Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 053 (Beginning of Preaching to the Gentiles)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Tamil -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
B - NAJOD XUSHXABARI SAMARIYAGA VA YAHUDIYAGA TARQASHI VA G'AYRIYAHUDIYLARNING SUHBATLARI BOSHLANISHI (HAVORIYLAR 8 - 12)

9. Yuzboshi Korniliyning suhbati orqali G'ayriyahudiylarga Voizlik qilishning Boshlanishi. (Havoriylar 10:1 - 11:18)


HAVORIYLAR 10:9-16
9 Ertasi kuni tush chamasida, bu odamlar yo'l yurib shaharga yaqinlasharkanlar, Butrus ibodat qilish uchun tomga chiqdi. 10 U och qolganini his etib, ovqat egisi keldi. Ovqatni tayyorlar ekanlar, u ruhlanib o'zini yo'qotdi. 11 Osmon ochilib, katta ro'molga o'xshash bir idish to'rt burchagidan osilgan holda pastga tushib kelayotganini ko'rdi. 12 Ro'molning ichida yerga xos har xil to'rt oyoqli va sudraluvchi hayvonlar hamda ko'kda uchuvchi qushlar bor edi. 13 Bir ovoz unga hitob qilib: - Butrus, tur va so'yib yegin! - dedi. 14 Butrus: - Aslo, yo Rabbim! Men mutlaqo iflos yoki harom narsa egan emasman, - dedi. 15 Yana ovoz ikkinchi marta unga eshitilib: - Hudo halol deganni sen harom dema! - deb aytdi. 16 Bu manzara uch marta takrorlandi. So'ng idish yana osmonga ko'tarildi.

Butrus ko'p ibodatda edi. Ta'sirli va ruhiy ibodatsiz hech qanday ochiqlik yo'q. Ibodat qilish va Kalom o'qish radioni yoqish va so'ralgan belgiga uni sozlashga o'xshaydi. Agar siz irodalilik va asoslilik bilan muqaddas Xudoning Ruhiga sozlanmasangiz, siz hech qachon Xudoning ovozini eshitmaysiz, va Uning inoyatlarini sezmaysiz yoki Uning rahbarligiga duch kelmaysiz. Ibodat qilib Kalomni o'rganadigan kishi Xudo bilan aloqa qiladi.

Butrus va Korniliy har kuni uzluksiz ibodat qildilar. Ularning hayotlari va ishlari ibodat orqali birga to'qildi. Aziz birodar, ibodat hayotingizni tashkillashtirganmisiz? Sizning doimiylik ibodatingiz va Muqaddas Kalomga kirishingiz rizq-ro'zni yetkazib berishdan ko'ra va tana uchun yeb kuchli bo'lishdan ko'ra muhimroqdir. Sizning qalbingiz Xudo uchun och bo'lish kerak va Uning solihligini qumsashi kerak. Sizning chanqog'ingiz faqat hayot suvi orqali qondiriladi. O'zingizdan nafratlanmang, lekin hayotingizdagi ishga Xudoning Ruhi uchun ochiq bo'lsin. Uzluksiz inoyat ustiga inoyat olishingiz uchun har kuni xushxabarni o'rganing

Butrus ochiq osmonni va har turli hayvonlarni paydo bo'lganini ko'rdi. Uning birinchi fikri ovqat haqida edi, chunki u uzoq ibodat qilgandan keyin juda och edi. Xonadonda taom tayyorlanayotgandek, ovqatning shirin hidi tom tepasidan ko'tarildi. Butrus ibodat qilib kutdi. Xudo o'zini juda och his qilgan xizmatkoridan foydalanayotgan edi. Xudo uni tasavvur qilishga oldi va unga kuppa-kunduzi ochiq osmonni ko'rsatdi. To'satdan, Butrus yerga tekguncha osmondan pastga tushayotgan keng ro'molni ko'rdi.

Butrus ro'molchada mazali ovqat va mevalarning hazinasini topaman deb o'ylagan edi. Afsuski, u faqat ro'molchada chayonlarni, ilonlarni, kaltakesaklarni, echkiemarlarni, toshbaqalarni krablarni va Yahudiylar iflos deb hisoblagan boshqa minglab hayvonlarni va qurt-qumisqalarni topdi. U hayvonlarning hunik shakillarida jirkanchni sezib, seskanib ketdi. Aziz birodar, harom hayvonlarning ma'nosini tushundingizmi? Ular o'zlarida harom bo'lgan kishilarga o'xshaydilar. Bizga Xudo qaraganda, U ham nafratli harakatlarimizda, zinokorligimizda va mag'rur fikrlarimizda jirkanchni sezadi. Siz biror marta yomon yuragingizdan nopoklikni sezdingizmi?

