Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Acts - 040 (The Complaint against the Stubborn People)
This page in: -- Albanian -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Cebuano -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Greek -- Hausa -- Igbo -- Indonesian -- Portuguese -- Russian -- Serbian -- Somali -- Spanish -- Tamil -- Telugu -- Turkish -- Urdu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

Havoriylar - Masihning Zafarli Yurishi!
Studies in the Acts of the Apostles
QISM 1 - QUDDUSDA, YAHUDIYADA, SAMARIYA VA SURIYADA ISO MASIHNING JAMOATINING NEGIZIMuqaddas Ruh orqali Yetaklangan Havoriy Butrusning Homiyligi Ostida (HAVORIYLAR 1 - 12)
A - QUDDUSDAGI ILK JAMOATNING O'SISHI VA RIVOJ TOPISHI (HAVORIYLAR 1 - 7)
21. Stefanning himoya nutqi (Havoriylar 7:1-53)

d) O'jar Odamlarga qarshi Arz (Havoriylar 7:51-53)


HAVORIYLAR 7:51-53
51 Ey ensasi qotganlar! Yuragi va quloqlari sunnat bo'lmaganlar! Otalaringiz kabi sizlar ham doimo Muqaddas Ruhga qarshi turasizlar. 52 Otalaringiz payg'ambarlardan qaysi birini quvg'in qilishmagan? Solih Kishining kelishini bashorat qilib aytganlarni ham o'ldirishgan-ku. Sizlar ham endi O'shaning xoinlari va qotillari bo'lib qoldingizlar. 53 Sizlar Ilohiy Qonunni farishtalar buyrug'i bilan olib, o'sha qonunga rioya qilganingiz yo'q!

Stefan dono so'zlar bilan o'zining haqiqiy imonini tan oldi. U sodiqligini qonun mutaxassis maktabida ta'lim olmagan kishidek Yahudiy odatiga isbotladi. U uchun buyuk Xudo ahd Xudosi va hurmatga sazavor bo'lgan otalarning Xudosi edi. Ibrohim, Muso va Dovud muqaddas kishilar bo'lgan. U shahodat chodirini va qonunni ajoyib narsalar bo'lishini hisoblagan. Bu aniq e'tirofdan qat'iy nazar, Stefan uning tinglovchilarida o'lik nafratni sezdi. U xalqining o'jarligi uchun qonunga ko'ra sabab bo'lgan shahodatida aniqlab berishga harakat qildi. Stefan ular tavba qilish uchun tayyor emasliklaridagi haqiqiy ruhiy holatni bildi. Oxiri Muqaddas Ruh uni bostirib kirishga boshladi. Uning maqsadi qattiq qo'l qonun mutahassislarini va qonun o'qituvchilarning yuzlaridan ikkiyuzlamachilik niqobini olib tashlash edi. Bu qonun ilmida va qonun tuzimida ta'lim olmagan bu yosh kishi ularning yuraklarining haqiqiy holatini ularga aniqlab berdi.

Mana Stefan hukmdorlariga ularning haqiqiy vijdonlarini ochib berdi. Ularning jismoniy sunnatlaridan qat'iy nazar ular na fikrda va na yurakda sunnat bo'ldilar. Buni aytish bilan Stefan ular bilan huzurni Xudoning ahdining ramzlaridan birini buzdi, chunki Yahudiylar sunnatni doim Xudo bilan bog'liqliklarining belgisi bo'lishi deb hisoblashgan. Sunnatga qarshi so'z gapirgan kishi Xudoning O'ziga qarshi gapirgan deb hisoblangan.

Stefan ochiqchasiga xalqining bolalariga ular Muqaddas Ruhning ovoziga qarshi turishganini va ular Xudoni eshitishni xohlashmaganini aytdi. Bu payitda ular umuman uni eshita olmadilar. Ularning yuraklar yovuzligicha va buzulganligicha qoldi, chunki ular o'zlarini yaxshi va solih, malumotli va Xudoga maqbulmiz deb hisoblashgan. Ular har bir tavba qilish chaqiruvidan nafratlandilar va o'zidan kechish fikri ustidan kulishdi. Ular Muso, Ishaya Yeremiya, Yahyo va Iso Xudo ularning tush yuraklarini qimirlatishini va o'zlarining qo'ylariga tarqalib ketganlarni olib kelishini aytganlarida juda haqoratlandilar (Chiqish 32:9; 33:3; Ishayo 63:10; Yeremiya 9:25; 6:10). Biroq ular na tushundilar, va na ularning tosh yuraklari yumshadi, balki ularning juda jahillari chiqdi.

