Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 027 (Man is not Justified by Circumcision)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

QISM 1 - XUDONING SOLIHLIGI BARCHA GUNOHKORLARNI HUKM QILADI VA OQLAYDI VA MASIHDAGI BAR-CHA IMONLILARNI MUQADDASLAYDI (Rimliklarga 1:18 - 8:39)
B - IMON ORQALI YANGI IMON HAMMAGA OCHIQ (Rimliklarga 3:21 - 4:22)
3. Ibrohim va Dovud imon orqali oqlanishning misoli (Rimliklarga 4:1-24)

b) Inson sunnat orqali oqlanmaydi (Rimliklarga 4:9-12)


RIMLIKLARGA 4:9-12
9 Bu bahtiyorlikning sunnatga dahli bormi, yo'qmi? Boya aytganimizdek, Ibrohimning e'tiqodi uni Xudo oldida oqladi. 10 Xo'sh, Ibrohim qanday holatda oqlandi? Sunnat bo'lganidan so'ngmi, yoki sunnat bo'lganidan avvalmi? - Sunnat bo'lganidan avval. 11 Ibrohim hali sunnat bo'lmasidan, imoni tufayligina Xudo oldida oqlandi. So'ng imonining muhri o'laroq sunnat belgisini qabul qildi. Shunday qilib, Ibrohim sunnatsiz holatda imon keltirgan hammaning ham ma'naviy otasidirki, ular ham unga o'xshab, imon tufayli Xudo oldida oqlanadilar. 12 Ayni zamonda, Ibrohim ahli sunnatning ham otasi hisoblanadi, shu shart bilanki, ular sunnat bo'libgina qolmaydi, balki Ibrohim sunnat bo'lmasidanoq tan olgan o'sha imonning o'zi bilan yursalar.

Pavlus Yahudiylarning imoniga hujum qildi, va sunnat bo'lgan muqaddas asoslarining birini buzib tashladi. Biyobon xalqi bu belgini eski ahdning eng buyuk belgilarining biridek hisoblashadi. Sunnat qilingan kishi Xudonikidek hisoblanar edi va sunnat bo'lmagan kishi kofirdek hisoblanar edi. Shuning uchun, Yahudiylar Xudo bilan ahdga kirish uchun unga ruhsat beradigan asil poklanishining belgisidek sunnat bo'lish uchun har bir pok imonlini so'radi.

Pavlus inson sunnat orqali emas balki faqat imon orqali oqlanishini Ibrohimning muomalasi orqali qattiq qo'l Yahudiylarga isbotlab berdi; chunki Ibrohimning o'zi Rabbiysining chaqiruvini eshitib, u sunnat bo'lmasidan oldin bunga ishondi. Shuning uchun, uning imoni solihligining negizi edi. Sunnat unga Xudoga qaytishga huquq emas, balki muxir edi; unga yordam bergan narsa sunnat emas edi chunki u imon orqali Xudo bilan allaqachon ahdga kirgandi.

Pavlus Ibrohim sunnat bo'lganlarning otasi bo'lishidan oldin asl G'ayriyahudiylarning barcha imonlilariga birinchi bo'lib ota bo'lganini aytishga jur'at etdi, chunki u sunnatsiz G'ayriyahudiy bo'lishidan avval oqlangandi. Bu tortishuv bilan G'ayriyahudiylarning Havoriysi G'ayriyahudiylarga ishonish Masihga ishonmaydigan sunnatlilarga qaraganda Xudoga yaqinroq ekanini isbotlab berdi. Xudo tanaviy belgilar bilan va urf-odatiy marosimlar bilan emas, balki fikrning o'zgarishi va samimiy imon bilan ulug'lanadi.

Yahudiylar Pavlus ularning yolg'onlarini va isbotsiz yolg'on ishonchlarini ularga ochib berganida, ular g'azablanib tutab ketdilar. Biroq, u aqidaparast Yahudiylar agar inoyat xushxabariga ishonsalar otadek Ibrohimga erishishlari uchun ularga dalolat keltirdi. Xudoga boshlovchi yo'l na tug'ilish, va na sunnatdir, balki xochga Mixlanganga ishonishdir. Biz uchun bu har bir suvga cho'mgan Masihiy ham agar u haqiqatdan ham ishonmasa suvga cho'mganligi uchun solih emasligini anglatadi, chunki inson marosimlar va muxrlar orqali emas, balki faqat samimiy imon orqali Xudoning oldida oqlanadi.

IBODAT: Ey Muqaddas Xudo, biz buzuqligimiz va ayiblarimiz tufayli Sening oldinga kelishga loyiq emasmiz. Lekin Sening sevikli O'g'ling biz uchun sevgisini ochib berdi va xochda bizni oqladi, biz so'zlariga ishonib, Uning shaxsini qumsaymiz va Uning najodiga o'zimizni qurib, Uning namunasiga ergashamiz, chunki Sen bu dunyo bo'ylab Seni sevganlar bilan bizni tekinga oqlab, muqaddaslading. Omin.

SAVOL 31: Nima uchun inson sunnat orqali emas, balki faqat imon orqali oq-lanadi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 19, 2011, at 02:57 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)