O'sha zahoti bu havoriy unga shunday deb gapiryotgan ovozni eshitdi: Butrus, tur va so'yib yegin! Xudo bizni Uning ilohiy rohati bilan ahillikda bo'lgan tuyg'uni tekshirishimizni xohlaydi. Biroq, Butrus hatto yarim jonda Rabbiyning irodasiga qarshi chiqayotgan edi. U Muqaddas Xudoning O'zi barcha gunohdan o'zlarini tiyishlarining ramzi qilib harom narsani yeyish uchun Yahudiylarga taqiqlagan deb davo qildi. Butrus gunoh qilishni va harom bo'lishni xohlamagan edi. Mana u astoydil nopoklikka uni boshqarish vasvasasi deb hisoblab, bu taklifni itarib yubordi. Aziz do'stim, siz haqingizdachi? Siz gunoh qilish uchun har bir vasvasaga qarshimisiz, hatto uxlab yotganingizda va tushingizda ham? Agar siz butun yuragingiz bilan gunohga qarshi bo'lsangiz bahtlisiz. Muqaddas Ruh sizni kuchli qilishni va boshqarishni xohlaydi va sizga har bir vasvasadan tashqaridagi yo'lni ko'rsatadi.

Xudo Butrus zaxarli hayvonlarni yeyishini xohlamadi. Biroq Xudo uning qonuniy fikri buzilishi uchun undan mutlaqo bo'ysunishini xohladi. Xudo Butrusni gunoh o'yida qaltirashdan o'zini tutishi uchun majburlamadi, biroq gunohkorni qanchalar yaxshi ko'rishini o'rganishini xohladi. Hatto muqaddas Xudo gunohkorni sevsa ham gunoh yovuzligicha qoladi. Shubhasiz insonlar yovuz va nopokdir, holbuki Butrus o'rmalayotgan hayvonlarni ko'rganidek, Xudoning ruhi orqali rad etilgan. Siz o'zingizni bilishingiz kerak. Siz farishtaga o'xshaysizmi yoki hayvongami? Sizning maqsadlaringiz yaxshimi yoki yomonmi, to'g'rimi yoki nopokmi? Insonning yuragi yoshligidan yovuzdir.

Xudo O'zining timsolini qabul qilganlarni yo'q qilmadi, lekin asosan barcha kishini tozaladi. Uning O'g'lini qoni bizning barcha tushunchalarimizni porlatadigan qutqarishni olib keladi. Hamma inson gunohidan qat'iy nazar Xudoning ko'z o'ngida pokdir, chunki U xochga mixlangan Iso orqali dunyoni O'zi bilan yarashtirdi. Najotni torroq qilmang. Siz birorta qotilni, buzuqni, zinokorni, kibrlini yoki manmanni bilasizmi? Ogoh bo'ling Iso uning gunohlarini to'la yuvib, ular uchun to'lov to'lab, xochda gunohlarini olgan. Biroq bu gunohkor kechirim va tuzatish orqali u uchun tayyorlangan inoyatni hanuz bilmaydi.

Xudo barcha insonga teng qarashini unutmang. Isoning qoni Getsemaniyada oqqandan beri, Muqaddas Ruh har bir kishini pok va muqaddas deb hisoblaydi. Muqaddas Ruh uch marta bu ko'rinishni Butrusga ko'rsatishga to'g'ri keldi, chunki tabiatdan bo'lgan fikr va insonning tushunchasi buzuqlik sado bo'lishga va yovuzlik yaxshi bo'lishga imkonsiz deb hisoblaydi. Biroq Xudo sabr-toqatlidir. Xudo uch karra xoch tabiy insonning fikri ustidan g'alaba qozonganini kalta fahm Butrusga tasdiqlab berdi. Bu uch ko'rinishlar Ota Xudo, O'g'il, va Muqaddas Ruh O'zining barcha qutqarish irodasi bilan barcha insonlar qutqarilishini va haqiqatga kelishini xohlaydi. Najot bajo bo'ldi. Xudo barcha insonga ular Uning O'g'lining qoni orqali oqlangandek qaraydi. Bundan tashqari U muqaddasligi uchun o'sha zahoti ularni yo'q qilishiga to'g'ri kelar edi.

IBODAT: Ey samoviy Ota, mening shubhalarim uchun va najodinga qarshiligimni kechir. Men Sening najotingning ulug'vorligini va salohiyatini tushunib yetishim uchun va xochda suyukli O'g'ling barcha insonlarning gunohini kechirganini boshqa hamma insonlarga dalolat keltirishim uchun mening fikrimni chulg'ab olib, yuragimni chuqurlashtir va imonimni yoritgin. Donolikni so'zlashim uchun og'zimni och va mening tan olishimga haqiqat ruhini ber. Omin.

SAVOL 53: Butrusga bo'lgan Xudoning so'zining ma'nosi nima edi? Sizni poklagan Xudo oddiy deb nomlanmasligi kerak.''

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:31 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.2.109)