Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":

Home -- Uzbek -- Romans - 005 (Identification and apostolic benediction)

This page in: -- Arabic -- Chinese -- English -- French -- Hindi -- Indonesian -- Serbian -- Russian -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK

Previous Lesson -- Next Lesson

RIMLIKLARGA - Rabbiy bizning solihligimiz
Rimliklarga bo'lgan Pavlusning Maktubida O'rganish

OCHILISH:HURMAT-EHTIROM, XUDOGA TASHAKKURLIK, VA MAKTUBINING SHIYORIDEK “XUDONING SO-LIHLIGI” GA URG'U (Rimliklarga 1:1-17)

a) Ma'lumotnoma va havoriylik inoyat (Rimliklarga 1:1-7)


Rimliklarga 1:7
7 Otamiz Xudodan va Rabbimiz Iso Masihdan inoyat va tin-chlik bo'lsin.

Pavlus o'zining maktublari bilan boshlaydigan havoriylik inoyat bu uning kitobxonlariga beradigan ko'p marhamatlarining tushunchasi, havoriylik kuchining diqqati va uning ilohiy bilimining yig'indisidir. Shunday qilib, bu so'zlarda inoyatning quyilishi ostiga o'zingizni qo'ying va yuragingizda ularni men Xudoda boy bo'laman deb hisoblang. Yuragingizda havoriylik inoyatni saqlab, so'zma so'z bu bilan o'zingizni zavqlantiring.

Havoriy sizga beradigan birinchi narsa bu to'liq inoyatdir, chunki siz yo'qolgansiz va halok bo'lyapsiz, lekin Xudo sizni sevadi va U sizni yo'q qilishni xohlamaydi. Faqat O'g'lining o'limi tufayli Xudo sizni hukm qilishni o'rniga, sizni oqlaydi. Inoyat Xudoning sevgisining qonuniy shaklidir. Muqaddas Xudo hatto oqlanishga loyiq bo'lmagan sizni oqlasa ham solih bo'lishda davom etadi. Xudoning barcha in'omlari sizniki va ibodatingizning hamma javoblari inoyatdir, chunki g'azabdan boshqa hech narsaga loyiq emassiz.

Biroq bizning Xudo tomon holatimiz Masihning o'limi tufayli o'zgardi; Xudo va gunohkorlar o'rtasida adovat bor edi, lekin tinchlik xochdagi yarashish tufayli endi g'alaba qozondi. Barhayot Muqaddas Xudo umuman bizni yo'q qilmaydi. Masihning tirilishidan keyin aytgan birinchi so'zlar: “Sizga tinchlik bo'lsin”. U Qonunning barcha talablarini bajardi va bizni tozalaydigan Masihning qoni tufayli Xudoning oldida bizga qarshi endi shikoyatlar yo'q. Yangi asr poklangan yuraklarda yashagan haqiqiy tinchlik bilan boshlandi.

Masihning inoyatini atroflicha qabul qilgan kishi Xudo bilan tin-chlikda yashaydi va u Yaratguvchi va Qudratli Zod titroq bilan Unga sajda qilishni bizdan xohlaydigan zolim emas, balki U bizni sevadigan va bizga g'amho'rlik qiladigan Otamizdir. U bizlarni tark etmaydi balki abadiy biz bilan bo'ladi. Yangi Ahdda “Xudo bizning Otamiz” degan gapdan go'zalroq so'z yo'qdir. Ilohiy bilim Masihning O'zi orqali keladi. Xudoning otalik g'oyasi Masihiylikdagi yangi vahiydir. Ayniqsa, xochning maqsadi biz asranib olinishga, ikkinchi tig'ilishga va abadiy hayot bizda yashashiga loyiq bo'lishimiz uchun tozalanishimizdir. Shunday bo'lsa Xudo bizning haqiqiy Otamiz bo'ladi va biz Uning bolalari bo'lamiz.

Siz Iso Masihni bilasizmi? Siz Uning buyukligini va kamtarligini bilasizmi? U shaxsida ham inson va ham Xudodir. U O'zining ulug'ligidan kechib, bizni qutqarish uchun ulug'ligidan kechdi U. U barcha insonzod uchun to'lovni bajarganda, o'ng tomonida o'tiradigan Otasining oldiga ketdi, chunki U Xudo bilan dunyoni yarashtira oladigan yagona Masihdir. Shuning uchun Iso Xudoning hokimyatini o'zlashtirdi. U O'zi Rabbiydir. U sizning ham Rabbingizmi? U hayotingiz ustidan hokimlik qilishni xohlaydi; poklashni, muqaddaslashni, va U xohlagandek sizni jo'natishni.

IBODAT: Ey osmondagi Otajon, Sen Iso Masihda mening Otamsan. Sen yo'qolgan va nopok bo'lgan meni O'zingning farzanding bo'lishim uchun tan-lading. Men yuzimni yerga qaratib, Senga sajda qilaman va hayotimni, pulimni, kuchimni va vaqtimni Senga O'g'linga berib, Seni sevaman. Men Sening oldingda uyatga qolmasdan, balki isming uchun o'rinli hatti-xarakat bilan otali-gingni ulug'lash uchun qanday xohlasang meni shunday qilgin. Senga rahmat, shunki Sen O'g'ling Isoni hamma gunohkorlarni saqlab qolish uchun jo'natding. Men Senga abadiy ulug'lik bilan sajda qilaman. Omin.

SAVOL 9: Siz havoriylik duodagi qaysi bayonni hayotingizga hurmat bilan eng muhimdek va eng ta'sirlidek hisoblaysiz?

Top

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on December 15, 2011, at 10:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)