Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 026 (Abraham’s Faith was Accounted to him)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
B - IMON ORQALI YANGI IMON HAMMAGA OCHIQ (Rimliklarga 3:21 - 4:22)
3. Ibrohim va Dovud imon orqali oqlanishning misoli (Rimliklarga 4:1-24)

a) Ibrohimning imoni solihlik uchun uni oqladi (Rimliklarga 4:1-8)


RIMLIKLARGA 4:1-8
1 Xo'sh, bobokalonimiz Ibrohim, deylik, ajdodidan nima ort-tirdi? 2 Agar Ibrohim savob ishlari tufayli o'zini oqlaganida edi, maqtanish uchun sabab topar edi. Biroq Xudo oldida maqtanib bo'lmaydi. 3 Mana Tavrotda ne deyilgan: “Ibrohim Xudoga ishondi va shu tariqa oqlandi”. 4 Mehnatkashga to'lanadigan yumush berimi iltifot emas, xizmat haqidir. 5 Biroq qilgan savobli ishiga suyanmay, balki betavfiqni ham yo'lga solib oqlovchi Xudoga ishongan kishi o'z e'tiqodi bilan oqlanadi. 6 Mana, Zaburda ham savob ishlaridan qat'i nazar Xudo yorlaqagan odamni Dovud bahtiyor deb aytadi: 7 “Qonunsiz ishlari afv etilib, kimningki gunohi o'tilsa, bunday odam bahtiyordir! 8 Kimningki Xudovand inobatga olmas aybin, saodatmand erur shu kishi!”

Pavlus Yangi Ahddagi haqiqiy imonga Rimdagi asl Yahudiylarning imonlilarini boshlashni qidirdi. U otalari Ibrohimni va payg'ambar Dovudni misol qilib oldi. Pavlus shunday qilish orqali ular ishlari orqali emas, balki imonlari orqali kechirimlariga va solihliklariga yetishganliklarini isbotlab berdi.

Ibrohim boshqa insonlardek yashagan; u boshqalardan ko'ra yaxshiroq ham, yomonroq ham emas edi. Xudo uning ko'p gu-nohlarini va buzuq yuragini bilar edi lekin Xudo O'ziga bo'lgan Ibrohimning xohishida ruhiy itoatkorlik uchun tayyorgarlikni topdi. Xudo to'gridan-to'g'ri Ibrohimga gapirib, uni chaqirdi va qari cho'lda yashaydigan kishi Uning chaqiruviga ishondi. Ibrohin Xudoning va'dasiga chuqur tushungan lekin u Xudoning so'zi haqiqat ekaniga va U va'dalirini bajarishda sodiq ekanligi uchun Xudoning O'ziga ishondi. Ibrohim bu imon bilan Xudoni ehtiromladi va Rabbiyning ismini ulug'ladi. Ibrohim o'zining kuchi haqida yoki ayon bo'lgan kuchsizligi haqida o'ylamadi, balki unda Xudoga bo'lgan va Uning chegaralanmagan qobilyatlariga bo'lgan kuchli ishonch bor edi. Uning ishonchi va sodiq majburyati yuragining chanqovini qondirdi.

Bu uning e'tiqodiy tushuncha emas balki mustahkam, to'liq va ishonchli imon Ibrohimning solihligining sababi edi. Ibrohimning o'zi solih emas, balki uning imoni uni solihdek oqladi. U bizga o'xshab gunohkor bo'lgan, lekin u Xudoning so'zini ehtiyotkorlik bilan tinglab, va'dasini qabul qilib, xohlagan qalbida buni saqlab, Uning tanloviga javob berdi.

4 bobda biz imonning bu turi “solihlik uchun u oqlangan” ligini ko'p marta o'qiymiz. Bu bayon Islohat belgisi bo'ldi. Xudoni imoni bilan qadirlagan kishi ikkilanmasdan xoch haqidagi xushxabarni qabul qiladi va hayotini Masihga quradigan kishi qonunning ishlarisiz va insoniy tirishqoqliksiz to'liq oqlanadi.

Sizning yolg'oningiz, nopokligingiz va ozgina sevgingiz haqida sizga ochib bergan Xudoning so'zini eshitdingizmi? Sizning ustingizga hukm tushishiga ishonasizmi? Siz tavba qilganmisiz va Xudoning kechirimini so'raysizmi? Agar siz mag'rurligingizdan singan bo'lsangiz, Muqaddas Ruh ko'zingizning oldida qo'lini uzatib, sizga shunday deb aytib Xudoning xochga mixlangan O'g'lini ochib beradi: “Men gunohingizni kechirdim. Sizning o'zingiz solih emassiz, balki men sizni solih qilaman. Siz pok emassiz, balki Men sizni to'liq muqaddaslayman.”

Xudoning so'zini eshitdingizmi? Bu sizning tosh miyyangizning, yuragingizning va yuzaki bo'lgan ruhingizning tubiga kirib bordimi? Rabbingizning so'zini qabul qiling; najod xushxabariga ishoning va Xudo sizni haqiqiy solih deb hisoblashi uchun xochga ishoning. Imoningiz bilan xochga Mixlanganni hurmatlang va siz

Gunohkor bo'lgan, Zabur honishi bilan ilhomlangan Dovud Shoh ilohiy oqlanishning sirlari bilan duch keldi. U o'zining ajoyib zabur honishlaridan mag'rurlanib ketmadi, va buyuk g'alabalari orqali oqlanmadi, yoki qizg'in ibodatlaridan va butun sadaqalaridan manmansiramadi. Balki u Rabbiysining inoyatidan gunohlarining kechirimini qabul qiladigan kishini duo qildi. Masihda sizga berilgan solihlik, bu Xudoning eng buyuk sovg'asidir.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, biz Senga shukur aytamiz chunki Sen O'g'lingda gavdalangan so'zingni bizga berding va xochdagi oqlaydigan inoyating haqida bizga aytding. Biz va'dalaringni eshitib, ularni tushunib va Senga ishonishimiz uchun quloqlarimizni ochib yubor. Har bir yerda Senga ishonadigan hamma bilan birga bizni tekin oqlaganing uchun Senga rahmat. Do'stlarimiz O'g'lingning xochining kuchiga erishishlari uchun bu chaqiriqni qabul qilishlari uchun ularga yordam ber. Omin.

SAVOL 30: Ibrohim va Dovud qanday qilib oqlandi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 02:55 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)