. U Yunonistondagi Korinfning janubiy qismi bo'lgan Senchryadagi jamoatning idorasi tomonidan xizmatchi bo'lgan. U bu ayol shahar huquqlarisiz mijozlar va shaxslarning qiziqishlari bilan birga urf-odat davolarining kelishuvida va huquqiy ishlarda mutaxassis bo'lganini ko'rsatadi. Bu ayol Pavlus va uning hamrohlariga ularning safarlarida yordam bergan va agar Pavlus qaytib kelishi tufayli bir necha muammolarga duch kelgan bo'lsa, Rimda unga yordam berish uchun balki tayyor ham bo'lgan. Pavlus Rimdagi Masihiylardan qandaydir ishda bu ayolga ulardan yordam kerak bo'lib qolsa unga yordam berishlarini so'raydi va azizlarning loyiq ishida jamoatlarida ular uni kutib olishlarini talab qiladi. Fiva Rimdagi jamoatga Pavlusning hozirgi maktubini topshirganiga tahmin qilinadi. Fivada hislat bor edi va u O'rta Sharqda taniqli Masihiylardan biri bo'lgan.

Rimdagi azizlarning ro'yhatidagi bu hatning xabarchisidan keyin, Pavlus Priskilla va uning eri Akilni eslatib o'tadi. Ular Pavlusga boshpana berib, gapdon voizchi bo'lgan Apellisga xushxabarni tartib bilan ko'proq tushuntirgan joy Efesda (havoriylar 18:2-26) uning rizq-ro'ziga yordam berish uchun unga ish taqdim qilishgan.

Yopiq Pavlusga o'zlarini ochgan va uning himoyasi uchun o'z hayotlarini havf ostiga qo'ygan bu ikkalasini bilib, Pavlus erining oldida bu ayolning ismini eslatib o'tganini eslatib o'tish kerak; va Asiyadagi barcha imonlilar bu er-xotinning yaxshi xizmati va o'zlarini qurbon qilishgani uchun ularga tashakkur bildirishdi. Bu ular mehmondo'st dargohlarida sajda qilishga yig'ilish uchun odatlangan jamoatni qabul qilgan Rimga safar qilishganiga o'xshaydi. Shuningdek Pavlus Xudoning inoyati haqida ularning hammasini ta'limotining guvohlaridek hisoblab, ularning uylaridagi jamoatga salom yo'llaydi.

Pavlusning seviklisidek bo'lgan Epenetga salom aytishadi. U Asiyadagi Masih uchun birinchi unib chiqqanlardan biri bo'lgan, va imonlilar uni Masih va ular o'rtasidagi bog'lovchi rishtadek hisoblaganlar. Keyin u Isoning izidan ergashishni davom ettirish uchun Rimga jo'nab ketdi.

Epenetdan keyin, Pavlus Yunonistonda va Anatoliyada Pavlusga va uning sheriklariga yordam bergan va sabr-toqat va sodiqlik bilan Rim jamoatida ko'p mehnat qilgan Maryamni eslatib o'tadi. Pavlus Masihning izdoshlari uchun uning pok va doimiylik xizmati haqida dalolat beradi.

Keyin, Pavlus Yoqub bolalaridan biri bo'lganligi haqidagi haqi-qatga guvoh bo'lgan va Rimda Pavlusga o'xshab yashagan, Benyamin qabilasidan, asl Yahudiylardan imonlilar bo'lgan Andronika va Yuniyni eslatib o'tadi. Ular Masih uchun azob tortishda Pavlusning birga mahbus bo'lgan sheriklari bo'lishgan. Ular Pavlusdan oldin imonga kirishgan va Quddus jamoatidagi ilk Masihiylar orasida farqlanib, boshqa havoriylarning do'stligi bilan e'tibor qozonishgan.

Endi, Pavlus azizlarning ro'yhatida uchta notanish ismlarni eslatib o'tadi: Ampliat, Urban va Staxis. Ampliat va Staxis hanuz qul edilar. Pavlus Masihning ruhiy tanasiga ruhan ulanganda nafratlangan va qiynoqqa solingan bu hurmatga sazavor bo'lganligini ko'rsatib, Rabbiydagi seviklisidek bu kishini birinchi tasvirlab beradi. Pavlus o'zining seviklisidek tasvirlab beradiganning boshqa biri jamoatda hurmatli xizmatchi bo'lgan. Urban ko'p yillardan beri Pavlus bilan ishlab kelgan asl Rimning hurmatli kishisi bo'lgan, va Pavlus uni Masihdagi yordamchisi va xizmatdagi hamkoridek hisoblagan. Rimning hamma jamoatlarida Urbanni tanishar edi.

Bu Masihda ruhiy birlikni birga shakillantirgan, boshidan ozod odamlarni va qullarni o'z ichiga olgan Rimdagi jamoatni bilib olish zarurdir. Bu bizga Muqaddas Ruh irqiy va ijtimoiy farqlarga qiymatni biriktirmasligini tushuntiradi. U erkak va ayol, ozod kishi va qul, boy kishi va kambag'al, Yahudiy va G'ayriyahudiyni o'rtasidan ajratmaydi, chunki ularning hammasi Masihdagi ruhiy birlikda tengdirlar.

IBODAT: Omondagi Otamiz, biz Seni ulug'laymiz chunki Sen Rimdagi ja-moatlarni Muqaddas Ruhingning boshqaruvi ostida va Iso Masihda joylash-tirding. Biz quvonamiz chunki O'g'lingning bu jamoatlari ozod kishilarni va qul-larni, erkaklarni va ayollarni, boy va nochorlarni, Yahudiy va G'ayriyahudiylarni o'z ichiga oladi, va ularning hammasi ruhiy bir va bahtli bo'lishdi. Omin.

SAVOL 96: Biz Rimdagi jamoat a'zolarining ismlaridan nimani o'rganishimiz mumkin?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)