Waters of LifeBiblical Studies in Multiple Languages |
|
Home Bible Treasures Afrikaans |
Home -- Uzbek -- Romans - 074 (Christ Overcame all the Differences) This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK
Previous Lesson -- Next Lesson RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz QISM 3 - XUDONING SOLIHLIGI MASIHNING IZDOSHLARINING HAYOTIDA KO'RINADI (Rimliklarga 12:1 - 15:13)
11. Masih Yahudiylarning va G'ayriyahudiylarning imonlilari o'rtasidagi hamma farqlarni yengib chiqdi (Rimliklarga 15:6-13)RIMLIKLARGA 15:6-13 Rimliklarga bo'lgan Maktubning 9 bobidan 15 gacha boblarni o'qiydigan kishi Yahudiy va G'ayriyahudiylarning Masihiylarining o'rtasini oddiy hayot birga bo'lganligini, va nohaqlik farqni yaratganligini tushunishingiz mumkin. Bu farqning negizi Musoning Qonuniga, va Yahudiy va Masihiy oyatlarga ko'ra ovqatlar va sunnat edi. Pavlusning Rimliklarga yozilgan yaxshi so'zlarining maqsadi G'ayriyahudiylarning imonlilari bilan Yahudiy imonlilarini birlashtirish va ular o'rtasidagi ochiqlik ustidan ko'prik qurish edi, chunki Masihning O'zi ularni birlashtirdi. Shuning uchun, Pavlus maktubining oxirida shunday yozgan: “Iso Masih sizlarni qabul qilib qutqargani kabi, sizlar ham turli hil urf-odatlardan qat'iy nazar bir-biringizni qabul qiling. Va kimki bu najodning sirini tushunib yetsa, hech qanday farqsiz, tarafkashliksiz yoki nafratsiz boshqalar bilan Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhni ulug'laydi. Sevgi turli hil imonlilarning birligini talab qiladi va Masihning sevgisi hayoliy farqlardan ko'ra kuchliroqdir. Pavlus asl Yahudiylarning imonlilariga bu qoidani asoslab berib, ularga kutilgan Masih Xudoning haqiqatini va solihligini ochib berish uchun va O'zining va'dalarini so'z va hatti-xarakat bilan bajarish uchun Yahudiylarga xizmatkor bo'lganligini e'lon qildi. Shuning uchun Masih ko'p va'dalarni bajarib, imon ota-bobolari haqiqat o'zgartirib bo'lmasligini tushunishlari uchun Iso haqida ochib berdi. Havoriy nopok G'ayriyahudiylarning imonlilariga Xudoning ulug'vorligiga loyiq bo'lishlarini, chunki Xudo ularga mehribonlik ko'rsatib, ularni O'zi bilan yarashtirganligini va ularni asrab olib, yangi ijod qilganligini ularga tushuntirdi. Bu ham Eski Ahdning va'dasining bajarilishidir, chunki Masih G'ayriyahudiylarning ham nuridir va G'ayriyahudiylarning Masihiylari Xudoning hursandchiligida qatnashish uchun ruhsat etiladilar, chunki Masih hursandchiligi ularda bajo bo'lishini istaganini tushuntirib bergan (Yuhanno 15:11; 17:13). Biroq, G'ayriyahudiy imonlilari Yahudiy imonlilarini unutmasdan, balki ular bir ovozda butun yuraklari bilan Ota va O'g'ilni ulug'lashlari kerak. (Iklamchi Qonunlar 32:43). Eski Ahddagi bu va'dalar barcha qit'alarning kichkina tanlovigacha chegaralanmaydi, balki va'da etilgan xalqlar Rabbiy Isoda Otani ulug'lashlari uchun, ular va'da etilgan hamma xalqlarga tegishlidirlar (Zabur 116:1). Biz bu qimmatli va'dalarda inson uchun ruhiy hokimyatni va buyuk najodni topamiz. Masihga ishonadigan kishi Uning mehrining boyliklarida ishtirok etadi. Ishayo payg'ambar bashorat qilgan: “Keyin bir nihol Ishaydan kelib chiqadi... Bu kunda Ishayning Negizi xalq uchun bayrog'dek turadi; xalqlar unga suyanadi va umidlarini unga qo'yadilar”. Isoda bu bashoratning bajo bo'lishi bo'lgan, chunki Iso Otaning o'ng tomonida o'tiradi va Unga osmonda ham yerda ham butun hokimyat berilgan. Iso havoriylariga borib barcha xalqlardan shogird ortirib, ular Ruhi bilan to'lib boshqarilishlariga va Xudoning shohligi ularda o'sishiga buyrug' bergan. G'ayriyahudiy havoriysining ibodati imonlilarning birligidan keladigan umidni yoyishga maqsad qiladi. Bu havoriy osmon hursandchiligi bilan tanalarning to'liqligini va ularing hammalari Muqaddas Ruhning kuchi va umidida boy bo'lishlari uchun Muqaddas Uch Birlikning birligidagi to'g'ri haqiqatni o'rnatish uchun Tinchlik Shahzodasining tinchligini qidirgan. IBODAT: Ey osmondagi Otamiz, biz O'g'ling Iso orqali asl Yahudiylarning im-onlilari asl G'ayriyahudiylarning imonlilaridan nafratlanmasliklariga boshqari-shingni so'raymiz; balki barcha imonlilar Iso Masihning to'lovi bilan bir bo'lgan-liklarini bilishlarini so'raymiz. Ularga Masihdagi hamma huquqlarni hadya etgin va ular Muqaddas Ruhning kuchida bir bo'lib qolishlari uchun imonda o'zaro bo'lgan tarzni bergin. Omin. SAVOL 92: Pavlus Rim jamoatlaridagi muhim farqlarni yengib chiqishni qanday kutgan? |