Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 275 (Christ’s Promise to be with His Followers)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 6 - RABBIMIZ ISO MASIHNING TIRILISHI (Matto 28:1-20)

10. Masihning Izdoshlari bo'lish uchun Va'dasi (Matto 28:20)


MATTO 28:20
20 … Mana, Men har kuni, dunyoning oxirigacha sizlar bilan birga bo'laman). Omin.
(Matto 18:20)

Agar Masihning tanlanganlaridan biri xochning dushmanlari tomonidan quvg'in qilinsa; agar Rabbiyning xizmatkorlaridan biri Uning barcha amrlariga bo'ysunmasdan noumid bo'lsa va ruhiy kuchsiz bo'lsa; agar ichki va tashqi muammolar uni gangiratib qo'ysa va u kishi bu yo'ldan chiqishni topolmasa, Masih unga shunday deydi, “Yuragingizning ko'zlarini oching: Qarang, Men sizlar bilanman, siz yolg'iz emassiz. Men sizlar bilan birgaman. Men sizlarni tark etmayman, Men tirikman. Men sizlarni sevaman va siz uchun g'amho'rlik qilaman. Men hatto o'limda imoningizni o'rnataman. Menga ishoning chunki Men bu dunyoni yengdim.”

Masihning shogirdlariga bo'lgan ajoyib va'dalariga diqqat qiling, “Men siz bilanman.” “Men siz bilan bo'laman” emas balki “Men siz bilanman.” Xudo Musoni bu nom bilan jo'natgani kabi, Masih ham “Men” degan bu nom bilan havoriylarini yubordi, chunki U hozir bor, azaldan bor bo'lgan, kelajakda ham bor bo'lg'usi Xudodir (Vahiy 1:8). Iso shogirdlarini tanaviy tark etmoqchi edi, va bu ularning yuragini o'rtadi. Lekin U shogirdlarini Uning tanaviy hozirligidan ko'ra ular uchun yaxshiroq bo'lgan ruhiy hozirligi haqida ularni ishontiradi. Masih “sizga qarshiman” demagan balki “Men sizlar bilanman” degan. U har doyim sizni himoya qilib siz tomoningizdadir.

Iso Masihning izdoshlaridan biri tushida cho'ldagi tuproqda ikki kishining oyoq izlarini ko'rgan. Iso javob berdi, “Men sizlarga hamroh bo'ldim va hayot cho'llarida siz bilan yurdim. Men har doyim siz bilan edim.” Biroq, bu tush ko'rgan kishi havf-hatarga va toshloq joyga yetib kelganida, u Rabiysidan so'radi, “Nima uchun hayotimning eng qiyin joyida meni tark etding?” Qutqaruvchisi kulib unga dedi, “Men seni tark etmadim, balki Men seni yelkalarimda olib bordim, va sen ko'rgan izlar Men seni olib yurganimdagi Mening qadamlarimdir.”

Shunday qilib, Najodkor sizga U sizga va barcha xizmatkorlariga qanchalar sodiq bo'lishini isbotlaydi. Xudo Masihning kuchi va nomi bilan hukm g'azabidan va gunohlaridan adashyotganlarni qutqaradigan va najod xushxabarini ularga olib kelish uchun ularni izlaydigan izdoshlari bilandir.

Masih biz bilan bo'lish uchun va'dasini tasdiqlaydi. U hayotimizning barcha kunlarida biz bilan bo'ladi. U sizni unutib qo'ymaydi yoki kunu tun, qishu yoz sizni tark etmaydi. U siz bilan bolaligingizda, yoshligingizda va qarigan chog'ingizda bo'ladi. U hatto siz gunoh qilsangiz ham sizni tark etmaydi. U sizni Dovud bilan tan olishingiz uchun chaqiradi, “Sen mening qalbimni tuzatding; Sen isming uchun solihlik yo'llarida meni boshlaysan. Ha, hatto men o'lim soyasining vodiysi orqali yursam ham, men hech qanday yovuzlikdan qo'rqmayman; chunki Sen men bilansan” (Zabur 22:3-4).

Masih asrning ohiri haqida gapirgan. U bizni urushdan keyin, yer qimirlashdan va ofatlardan keyin keladigan Masihman deb aytadigan kishi haqida ogohlantirgan (Matto 24:4-14, 1 Yuhanno 2:22-25, 4:1-5). U izdoshlariga buyuradi, “Hech kim sizlarni yo'ldan ozdirmasligi uchun ehtiyot bo'linglar. Siz Menda va Men sizda bo'laman, va hech kim sizni Mening qo'limdan tortib olomaydi.” Quvg'inlar, umidsizliklar o'z cho'qqisiga yetganda, Najodkorimiz iblisning hokimligidan O'z sevganlarini qutqarish uchun qayta keladi. Masih qayta kelganda, biz bilganimizdek yerdagi hayot va vaqt tugaydi. Osmonning ruhiy shohligi Xudoning qurbonlik Qo'zisi bo'lgan Ulug'vor Shohning kuchida namoyon bo'ladi. Bu Isoning poklangan shogirdlarini samoviy Otasining oilasi bo'lish uchun qabul qiladi.

