Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 006 (Paul’s Desire to Visit Rome)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

OCHILISH:HURMAT-EHTIROM, XUDOGA TASHAKKURLIK, VA MAKTUBINING SHIYORIDEK “XUDONING SO-LIHLIGI” GA URG'U (Rimliklarga 1:1-17)

b) Pavlusning Rimga tashrif buyurish uchun uzoq xohishi. (Rimliklarga 1:8-15)


Rimliklarga 1:8-12
8 Eng avvalo, imoningiz shuxrati butun dunyoga taralayot-ganini ko'rib, Iso Masih sharofati ila barchangiz uchun Xu-doyimga shukur aytaman. 9 Xudo menga shohiddirki, men Uning O'g'lining xushxabarini targ'ib etishda sidqidildan xizmat qilibgina qolmasdan, uzluksiz ibodatlarimda sizlarni hotirlaydirman. 10 Xudo xohlasa, nihoyat yoningizga borish nasib etsin, deb toat-ibodatdaman. 11 Mustahkamlanishingiz uchun sizlarga biron ruhiy in'om baxsh etay, deb sizlarni ko'rishni ko'p orzu qilaman. 12 Yana to'g'risi ko'rishganimizda sizning ham, mening ham imonimiz bir ekanidan o'zaro jasorat topamiz, demoqchiman.

Pavlus Rim jamoati haqida ko'p eshitgan va xizmat safari davomida uning ba'zi a'zolari bilan uchrashgan va ularning imonlari haqiqiy, tirik va yetuk ekanini topdi. U bu mo'jiza uchun yurakdan Xudoga rahmat aytdi, chunki har bir tirik Masihiy mohiyati bizning minnatdorchiligimizni talab qiladigan Masihdagi yarashishning mo'jizasidir. Qayerda bir guruh Muqaddas Ruhda Xudoga va O'g'ilga xizmat qilsa, u yerda biz Otaga sajda qilamiz va Uni ulug'lab, kunu tun Unda quvonamiz.

Pavlus Xudoni “Mening Xudoyim” deb chaqirdi, xuddi Xudo unikidek. Pavlus yangi ahd orqali qalbi Xudoga bog'liq ekanini va Uni chin dildan sevganini bilar edi. Lekin bu iliq munosabatdan qat'iy nazar, u hamma bizning ibodatlarimiz va hatto tashakkurlarimiz Xudoning ulug'ligiga o'zining nomi bilan ulug' Xudoga berishga munosib emasligini bilib ibodat qilmadi, balki faqat Masihning nomi bilan ibodat qildi. Yuragimizda quyilyotgan hamma narsaga Iso Masihning qonining poklash kuchi kerak. Faqat bu poklanish orqali biz Unga quvonch bilan sajda qilishimiz uchun Ruhini bizga beradigan Xudoga ibodat qilolamiz. Uning barcha xizmatkorlari Unga muqaddasdir va ular Uning sevgisining xizmatkorlaridek, Unga tegishlidirlar.

Ularning xizmatlarining qoniqishi Xushxabardir. Biz Pavlusning maktubining birinchi oyatida Pavlus xushxabarni “Xudoning xushxabari” dek, 9 oyatda “O'g'lining xushxabari” deganini o'qiganimizni eslatishini payqaymiz. Bu termin orqali u najodning ilohiy xushxabari Xudoning O'g'lining zamiriga bog'liqligini anglatadi. Pavlusning hamma maqsadi Rabbiyning o'g'illigi va Xudoning otaligi tomon buriladi. Kimki bu xushxabardan tonsa va buni atayin rad etsa la'nati bo'lur.

Pavlus Ota, O'g'il va Muqaddas Ruh bilan yaqin munosabatda yashadi. U Rim jamoati haqida har doim o'ylab, u uchun ibodat qilganiga dalolat berish uchun Muqaddas Uch Birlikni chaqirdi. Xalqlarning havoriysi o'zining bir necha majburiyatlaridan qat'iy nazar jamoatlarni unutmadi va sodiqlik bilan odamlar uchun ibodat qildi. Hech qanday sodiq cho'pon yo'q, yoki qattiq ibodat orqalisiz Muqaddas Ruhning kuchi bilan berilgan ruhoniy yo'q. Kimdandir kuch kelayotgan joyda, sabab sevgi, ibodat va Xudo va insonlar uchun sog'inch bo'lishi kerak.

