Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 256 (They Cursed Themselves and Their Children)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 5 - MASIHNING AZOBLARI VA O'LIMI (Matto 26:1 - 27:66)

22. Ular O'zlarini va Bolalarini La'natladilar (Matto 27:24-26)


MATTO 27:24-26
24 Pilat hech narsa yordam bermayotganini, aksincha shov-shuv yanada kuchayib borayotganini ko'rgach: - Men bu solih Odamning qoni to'kilyotganidan begunohman. Bu ishni o'zlaringiz ko'rib chiqinglar! - dedi-da, olomonning ko'z oldida suv olib, qo'llarini chaydi. 25 Butun xalq bunga javoban: - Uning qoni bizlarning va bolalarimizning gardanidadir! - deyishdi. 26 Shundan so'ng Pilat ularga Barabbani chiqarib yubordi. Isoni esa savalatgandan keyin xochga mixlash uchun askarlarga topshirdi.
(Iklamchi Qonunlar 21:6, Havoriylar 5:28)

Pilat Iso haq ekanini bilar edi va Uning begunohligini bir necha marta tan oldi. U Isoni xochga mixlash uchun hukm chiqarishni istamadi va u Masihning qonidan begunohligini ko'rsatish uchun qo'llarini suv bilan yuvdi. U ayiblarning hammasini xalqning ustiga qo'ydi va Masihning begunohligiga dalolat berdi. Hatto shunday bo'lsa ham, u Isoga buyuk insofsizlik qildi chunki u Isoni ozod qilmadi.

Isoning holatidan Pilat qo'llarini yuvgandan keyin, xalq birgalikda “Uning qoni bizning va bolalarimizning gardanidadir” deb baqirganlaridek, o'zlariga la'nat olib keldilar. Agar ular Isoning to'loviga ishonish holatidagi bir hil so'zlarni aytishganda, ular qutqarilib qolgan bo'lar edilar. Lekin ular o'zlarini la'natlash uchun bu so'zlarni aytdilar. Xudo har bir nohaqlikni hisobini oladi, agar o'lim hikmi aniq shahodatsiz bu kengashlar tomonidan qaror chiqarilsa. Yahudiylar o'zlariga va bolalariga qo'ygan la'nat tarixlarining siridan biridir. Yahudiylarni tushunishni istaydigan kishi o'zlarining talablari bilan kelgan Ibrohimning avlodidagi Xudoning la'natini tushunishi kerak. Yahudiylarning achchiq tarixi Xudoning solihligi va adolatligining isbotidir.

Yahudiylar bu gunohning jazosini o'zlariga va bolalariga olib keldilar, hatto hali tug'ilmaganlarga ham. Ular uchinchi va to'rtinchi avlodgacha Xudo qilgandek, la'natning darajasini chegaralamadilar. O'zlariga chegarasiz la'natilikni qo'yish ahmoqlikdir.

Pilat Yahudiylar Rim hokimyatlariga unga qarshi shikoyatni ko'tarishidan qo'rqqan edi, shuning uchun u Isoni xochga mixlash uchun hukm qildi. Barcha xalq bu nohaqlikda qatnashdi. Shunga o'xshab, biz yupanchimizni va ovqatimizni boshqalarning huquqlarini himoya qilishdan ko'ra muhimroq hisoblaymiz. O'zimizning huquqlarimiz uchun, biz hayotning oxirgi uchqunigacha kurashamiz. Biroq boshqalarga tushadigan zulmat to'g'risida, biz soxta begunohlik bilan qo'llarimizni yuvamiz. Agar Iso bugun hukm qilinganda, siz Uning ozod bo'lishini izlash uchun olomonga qarshi turib, hokimga yaqinlashgan bo'larmidingiz?

Iso xochga mixlanish uchun askarlarga topshirilishidan oldin, U Rimning kaltaklashishiga chidadi. Bu ishda, ular temir yoki suyakli bo'laklarni tanani suyakdan yirtish uchun qamchilarning bandiga ularni joylashtirar edilar. Xudoning begunoh O'g'li biz uchun o'rinbosar bo'ldi. Unda Ishayoning payg'omi bajarildi, “haqiqatdan ham U bizning azoblarimizni oldi; biroq Xudo tomonidan jarohatlangan, azoblangan va qamchilatilgan Uni e'zozladik. Lekin U gunohlarimiz uchun jarohatlandi va ayiblarimiz uchun haqoratlandi; tinchligimiz uchun bo'lgan jazo Unda edi va biz uning yaralaridan shifo topdik.”

IBODAT: Rabbiy Iso Masih, Sen mening Shohimsan va Rabbimsan, men Senikiman. Men o'zimni Sening ixtiyoringga qo'yaman. Agar men qalbimni Sening qo'llaringdan olishga harakat qilgan bo'lsam meni kechir. Fikrda, so'zda va xatti-harakatdagi har bir nohaqlik uchun meni kechir. Agar men uyda, maktabda va ishda birodarlarimning haqlariga e'tibor bermagan bo'lsam meni kechir. Muqaddas Ruhingning to'g'riligida va bo'ysunishida yashash uchun vijdonimni o'rgat. Xochda biz uchun o'lgan barhayot Rabbimiz, Senga qarshi gunoh qilganimiz uchun bizni kechir.

SAVOL:

  1. Pilat nima uchun Isoni xochga mixlanish uchun hukm qildi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 10:21 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)