Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 007 (Paul’s Desire to Visit Rome)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

OCHILISH:HURMAT-EHTIROM, XUDOGA TASHAKKURLIK, VA MAKTUBINING SHIYORIDEK “XUDONING SO-LIHLIGI” GA URG'U (Rimliklarga 1:1-17)

b) Pavlusning Rimga tashrif buyurish uchun uzoq xohishi. (Rimliklarga 1:8-15)


Rimliklarga 1:13-15
13 Ey birodarlar, boshqa halqlarda bo'lgani kabi, sizlarda ham men tufayli biron natija bo'lsin, deb ko'p daf'a yoningizga kelishni niyyat etgandim, lekin hozirgacha qarshiliklarga duch kelganimdan bexabar qolishingizni istamayman. 14 Men yunonlaru varvarlar, olimlaru johillar oldida qarizdorman. 15 Shunday qilib, Rimdagi sizlarga ham qo'limdan kelganicha, Injil Xushxabarini yetkazishga tayyorman.

Pavlus bu maktubda Rim jamoatining odamlariga yuragini ochadi. Pavlus ularga tez-tez borishini rejalashtirganini va maqsad qilganini lekin Xudo uning rejalariga halal berganini aytadi. Buyuk havoriy Xudoning fikrlari unikidan boshqa boshqa ekanligini va Xudoning yo'llari unikidan yuqori osmon bilan yerchalik ekanini o'rganishiga to'g'ri kelgan. Masihning Ruhi hatto Pavlusning rejalari unga foydali, yaxshi va muqaddas tuyulsa ham, uning ijro etish rejasidan unga halal berdi. Ayniqsa, unga safar qilish imkoniyati ko'ringanda, Xudo ham unga halal berdi.

Biroq, Pavlus yuragiga bu dunyoga voizlik qilishi kerakligini qo'ydi. U hayoti orqali Rimda va boshqa xalqlarda Xudoning shohligini o'rnatishni istadi. U odamlarni ta'lim olishi haqida o'ylamadi, balki xalqlarni ta'lim olishiga maqsad qildi, chunki u unda ishlagan Masihning inoyatining ijobiysi edi. U ulug'vor Rabbiysini ko'rgan va butun dunyo shohlarning Shohi orqali erishilganligini va Uning g'alabasi ishontirilganligiga ishonchi komil edi.

Xalqlarning Havoriysi insonlardan pul olganligi tufayli emas, balki Xudo hokimligini va kuchini unga topshirganligi uchun barcha kishilarga qarizdordek o'zini ko'rdi. Shuning uchun u Masihda tanlangan hammaga shunday kuch va hokimyatni berish uchun majburiyat ostida edi. Biz bugun haqiqatda hammamiz maktubi orqali o'zining kuchida bizni sherik qiladigan Pavlusga bo'lgan Xudoning sovg'alaridan yashaymiz. Biz bu ma'no ostida siz atrofingizdagi odamlarga qarizdor bo'lganingizdek, sizga biz qarizdor bo'ldik, chunki bizda ishlaydigan ruh o'zimizning ruhimiz emas, balki ko'plab yuraklarda yashash uchun tayyorlangan ruhdir.

Pavlus sabotli Yunonlarning orasida ishladi va Rabbiy xizmatini Pavlusning kuchsizligi orqali o'rnatdi. U Gresiya orolidan o'tadigan Mediterraniyaning qismlaridagi jamoatlarni shakillantirdi. Keyin maktubini yozayotgan vaqtda, u Fransiyada, Ispaniyada va Germaniyada Barbariyaliklar orasida ishlashni maqsad qildi. U xochda bizni qutqargan Xudoning O'g'li borligi haqidagi yaxshi xabarlarni har bir kishiga e'lon qilishga intiluvchan bo'lgan. Xalqlarning Havoriysi o'zining xohishi va qiziqishida otishga tayyorlangan raketadek edi. U aloqa qilishi mumkinligini qabul qildi.

Uning sevgisidan Barbariyaliklar uchun, u Rimliklar unga sherik bo'lib, xalqlarga voizlik qilishda u bilan ishtirok etishlari uchun ularning diqqatiga sazavor bo'lishlarini xohladi. Shunday qilib, u Rimdagi imonlilarga ular voizhon bo'lishlari uchun voizlik qilishni xohladi; chunki najot yutug'i boshqalarga najod xushxabarini berishga majburiyatni saqlaydigan kishida yaratadi. Pavlus Rimni ko'z oldiga markazdek qo'ydi va butun dunyoga voizlik qilish uchun boshlash markazidek qo'ydi.

Biroq, Xudo boshqa yo'l bilan havoriysining ibodatiga javob berdi. U elchisini Rimga to'gridan to'g'ri jo'natmadi, balki uni birinchi hibsga olinishi uchun Quddusga qaytardi. Uzoq va og'riqli yillardan keyin, Pavlus poytaxtga bog'langan holda va mahbus bo'lib va Masihning xizmatkori bo'lib yetib keldi. Biroq, Xudoning kuchi unda o'chirilmagan edi. Hatto u zanjirlarida bugunlik kunda ham odamlarga va xalqlarga haligacha voizlik qiladigan Rimga bo'lgan maktubi orqali butun dunyoga voizlik qildi.

Endi Pavlus voizlik qilishni xohlagan Barbariyaliklarning nevaralari bo'lgan bizlar, quvonch bilan o'sha vaqtda tarqatish uchun Pavlusga topshirilganidek Xudoning xushxabarini tarqatamiz. Balki bu uning Rimga bo'lgan maktubi xalqlarga voizlik qilish uchun uning istagining yutug'i ekanligi Pavlusning fikri bilan kesishmagandir. Yuhannoning xushxabaridan boshqa hech qanday kitob ko'p ibodatlar bilan va Ruhning nolalari bilan yozilgan bu maktubdek dunyoni o'zgartirmagan.

IBODAT: Ey Rabbiy, Sen Shohsan, va irodangga ko'ra xizmatkorlaringni boshlaysan. Biz Sening irodang bilan muvofiqlikda biz biror narsani maqsad qilgan bo'lsak kechirgin. Biz Sening sevgingning rejasidan chiqib ketmasdan, Ruhingning buyrug'lariga bo'ysunib, hursandchilik bilan xohishlaringni bajari-shimiz uchun, hatto ular bizning fikrlarimizga qarshi bo'lgan bo'lsa ham rah-barligingga to'la bizlarni bo'ysundir. Ey Rabbiy, Sening yo'ling muqaddasdir, va biz Sening irodanga bo'ysunamiz. Sen bizlarni mehringdan qulab tushmas-ligimizga yo'l qo'ymasliging uchun Senga rahmat qytamiz. Omin.

SAVOL 11: Xudo qanday qilib va qanchalik Pavlus o'zining rejalarini ijro eti-shidan unga halal berdi?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)