Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 222 (Watch!)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
C - ZAYTUN TOG'IDAGI MASIHNING VA'ZI (Matto 24:1 - 25:46) -- ISO SO'ZINING OLTINCHI TO'PLAMI

11. Hushyor bo'ling (Matto 24:42-51)


MATTO 24:45-51
45 Qul-cho'rilarga rizq-ro'zni o'z vaqtida berib turish uchun xo'jayin ularga boshliq qilib qo'ygan ishonchli va aqilli xizmatkor kimdir? 46 Xo'jayini kelganida, uni shularni bajarib turgan holda ko'rsa, u xizmatkor qanday bahtlidir! 47 Sizlarga chinini aytayin: o'zining butun mol-mulki ustidan uni nazoratchi qilib qo'yadi. 48 Agarda yomon niyyatli xizmatkor o'z ko'nglida: “Xo'jayinim yaqin orada kelmaydi”, - deb o'ylab, 49 o'rtoqlarini urib, ichkilikbozlar bilan birga yeb-ichishni boshlasa, 50 u xizmatkorning xo'jayini kutmagan bir kunda, o'ylamagan bir soatda kelib qoladi-yu, 51 uni tilka-pora qilib, boshiga ikkiyuzlamachilar kunini soladi. U yerda yig'i-sig'i va ohu vohlar bo'ladi.
(Matto 25:21-23, Luqo 12:41-46, 2 Butrus 3:4)

Xudoning bolalari Masihga bo'ysunadilar va o'zlarini Uning xizmatkorlari deb nomlaydilar, chunki U Rabbiylaridir. Bu birlik qo'rquvga asoslanmagan balki Uning qutqarishi uchun sevgi va minnatdorchiligiga asoslangan. Imonlilar o'zlarini Masihga bag'ishlamaydilar chunki ular majbur bo'ladilar lekin Uni sevgidan kelib chiqib qabul qiladilar. Rabbiyga so'zsiz bo'ysunadigan kishilar Masih orqali Uning shohligida va jamoatida xizmat qilishga ruhsat etiladilar. Xizmat qilish uchun bir muhim yo'l bu Rabbiyning oilasining yangi va yosh a'zolariga ruhiy ozuqa berishdir. Masih so'zlaringiz orqali sinfdoshlaringizni ruhlantirib, maktabingizda aniq shahodat berish uchun sizni yetaklasin. Najod Xushxabari uchun jamoatingizda och bo'lgan biror kishi bormi? Fabrikangizda do'stlaringiz xochning ma'nosini eshitishganmi? Do'stlaringiz Najodkorlarini bilishadimi chunki siz ularga Uning sevgisini tushuntirgansiz? Sizga sovg'a qilib berilgan xizmatga sodiqmisiz? Agar siz kichigida sodiq qolsangiz, Rabbiy sizni qalblar va bir necha xizmatlar bilan ishontiradi. Shuning uchun, shubhasiz va noumidliksiz balki ibodat, imon va umid bilan to'ldirgan xizmatingizda sodiq va ehtiyotkor qilishini Rabbiydan so'rang.

Xushxabar xizmatchilari ro'zg'orni nazorat qiladiganlarga o'xshaydilar; shahzodalarga emas (Masihda bunga qarshi ogohlantirish bor). Ularning ijrosi xizmatkorlar yoki tashkilotchilar haqida bunga yaqinroqdir. Ular xo'jayinlar emas, balki yangi yo'llarni tavsiya qilish uchun emas balki ko'rsatish va Masih moylanganligi yo'lida yetaklash uchun boshqaradilar. Ular “sizning ustingizdan boshqaradiganlar” ning ma'nosidir (Ibroniylarga 13:17). Ular Masih tomonidan moylanadilar. Ulardagi kuchni ular Masihdan olganlar va faqat U buni ulardan olishi mumkin.

Xushxabarchi xizmatkorlarning ishi Masihning ro'zg'orini tashkilotchilardek, mavsumida ruhiy ovqatlarini berishdir. Ularning ishlari Ustozlarining oilasiga o'zlari uchun olish emas balki ularga berishdir; Masih sotib olganini taqsimlab berishdir. Xizmatkorlarga bu shunday deydi, “Olishdan ko'ra berishning bahtiyorligi katta” (Havoriylar 20:35). Masih tomonidan xizmat qilish uchun chaqirilgan lekin o'zi uchun yashaydigan va Uning chaqiruviga quloq solmaydigan kishining holiga voy. Masihnikilarga sevgisini ko'rsatmasdan va uning a'zolarini mensimaydigan kishining holiga voy. Shunday hulq boshqa narsalarning orasida shunday odam Rabbiysining yaqinda kelishini unutib qo'yganini ko'rsatadi. Masihning kelishini kutish bizni dangasalikdan va befarqlikdan saqlaydi va bizni uyg'oqlikka va kamtarlikka boshlaydi. Bu bizni Iso kelganida Uning oldida tura olishimiz uchun va muqaddas bo'lishimiz uchun qurbonlik va xizmatning tirik hayotida davom etishga olg'a suradi. Xudo O'g'lining kelishini qumsaydigan kishi hayotining hamma narsalarini, uyini, va jamoatini tayyorlaydi; va quvonch bilan va'da etilgan narsaga ko'z tikadi.

Dangasalik, xohishlar yoki tashvishlar tufayli bu dunyoda haqiqiy maqsadini unutadigan kishi tosh yurakni kuchaytiradi. Bu dangasa xizmatkorlardan biri bo'lmang! Ular vayron bo'lishadi va Rabbiy ularni hukm qiladi. Xudoning xizmatini mensimaydiganlar hech qanday ruhiy bilimdan yoki ko'p ibodatlaridan, yoki mo'l-ko'l hadyalaridan mukofot olmaydilar. Masih samimiy xizmatda va sadoqatda ularning sabr-toqatini istaydi. Masih komil Xizmatkor, kamtar, beruvchi va sodiq bo'lgan.

Xudo sizning g'amho'rligingizga qo'yganlarga siz xizmat qilishda sodiqmisiz? Yoki siz o'zingiz uchun hurmat va obro'ni izlaysizmi? Siz Rabbingizning kelishiga ko'z tikyapsizmi? Yoki siz o'zingizni o'ylaydigan va tashvishlaringiz bilan ovoramisiz? Jannat va do'zax o'rtasida hech qanday oddiy hudud yo'q. Yo haqiqiy bahtiyorlikda Rabbiy bilan abadiy yashash yoki tishlarni g'ichirlatib buyuk yig'i bo'ladigan do'zaxning qo'rquvini tanlshdir.

IBODAT: Rabbiy Iso, men na dono bo'lmaganligimni, yoki na har doim meni chaqirgan va meni ishontirgan narsaga xizmatda sodiq bo'lmaganimni tan olaman. Mening nodonligim uchun va muvaffaqiyatsizlikni takrorlaganim uchun meni kechir, va Muqaddas Ruhingning kuchi bilan xizmatingda yangilanish boshlanishi uchun meni poklagin. Sen O'zingning buyuk sevgingda menga sodiq bo'lganing kabi, men ham haqiqatdan sodiq bo'lishim uchun kuchsizligimdan meni kuchlantirgin.

SAVOL:

  1. Masih nima uchun Unga xizmat qilyotganda xushyor bo'lishni va uyg'oq turishni bizga buyurdi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 09:03 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)