Waters of Life

Biblical Studies in Multiple Languages

Search in "Uzbek":
Home -- Uzbek -- Matthew - 209 (The Hardheartedness of the People of Jerusalem)
This page in: -- Arabic -- Armenian -- Azeri -- Bulgarian -- Chinese -- English -- French -- Georgian -- Hausa -- Hebrew -- Hungarian? -- Igbo -- Indonesian -- Javanese -- Latin? -- Peul? -- Polish -- Russian -- Somali -- Spanish? -- Telugu -- UZBEK -- Yiddish -- Yoruba

Previous Lesson -- Next Lesson

MATTO - Tavba qiling, chunki masihning shohligi yaqindir!
Mattoga ko'ra masihning hushxabarini o'rganish
QISM 4 - ISONING QUDDUSDAGI OXIRGI XIZMATLARI (Matto 21:1 - 25:46)
B - MASIH YAHUDIY DINDORLARIGA TANBEH BERADI VA ULARNI OGOHLANTIRADI (Matto 23:1-39) -- ISO SO'ZLARINING BESHINCHI YIG'INDISI

12. Masihning Mehr-muruvvati oldidagi Quddus Xalqining Toshbag'irligi (Matto 23:37-39)


MATTO 23:37-39
37 “O, Quddus, Quddus! Payg'ambarlarni o'ldiruvchi va huzuringga yuborilganlarni toshbo'ron qiluvchi shahar! Tovuq o'z jo'jalarini qanotlari ostida qanday to'plasa, Men ham sening bolalaringni necha bor shunday to'plamoqchi bo'ldim, sizlar-chi istamadingiz. 38 Mana, sizning uy-joyingizh uvillab qoldi. 39 Sizga shuni aytib qo'yay: 'Xudovand nomidan Kelayotgan muborak', - deb xitob qilmaguningizcha, Meni qaytib ko'rmaysizlar”.
(1 Shohlar 9:7-8, Matto 21:9, 26:64)

Masih hamma insonlar uchun azob chekdi. U Muso Qonuni haqida o'zlarining tafsiriga yopishib olgan dindorlarning qo'llarida ko'p azob chekdi. Bu Isoni o'ldirgan oddiy gunohkorlar emas, balki ikkiyuzlamachi va jahilli dindor boshqaruvchilar edi. Iso O'ziga ularni tortishni izladi va ularga tez-tez sevgisi va kuchining belgilarini ko'rsatib berdi! Biroq, oxiri yaqinlashib qolganidek, Iso “Payg'ambarlarni o'ldiruvchi va ular bu shaharga jo'natilgani” dek Quddusni tasvirlab berdi. Iso Xudo uyining himoyachisini va jamiyat markazini “O'ldiruvchi shahar” deb nomladi. Quddusga qanchalar qattiq jazo bo'ladi!

Masih doim bechora bo'lgan qalblarni to'plashga va ularning darbadarligidan ularni to'plashga, va ularni O'ziga to'plashga harakat qilgan. Muqaddas Yozuv deydi, “Xalq Unga bo'lishi kerak” (Ibtido 49:10). Iso Ilohiy Qudratlining qanotlari ostida ruhiy shohligiga butun Yahudiy xalqini to'pladi. U tovuq o'z jo'jalarini qanotlari ostiga to'plagani kabi, yumshoqlik va mehribonchilik bilan ularni to'plashni xohladi. Masihning istagi buni bajarish uchun sevgisidan keladi (Yeremiyo 31:3). Tovuqning jo'jalari himoya va saqlanish uchun, issiq va dalda olish uchun uning qanotlari ostiga to'planishadi. Masihning qo'l ostida to'planadigan parchalangan qalblar yangilanish bilan birga xuddi shuni topadilar. Tovuq jo'jalarini himoya qilgani kabi, Iso ham gunoh va o'limdan Uning himoyasini izlaydiganlar uchun o'lishni istagan edi.

Biroq, ko'plar o'zlarini kamtar tutishdan yoki tavba qilishdan va gunohlarini tan olishdan bosh tortdilar. Ular muqaddas va mehribon O'g'li orqali nomoyon bo'lgan Xudoning sevgisini bilmadilar. Ular faqat Isoni rad etmasdan, balki Uni xochga mixladilar. Ko'plar Muqaddas Ruhning ovozini pisand ham qilmadilar, shunda Xudoning hukmi Quddusga tushdi. Muqaddas shahar Rimliklarga qarshi bo'lgan Yahudiylarning qo'zg'olonidan keyin Eramizdan Keyin 70 da barbod bo'ldi. Eramizdan keyin 132-135 o'rtasida mamlakatning qolgan qismi xuddi shu qismat bilan azob tortdi. Bu vaqt mobaynida, Eski Ahd a'zolarining ko'plari ular tomonidan nafratga uchragan xalqlar orasiga tarqab ketishdi. Ularning uy-joylari harobalikda qoladi va ular agar qarshiliklaridan tavba qilmasalar va xochga mixlangan Xudoning O'g'liga ishonmasalar, umidlari bo'lgan (Masihlari) Masihni ko'rmaydilar. Shunda ilohiy la'natilik ulardan ko'tariladi. Quddusning muqaddas shahridan tirik suv buning atrofidagi o'lik dashtga oqib chiqadi (Zahariyo 12:10-11). Biroq bu sodir bo'lishidan oldin, Quddus barcha xalqlarga ichish kosasi va qoqilish to'sig'i bo'ladi (Zahariyo 12:2-3). Shuning uchun biz “Rabbiy Iso, kelgin! Sen bizning yerimizga kelyapsan, va biz Seni kutyapmiz. Tezroq kel, chunki Sensiz Quddusda tinchlik bo'lmaydi” deb ibodat qilamiz.

IBODAT: Muqaddas Rabbiy, bizlar mag'rur avlodning qismimiz, biroq Sening O'g'ling Unga muhtoj bo'lgan va singan kishilarni sevadi. Bizning yetuk bo'lmagan sevgimiz uchun bizlarni kechir va “Rabbiy Iso, kel! Rabbiy nomidan keladigan kishi muborakdir” deb har bir inson tavba qilib, bu ibodatda ishtirok etishi uchun biz tavba qiladigan yuraklar bilan senga xizmat qilishimiz uchun va shohligingni voizlik qilishimiz uchun bizlarni O'z kuching bilan to'ldirgin.

SAVOL:

  1. Masih bizga Quddus shahri haqida nimani o'rgatadi?

www.Waters-of-Life.net

Page last modified on May 07, 2013, at 08:27 AM | powered by PmWiki (pmwiki-2.3.3)