Pavlus bir necha yillardan beri Rimga borish uchun maqsadida turdi, asosan u Anatoliyada, Makedoniyada va Yunonistonda xizmati vaqtida “hozir” deb nomlaydigan vaqtda. U bu Italiya etigini kiyish vaqti ekanini ko'rdi.

Biroq, Pavlus o'zining xohishlari va rejalariga ko'ra safarini olishga qaror qilmadi. U muvofiqliksiz, xorlikka, qiyinchilikka va muvafaqqiyatsizlikka boshlaydigan shaxsiy rajalashtirishini dalilini mulohazasiga olib, Xudoning irodasiga o'zini bo'ysundirish uchun doimo g'amho'rlik qildi. Pavlus o'zining xohishi va rejalaridan mahbus bo'lmagan, balki u hamma narsani osmondagi Otasining rahbarligi ostida to'liq tashkillashtirdi.

Biroq, bu itoatkorlik u hech qachon bo'lmagan Rimdagi jamoatga borish uchun uning jiddiy istagini to'xtatmadi. U Muqaddas Ruhga to'lishidan xabardor edi. U barcha yo'nalishlarda Xudoning kuchi otayotgan vulkanga o'xshar edi; va shuning uchun, u jamoat tirilib, xizmat uchun tayyor bo'lishligini va sevgida, imonda va haqiqiy umidda o'rnatilishi uchun Masih orqali Rim jamoatini unga berilgan hokimlikda sherik qilishni xohladi. Bu havoriylar Faoliyatining bosh maqsadining va xizmatining bir rejasidir: imonlilar o'rnashib, kuchli bo'lishi uchun.

Pavlus buyuk sponsordek Rimga kirishni xohlamadi, balki u o'zini kamtar tutib, u faqat berish uchun emas, balki u ko'rish va eshitish orqali olishga ham kelgan edi. U Rimning azizlarida ilohiy Yupatuvchining guvohligi orqali barcha havoriylar bilan birga dalda olishi uchun poytaxtning imonlilariga usiz Xudo to'g'ridan to'g'ri qilgan tajriba uchun buni qildi.

Pavlus oldin ham yangi imon bilan kelmaganligi, balki Masihning ruhiy badanining a'zolari bo'lgan barcha haqiqiy Masihiylardagi bir hil imon, bilim va ish kuchi bilan kelganiga dalolat berdi. Bitta jamoatdan ko'proq jamoat bor deb da'vo qiladigan har bir kishi yolg'onchidir, chunki Muqaddas Ruh bir, Masih bir va Ota birdir. Qayerda sodiq imonlilar uchrashsa, ular bir Otaning bolalaridek birga uchrashadilar, hatto ular oldin bir-birlarini bilishmagan bo'lsalar ham. Ular juda quvonishadi va bir Ruhda tug'ilgandek, bir oilaga tegishli bo'lib va bir asosda va bir qiziqishda birlashib, birga yig'ilishadi.

IBODAT: Ey Ota, biz Senga sajda qilamiz, chunki Sen butun dunyo bo'ylab jamoatingni to'playsan va buni o'rnatib, va hislatlaring bilan buni to'ldirasan. Har bir yerda birodarlar uchun ibodat qilishni bizga o'rgat. Barcha Sening sodiq bolalaring uchun Senga rahmat, chunki Muqaddas Ruhingdan tug'ilgan har bir kishi mo'jizadir. Biz bir-birimizni sevib tushunishimiz uchun va huzuringda quvonishimiz uchun ko'zlarimizni ochgin. Bizning munosabatimiz to'lib toshishi va haqiqatingda saqlanishi uchun va biz Sen bilan, O'g'il va Muqaddas Ruh bilan munosabatdan uzoqlashmasligimiz uchun bizga donolik va kechirim bergin. Omin.

SAVOL 10: Pavlus nima uchun har vaqt Xudoga rahmat aytdi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)