Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 274 (Christ’s Command to Teach Sanctification)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu? -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 6 - RABBIMIZ ISO MASIHNING TIRILISHI (Matto 28:1-20)

9. Muqaddaslikni O'rgatish uchun Masihning Buyrug'i (Matto 28:20)


MATTO 28:20
20 Men sizlarga buyurgan hamma narsaga amal qilishni ularga o'rgatinglar. ...
(Matto 5:17-20, 7:21-27)

Masih havoriylariga barcha xalqlarga voizlik qilishni va Unga ishonganlarni suvga cho'mdirishni buyurgan. Endi U ularga ishongan shogird ruhda o'sishi uchun va Kalomni tushunishda o'sishi uchun ta'lim berishni buyuradi.

Iso yuragimizda Uning so'zlarini saqlashimizni va imonimiz kuchayishi uchun bular bilan ongimizni to'ldirishimiz uchun, tanqidiy kunlarda dalda olib, Uning xizmatlarida jonlanishimiz uchun bularni bizdan talab qiladi. Isoni sevadigan kishi Uning amrlariga itoat qiladi. Biz Uni e'zozlab ulug'lashimiz uchun Masihning amrlaridan birini har kuni yod olib tavba qilish biz uchun mos keladi.

Bilim yetarli emas. Bu amaliy qo'llanmani hayotda talab qiladi. Bu Rabbimiz Iso bizga xushxabarga ko'ra yurishni buyurganidir. Iso degan, “Men sizga yangi amr beraman, bir-biringizni sevinglar; Men sizlarni sevganim kabi, bir-biringizni sevinglar.” (Yuhanno 13:34). Masih O'zining qonunining yuragi va mohiyatidir. U bizni qutqarilganimiz uchun sevmaydi, chunki Iso Masihning qoni allaqachon bizni qutqargan chunki U bizni birinchi bo'lib sevdi. Iso bizdan suratiga o'xshashimizni xohlaydi va biz hammani sevishimiz uchun inoyati orqali o'zimizni poklashimizni istaydi. U bizdan shuni talab qiladi; “Dushmanlaringizni sevinglar, sizni la'natlaganlarni duo qilinglar. Sizdan nafratlanganlarga yaxshilik qilinglar. Sizning nomingizga isnod keltirganlar uchun, sizga jabr-zulum o'tkazganlar uchun ibodat qilinglar” (Matto 5:44). Va yana, “Agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirsangizlar, samoviy Otangiz ham sizni kechiradi. Biroq, agar siz boshqalarning ayb-gunohlarini kechirmasangiz, Otangiz ham sizni kechirmaydi, (Matto 6:14-15), va shunday deb qo'shib qo'ygan, “Boshqalarni hukm qilmanglar, siz ham mahkum bo'lmaysiz. Sizlar qanday hukm qilsangiz, sizga ham shunday hukm o'tkaziladi, sizlar qanday o'lchov bilan o'lchasangiz, sizga ham shunday o'lchov tatbiq etiladi.” (Matto 7:1-2).

Yangi Ahdda Masihning 1,000 amrlarini jiddiylik bilan hisoblab chiqadigan kishi Iso sevgandek sevmasligini tushunganda vijdoni orqali hukm bo'ladi. Masihning buyrug'lari bizni tavba qilishga va sinishga yetaklaydi. Biz ta'lim berib aytgan gaplarimizni amalda qilmasak, qanday qilib boshqalarga ta'lim beramiz? To'rtta xushxabarda Masihning qonunini o'rganadigan kishi bu 1,000 amrlardan ko'prog'ini o'z ichiga olishini topadi va Iso bizdan oilamizni, jamoatimizni va do'stlarimizni sodiqlik bilan o'rgatishimizni bizdan so'raydi. Bu najod uchun yaxshi harakatlarni va solih ishlarni to'plash uchun emas, balki xochda biz uchun qo'lga kiritgan najodi uchun Masihga rahmat aytishdir. Masih qonunining ma'nosini ko'rsatgan: “Shunday qilib, osmondagi Otangiz barkamol bo'lgani kabi, siz ham barkamol bo'linglar.” (Matto 5:48). Isoning qonunini izlab, buni qo'llaydigan kishi mag'rurligidan sinadi va doimiy tavbada yashaydi, chunki solih odam yo'q, birorta ham yo'q (Rimliklarga 3:9-20). Masihning barcha buyrug'lariga amal qilishni izlaydigan kishi endi ikkiyuzlamachilikda yashamaydi va boshqalardan o'zini afzal ko'rmasdan o'zini kamtar tutadi, va Najodkorining kechirimini va kunlik kuchini izlaydi. U kishi faqat kunlik hayotiga Rabbiysining buyrug'larini qo'llash uchun harakat qilmaydi, balki bularni o'rgatishni va boshqalar bilan bularning haqiqatini bo'lishishni izlaydi.

IBODAT: Rabbiy Iso najoding uchun va bizni oqlaganing uchun Senga rahmat aytamiz. Biz Sening amrlaringga bo'ysunib, buni bajarib va o'rgatishimiz uchun bizga yordam ber. Agar biz Sening 1,000 amrlaringga e'tiborsizlik qilgan bo'lsak bizni kechir va o'zimizga qo'llamaydiganlarni boshqalarga o'rgatish bilan, ularni hafa qilmasligimiz uchun bularda bizni joylashtir. Biz Muqaddas Ruhingning kuchida Senga ergashishimiz uchun va hayotimizning barcha yo'llarida pok bo'lishimiz uchun bizga yordam ber.

SAVOL:

  1. Siz Masihning nechta amrlarini bilasiz? Siz ularni hayotingizga qo'llaysizmi va boshqalarga bularni o'rgatasizmi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:58 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)