Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 227 (The Lord Rewards the Faithful)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI
13. Qobilyatlar haqidagi Masal (Matto 25:14-30)

b) Rabbiy Sodiq qolganlarni Mukofotlaydi (Matto 25:19-23)


MATTO 25:19-23
19 Ancha vaqtdan so'ng boyagi xizmatkorlarining xo'jayini qaytib kelib, ulardan xisobot so'rabdi. 20 Besh yonbi olgan boshqa besh yonbini ham olib kelibdi: - Xo'jayin! Menga besh yonbi bergandingiz, mana men ularga qo'shib yana besh yonbi orttirdim, - debdi. 21 Xo'jayini unga: - Barakalla, yaxshi va sodiq xizmatkor ekansan. Sen kichik bir ishda ham sodiq bo'lganing uchun , endi seni katta ishlarga munosib ko'raman. Xo'jayiningning shodligini baham ko'r, - debdi. 22 Ikki yonbi olgan ham kelib: - Xo'jayin! Menga ikki yonbi bergandingiz. Mana, men ularning yoniga qo'shib, yana ikki yonbi orttirdim, - debdi. 23 Xo'jayin unga: - Barakalla, yaxshi va sodiq xizmatkor ekansan. Sen kichik bir ishda ham sodiq bo'lganing uchun, endi seni katta ishlarga munosib ko'raman. Xo'jayiningning shodligini baham ko'r, - debdi.
(Matto 24:45-47)

Xudo gunohkorligimiz tufayli bizdan uzoqda va yashirinib yashaydi. Biz Uni ko'rolmaymiz yoki Uni aniq bilolmaymiz, lekin yuragimiz hayotimizning man'basi uchun sog'inadi. Barcha dinlar Yaratguvchi uchun sog'inchini ifodalaydi. Unga tashna bo'lmaydigan odamlar ruhan kasaldir.

Xudo sevgisida biz uchun Uni qumsashimizdan ko'ra chuqurroqdir. U O'zini xizmatkorlari orqali, sadoqatli payg'ambarlar orqali, suyukli O'g'li orqali va Muqaddas Ruhning kuchida bizga e'lon qilgan. Masihning Ikkinchi Kelishi aniq, chunki sevgisining so'zlari Uning kelishi uchun bu dunyoni hukm qilishga va izdoshlarini qutqarishga kafolot beradi. Biz Najodkorimizning kelishini kutamiz. Biz Undan cho'chimaymiz, balki biz uchun o'lgan Rabbiyni qumsaymiz.

Savdogar kishi o'zining savdosini tanlab, buni o'rganish uchun og'riqlarni oladigan kishidir. Buning taraqqiyoti uchun o'zida borini sariflaydi, boshqa hamma ishlarini bunga qo'yadi va buning foydasidan yashaydi. Shuning uchun haqiqiy Masihiy imonining ishida harakat qiladi. Bizda savdo qilish uchun o'zimizning zahiramiz yo'q, biroq xizmatkor bo'lib Ustozimizning zahirasi bilan savdo qilish uchun zahira bor. Miyyaning sifati - sabab, donolik, o'rganish e'tiqod xizmatidan foydalanishi kerak. Bu dunyoning hursandchiliklari - hurmat, ishonch, qiziqish, kuch va yorliqlar Masihning ulug'vorligi uchun oshishi kerak. Xudo bilan birlik Xushxabar, Kitoblar, xizmatkorlar va Masihiylik harakati ularning rejalashtirilgan maqsadi uchun ishlatiladi. Ruhning in'omi va inoyatlari amalda bo'lishi kerak. Bu bizning qobilyatlarimiz bilan savdo qilishdir.

Masihning sodiq xizmatkorlari Rabbiylari bilan uchrashishga tayyor. Ular o'zlarini tayyorlaydilar va shahodatlari, hayotlarining tarzi, berishlari va sevgi harakatlari orqali Muqaddas Ruhning in'omlarini ko'paytiradilar. Har bir imonli unda yashaydigan Xudoning Muqaddas Ruhi uchun juda boy bo'ladi. Boshqalarga qayerda bo'lmasin shahodatingiz orqali Najodkoringizga bo'lgan imoningizning kuchini bo'lishsangiz, samoviy Otangizning hayoti ko'rsatiladi. Biroq bu bir kishini gunohidan qutqaradigan siz emas, balki sizdagi kuch va siz orqali ishlayotgan Xudoning So'zidir. Bu Uning ulug'vorligini va hurmatini siz izlaydigan, yo'ldan adashyotganlarga inoyatni taqdim etish orqalidir.

Masih sizni donoligingiz, kuchingiz yoki chiroyli ko'rinishingiz uchun hukm qilmaydi. Hukmdor Masih tabiy qobilyatlaringiz uchun hukm qilmaydi balki xizmatdagi sadoqatingizga asoslanadi. Ta'limotsiz kishi sizdan ko'ra sadoqatliroq bo'ladi. Bu u jannatda sizdan ko'ra buyukroq in'omlaringizdan qat'iy nazar, chiroyliroq ko'rinadi. Mag'rur bo'lmang, balki Xudoning shohligi uchun qattiq ishlang va Shohingizdan kamtarlik bilan U qayta kelishidan oldin “Meni nima qilishimni istaysan?” deb so'rang. Shunda Muqaddas Ruh sizni sevgini va Xushxabarni qumsaydiganlarga boshlaydi. Siz sadoqatlimisiz? Uning marhamatlarini va'z qilshda va oshirishda bo'lishishingiz uchun Muqaddas Ruh sizni boshlaganda Rabbiyga xizmat qiling.

Sizning sadoqatingiz faqat yer-yuzida mukofotlanmaydi balki Otangizning hamma ulug'ligida Uni ko'rganingizda samoda ham mukofotlanadi. Samodagi azizlar yalqov emas, balki ularga Xudo tomonidan qo'shimcha javobgarliklar berilgan; Uning donoligidan, ulug'vorligidan va rohatidan tatib.

Biz san'atlarda hech qanday qobilyati yo'q bechora va savotsiz onani bilamiz; lekin u ayol ibodat qilgan, qo'shiq kuylagan, Xudoni ulug'lagan va oilasini boqish uchun qattiq ishlagan. U bolalarini Xudoning sevgisi va qo'rquvida tarbiyalagan, va ruhiy in'omi ularda ko'payishi uchun sabirli bo'lgan. O'zidagi bori bilan sadoqatli bo'lgani uchun, Xudo uni ulug'laydi. Siz kamtarligingiz va sadoqatingiz tufayli Xudoning rohati uchun bir sabab bo'lganmisiz?

IBODAT: Muqaddas Ota, biz Senga rahmat aytamiz chunki Sen ko'p sovg'alar berding va abadiy hayot uchun O'g'lingning qoni orqali bizni sifatli qilding. Biz Seni ulug'laymiz, Senga hamdu-sano aytamiz va ko'plar marhamatlanishi uchun va Sening solihliging mamlakatimizda ko'rinishi uchun bizga bergan sovg'alaringni so'zda va xatti-harakatda tan olish uchun bizga turtki berishni Muqaddas Ruhingdan so'raymiz. Sen bizning xizmatimiz bilan va bizdagi kuchingning ruhiy hosili bilan mamnun bo'lishing uchun sadoqatda, donolikda va kamtarlikda bizni joylashtir.

SAVOL:

  1. Rabbiy qaytib kelganida xizmatkorlarini qanday qilib taqdirlaydi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:10 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)