Buyuk topshiriq to'rt marta eslatib o'tilgan “hamma” degan kichkina so'z orqali tasvirlanadi. Masih bizga hamma hokimyat osmonda ham yerda ham Unga berilganligini tasdiqlaydi. Shuning uchun biz hamma xalqlardan shogird ortirishimiz kerak va ularni “Ota, O'g'il va Muqadda Ruh” nomi bilan Iso bizga buyurgan hamma amrlariga rioya qilishga imonlilarni o'rgatib, suvga cho'mdirishimiz kerak. Biz hech qachon umidsiz bo'lmaymiz chunki U har doyim biz bilandir, hatto asrning oxirigacha. Agar siz Matto xushxabariga ko'ra Masih xushxabarining oxiridagi “hamma” so'ziga diqqat qilib, buni saqlab va bunga yopishib olsangiz, siz buyuk tinchlikda yashaysiz.

IBODAT: Rabbiy Iso Masih biz Seni sevamiz va Senga sajda qilamiz. Sen bizdan uzoqda emassan. Balki Sen bizlarni tanlading, qabul qilding, poklading, oqlading va bizlarni samoviy Ota bilan yarashtirding va Muqaddas Ruhing bilan moylading. Biz Sen bilan yurishimiz uchun, sevgida, hursandchilikda, tinchlikda, sabr-toqatda va o'zini nazorat qilishda bizlarni muqaddaslaysan. Biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen noming uchun quvg'in bo'ladigan hamma bilan bo'lganing kabi, bizni hech qachon tark etmaysan. Sen sodiq Xudosan, va tezda kelasan.

SAVOL:

  1. Siz Rabbiy Iso Masihning huzuri siz bilanligini ko'rasizmi? Sizga bo'lgan Masihning boshqaruviga ko'ra imon haqidagi guvohligingizni biz uchun yozing.

SAVO-JAVOB 11

Aziz kitobxon,
bu kitobchadagi Mattoga ko'ra Masih Xushxabaridagi bizning izohlarimizni o'rganib, endi siz quydagi savollarga javob berolasiz. Agar siz quydagi savollarning 90% javob bersangiz va bu yo'ldagi oldingi kitobchalarning savollariga javob bergan bo'lsangiz, biz sizga buni muvaffaqtiyat bilan bajargan shahodatnomani sizga jo'natamiz. Iltimos to'liq ismingizni va bu javob varog'ida aniq manzilingizni yozib qo'shib qo'yishni unutmang.

  1. Nima uchun qabrdan toshni frishta og'dardi?
  2. Bu farishta ikki ayolga nima dedi?
  3. Ayollar bo'sh qabirdan qochib ketyotganlarida, Masihning ular bilan uchrashuvidan nimani o'rgandingiz?
  4. Masihning qabrining qo'riqchilariga aytgan Yahudiy boshliqlarining qarama-qarshi so'zlari nima edi?
  5. Masih nima uchun hosilga hosil bermaydigan imonlilarni yubordi?
  6. Iso nima uchun bizga turib borishimizni buyurgan?
  7. Yer yuzida qancha odamlar hali xushxabarni eshitishmagan? Bunda sizning ijroyingiz qanday?
  8. Sizning Ota Xudo, O'g'il va Muqaddas Ruhda suvda cho'mishingizning ma'nosi nima?
  9. Siz Masihning nechta amrlarini bilasiz? Siz ularni hayotingizga qo'llaysizmi va boshqalarga bularni o'rgatasizmi?
  10. Siz Rabbiy Iso Masihning huzuri siz bilanligini ko'rganmisiz? Sizga bo'lgan Masihning boshqaruviga ko'ra imon haqidagi guvohligingizni biz uchun yozing.

Siz Masih va Xushxabarining imtixonini biz bilan bajarganingiz uchun hursandmiz va siz abadiy hazinani olganingizga ishonamiz. Biz javoblaringizni kutyapmiz va siz uchun ibodat qilyapmiz. Bizning manzil:

Waters of Life
P.O.Box 600 513
70305 Stuttgart
Germany

Internet: www.waters-of-life.net
Internet: www.waters-of-life.org
e-mail: info@waters-of-life.net

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on October 16, 2023, at 01:58 PM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)