Aziz birodar, bu jazoning sababini tushindingizmi? Insonning yuragi yoshligidan yovuzdir. Bir necha odamlarga Xudoning rahbarligiga bo'ysunishlari uchun ularga aytildi chunki inson tabiatan g'alayonchi va ichi qoradir. Inson hech qachon Yaratguvchining so'ziga kirmay Undan nafratlanadi va ulug'lanishni ko'zda tutadi.

Yahudiylar hamma yaxshi payg'ambarlarni eng yovuz ruh bilan quvg'in qilishgan va Muqaddas bo'linglar, zero Men muqaddasman deb aytgan Xudoning irodasini ularga voizlik qilib ochib berganlarni ular azoblaganlar. Haqiqiy payg'ambarlar Muqaddas Ruhning ovozini eshitib Uning bashoratlari bilan birlikka kelishgan. Ular yovuz yuraklarni o'zgartirishga qodir va osmon shohligini bizning bechora dunyomizga o'rnashtira oladigan, oqlangan, Yagona, ilohiy Shoh va dunyoning Najodkorining kelishi haqida e'lon qilishgan.

Masiy O'zini tan olib ikkiyuzlamachilarning oldilariga kelganida, ular Unga bo'ysunishmadi va malumotli xattotlar Uni tushinishmadi. Stefan Yahudiylarni Masihning sotqinlari deb atadi, chunki ular xalqlari uchun Xudoning tarixining rejasini qoldirib, adolatsizlik va nohaqlik bilan Taoloning O'g'lini o'ldirishdi. Muqaddas Ruh bu shahodat bilan yana bir bor barcha haqgo'ylik bilan yana gapirdi. Muqaddas Ruh ular sinib tavba qilishlari uchun bosh ruhoniylarning va xalqning yo'l boshlarining yuraklariga sanchdi. Yahudiy kengashida faqat kutilmagan Nasroniylik yosh Kishini nohaqlikdan o'ldirishmadi, ham ular azaldan Xudoning tanlangan Sharq Yulduzi bo'lgan va'da qilingan Masihini yeb bitirishdi. Bu harakat ularning itoatsizliklarining yuksakligini belgilgilab, butun dunyoning ustiga shayton hokimyatini olib keldi.

Stefan faqat jinoyat va qotillik bilan oliy kengashning a'zolarini ayiblash bilan qoniqmadi, chunki havoriylar ham ularni takroran ayblashdi. Stefan ularga: Sizlar to'g'ridan to'g'ri Xudodan qonunni qabul qilmadingizlar, balki buning o'rniga farishtalar orqali ikkinchi hukmni va foydasiz narsalarni qabul qildingizlar deb Farziylarning ichki to'g'riliklarini tekshirishni davom etirdi. Sizlar nima haqiqiy va nima muhim emasni farqiga borolmaysizlar. Siz bu so'roqli Yahudiy qonunidan tashqari, sizlar hech narsa tutmadingiz. Sizga amrlarga bo'ysunishga ruhsat berilmagan va sizlar solih emassizlar, lekin gunohkor va lanatisizlar, chunki bitta qonunni buzgan kishi barcha qonunlarni buzgan bo'ladi (Yoqub 2:10)''.

Stefan bu kuchli va keskin so'zlar bilan Eski Ahd solihlik poydevorini qimirlatdi, chunki Yahudiylar Xudo Isroil xalqini O'zi bilan bog'lagani orqali Dam olish Kun ahdning siri va ustunlari deb ishonishgan va ular qonunga, sunnatga va bu ma'badga ishonishgan. Stefan ularga ochiqchasiga bu ma'bad bo'm bo'shligini, ularning yuraklari sunnat bo'lmaganligini va ularning qonunlari haqiqiy emasligini va ular haqiqatdan buni saqlab kelishmayotganini isbotlab berdi. Bu talablar kursda o'tirgan kimdir boshqasi kelib undan tortib olishligini ko'rsatadi. Buyuk talofat! Tinglovchilarning ko'plar qo'rquvdan va haqoratdan qo'rqib ketishdi, boshqalar jaxannam ularning miyyalarini gazaklatvorganidek ichi qoraliklaridan tishlarini g'ichirlatdilar.

IBODAT: Ey muqaddas Xudo, men Sendan nafratlanmasdan Seni sevib abadiy o'zimni Sening qo'llaringa topshirishim uchun mening miyyalarimni ochib tashla, meni har bir sotqinlikdan asra va Muqaddas Ruhga qanday itoat qilishga o'rgat, mening haqoratlarimni kechirib Xudoga va insonlarga qarshi bo'lgan itoatsiz fikrlarimni mendan olib tashla, yuragimni sunnat qilgin va eshitish uchun menga quloq bergin va meni o'zligimdan saqlagin. Omin.

SAVOL 40: Stefan o'zining oliy kengashning ayiblashidagi muhim tasdiqlari nima edi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 04, 2012, at 08:33 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)