Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 073 (How those who are Strong in Faith ought to Behave)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)

10. Imonda mustahkam bo'lgan kishilar qanday qilib kutil-magan muammolar tomon harakat qiladilar (Rimliklarga 15:1-5)


RIMLIKLARGA 15:1-5
1 Biz, imoni kuchlilar o'zimizni mamnun qilishni ko'zlamas-dan kuchsizlarni ojizligiga sabr-bardosh qilishimiz kerak. 2 Har birimiz o'zganing yaxshilik va rivoj topishiga g'amho'rlik qilib, uni mamnun qilishga harakat qilaylik. 3 Chunki Masih ham O'z-o'zini mamnun qilmadi. Lekin Zaburda U haqda yozilganidek: “Seni taxqir qiluvchilarning haqorati mening ustimga tushdi”. 4 Qadimgi oyatlarda nimaiki yozilgan bo'lsa, bizning ta'lim olishimiz uchun yozilgan. Biz bu oyatlardan sabr va tasalli topib, umidimizda mahkam turishimiz lozim. 5 Sabr va tasalli manbai bo'lgan Xudoning O'zi esa, Iso Masih o'rgatganidek, bir-biringiz bilan hamfikr bo'lishni sizlarga ato etsin.

Pavlus uzoq tomir otgan ovqat va ichimlik haqidagi urf-odatlarni bilar edi. Pavlus qonundan ozod bo'lganlar va kuchli bo'lganlar bilan Yuz keldi va o'zini ulardan biri deb hisobladi. Lekin u kuchli va yetuklarga Masihga ishonadigan, yangi imonlilarning kuchsizliklarini olishlarini aytib, o'zining ozodligini chegaralab qo'ydi. Biz o'zimizni mamnun qilish uchun emas, balki yangi bo'lgan imonlilarni mamnun qilish uchun yashashimiz kerak. O'zlarining yaxshiliklariga va ta'limotlari va boshqalarning ta'limoti uchun shunday qilish o'zimizning xohish va istaklarimizni bajarishdan ko'ra muhimroqdir.

Bu asos har tomonlama jamoatdagi takkaburlikning qisqa ruhini parchalab tashlaydi. Biz orzu-armonlarimizga ko'ra hayotimizni, ishlarimizni va imkoniyatlarimizni rejalashtirmaymiz, balki biz Isoga va imonda kuchsiz bo'lganlarga xizmat qilamiz, chunki o'yimizning markazi “Men” (o'zim) emas, balki Iso va Uning jamoatidir. Iso O'zi uchun yashamagan balki U ulug'ligidan kechib, inson bo'ldi. U dunyoni qutqarish uchun ayiblarni, haqoratlarni va azoblarni O'ziga oldi va jinoyatchidek nafratlanilib oxiri hatto jinoyatc-hilarni qutqarib, ularga ta'lim berish uchun hamma uchun o'ldi.

Iso Muqaddas Kitobga asoslanib yashagan; kamtar hayot ke-chirgan, yumshoq va g'oyat darajada sabr toqatli bo'lgan. U Eski Ahd kitoblaridan xizmatlarida boshqaruv va kuchni olgan. Jamoatda va Masihni rad etadiganlar orasida xizmat qilishni istaydigan kishi xizmatining hursandchiligini va kuchini yo'qotishi mumkindek Xudoning dunyosida chuqur tomir otishi kerak.

Pavlus Xudo sabr va tasalli Xudosi ekanini ko'rsatib o'tishdagi bu mavzulardagi uzoq tekshiruvlarini jamladi (Rimliklarga 15:5). Yaratguvchining O'ziga o'zini o'ylaydigan va o'jar insonlar bilan sabirli bo'lish uchun uzoq sabir-toqat kerak bo'ladi. Xudo faqat O'ziga manzur bo'ladigan O'gli Isoda taskin topadi. Pavlus bu ko'rsatish bilan u jamoatlarga imonlilardan keladigan emas, balki faqat Masihdan keladigan birlikni berish uchun sabr va tasalli ruhiga Rimdagi ibodatchilarni boshladi, chunki faqat Unda jamoat fikrlari birlashadi. Jamoatda Masihdan keladigan birlik va muvafaqqiyatdan boshqa birlik yo'q. Shunda hamma birgalikda hamdu-sanoda qatnashadi va olamning Qudratlisi, Hukmdori va Yaratguvchisi bizning Rabbimiz Iso Masihning Otasi ekanligini o'rganadi.

Azob va o'limi bilan bizni Muqaddas Xudo bilan yarashtirgan faqat Iso edi. Biz mehribon Otamiz kabi Iso Masihning Otasiga hamdu-sano aytib, quvonishimiz uchun o'limdan tirilib, osmonga ko'tarilishi orqali biz uchun ikkinchi tug'ilishni va saqlab olishlikni sotib oldi. Xudo va O'g'li komil va ruhiy bir bo'lgani kabi, jamoat a'zolari ham o'zlarini ajralmas birlikda Iso bilan bog'lashlari kerak.

IBODAT: Ey samoviy Otamiz, biz Seni ko'taramiz chunki Rabbimiz Iso bizga Sening otaligingni ochib berdi, bizni Sen bilan yarashtirdi va Sevging birligida Muqaddas Ruhing bilan bog'ladi. Imonlilar orasidagi turli hil fikrlardan qat'iy nazar jamoatimizda bu sevgi komil ruhiy birlikni bajarsin. Omin.

SAVOL 91: Rimliklarga 15:5-6 qanday ma'noni beradi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on January 21, 2012, at 10:13 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)